Fuqaroni bedarak yo`qolgan deb topish yoki vafot etgan deb e`lon qilish



Yüklə 17,93 Kb.
tarix26.05.2022
ölçüsü17,93 Kb.
#59690
BEDARAK YOʻQOLGAN DEB TOPISH


BEDARAK YOʻQOLGAN DEB TOPISH — fuqarolarning huquqiy taqdirini hal qiluvchi yuridik fakt. Agar fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida bir yil davomida maʼlumotlar boʻlmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq, sud bu fuqaroni Bedarak yoʻqolgan deb topish d. t.i mumkin. OʻzR Fuqarolik kodeksi 33-moddasiga binoan, yoʻqolgan shaxs toʻgʻrisida oxirgi maʼlumotlar olingan kunni aniqlash mumkin boʻlmasa, bedarak yoʻqolgan deb hisoblash muddati yoʻqolgan shaxs toʻgʻrisida oxirgi maʼlumotlar olingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan, bu oyni belgilash mumkin boʻlmagan taqdirda esa — keyingi yilning 1-yanvaridan boshlanadi. Beda-rak yoʻqolgan deb topilgan fuqaroning mol-mulkini doimiy suratda boshqarib turish zarur boʻlsa, bu mol-mulk sudning qaroriga muvofiq vasiylik va homiylik organi tomonidan belgilanadigan va ushbu organ bilan tuziladigan ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnoma asosida ish olib boradigan shaxsga topshiriladi. Ushbu mol-mulkdan bedarak yoʻqolgan shaxs qonunga muvofiq boqi-shi kerak boʻlgan fuqarolarga taʼminot beriladi va uning soliklar va boshqa maj-buriyatlar boʻyicha qarzlari toʻlanadi. Vasiylik va homiylik organi yoʻqolgan fuqaroning qayerdaligi toʻgʻrisida maʼlumot olingan kundan boshlab bir yil oʻtganga qadar ham uning mol-mulkini muhofaza qiluvchi shaxsni belgila-shi mumkin. Shaxsni Bedarak yoʻqolgan deb topish d. t.ning34- moddada nazarda tutilmagan oqibatlari qonun bilan belgilanadi. Bedarak yoʻqolgan deb to-pilgan fuqaro qaytib kelgan yoki uning turar joyi aniqlangan taqdirda, sud uni Bedarak yoʻqolgan deb topish d. t. haqidagi qarorni bekor qiladi. Sudning qarori asosida fukaroning mol-mulkini boshqarish bekor qilinadi (OʻzR f-k 34 — 35 moddalari).

Fuqaroni bedarak yo`qolgan deb topish yoki vafot etgan deb e`lon qilish
Fuqaroning huquq layoqati uning o`limi natijasida batamom tugaydi. Ammo huquqiy munosabatdan kelib chiqadigan noaniqlik-larni bartaraf etish uchun shu huquqiy munosabatlarning ishtirok-chilaridan biri bo`lgan fuqaro ayrim sabablarga ko`ra doimiy yashash joyidan uzoq muddatga ketib qolganda, uning haqiqiy yashash joyini aniqlash imkoniyati bo`lmasa, bunday hollarda bedarak yo`qolgan deb topilishi mumkin.
Fuqarolik huquqida, umuman, huquqning boshqa sohalarida ham bedarak yo`qolgan deb topish instituti katta amaliy ahamiyatga ega. Bu institut bedarak yo`qolgan fuqaroning qarindoshlari va boshqa manfaatdor shaxslarning shaxsiy va mulkiy huquqlari ta`minlani-shini kafolatlaydi.
Turmushda shunday voqealar ham bo`ladiki, ba`zan fuqaro o`zining doimiy yashash joyiga uzoq muddat kelmay qo`yadi. U o`zining qayerda turganligi to`g`risida bironta ma`lumot ham yubormaydi. Uning qayerda yashayotganini yoki qayerga ketganini aniqlashga qara-tilgan barcha harakatlar behuda ketadi. Uning tirik yoki o`likli-gini aniqlash mumkin bo`lmaydi. Bunday hollarda ham huquqiy munosabat qatnashchisi bo`lgan fuqaroning ancha vaqt yo`qolib ketishi uning huquqiy munosabatdagi taqdiriga ta`sir qilmasligi kerak. Odatda, bunday fuqaroning doimiy yashab turadigan joyida qandaydir mulklari qoladi. Bu shaxs biron-bir majburiyatda qarzdor yoki kreditor bo`lishi mumkin. U, shuningdek huquq va majburiyatning egasi bo`lgani uchun boshqa kishilarning shaxsi bilan bevosita bog`liq bo`lishi, chunonchi, nikohda bo`lishi, ota-onalik huquq va majburiyatiga ega bo`lishi ham mumkin. Fuqaroning uzoq vaqt doimiy turar joyiga qaytib kela olmasdan bedarak yo`qolib ketishi ko`p vaqtga cho`zilib ketmasligi kerak. Chunki davlat fuqarolik-huquqiy munosabatning bunday beqarorligiga befarq qaray olmaydi. Bedarak yo`qolgan fuqaroning yaqin kishilarining, kreditorlarining, davlatning va nihoyat o`zining shaxsiy manfaat-lari, bunday noaniqlik va beqarorliklarning tugatilishini talab etadi.
Basharti bedarak yo`qolgan fuqaro o`lgan bo`lsa, uning biron-bir huquqiy munosabatda bo`lishi to`g`risida gap ham bo`lishi mumkin emas. Binobarin, unga tegishli bo`lgan huquq va burchlar boshqalarga o`tishi kerak. Manfaatdor shaxslar esa, uning vorislariga nisbatan o`zlarining tegishli e`tiroz va da`volarini bildirish imkoniya-tiga ega bo`lishlari lozim.
Fuqarolik kodeksining 33-moddasi birinchi qismida bedarak yo`qolgan deb topish to`g`risida umumiy qoidalar beriladi. Unga asosan, agar fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida bir yil davomida ma`lumotlar bo`lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud bu fuqaroni bedarak yo`qolgan deb topishi mumkin. Fuqaroni bedarak yo`qolgan deb topish uning fuqarolik huquqlarini bekor qilmaydi. Aksincha, bedarak yo`qolgan deb topilgan fuqaroning huquqlarini himoya qilish uchun zarur choralar amalga oshirilishi talab qilinadi.
Bedarak yo`qolgan deb topilgan fuqaroning mol-mulkini doimiy suratda boshqarib turish zarur bo`lsa, bu mol-mulk sudning qaroriga muvofiq vasiylik va homiylik organi tomonidan belgi-lanadigan va ushbu organ bilan tuziladigan ishonchli boshqaruv to`g`-risidagi shartnoma (FKning 49-bobi) asosida ish olib boradigan shaxsga topshiriladi. Bu mol-mulkdan bedarak yo`qolgan shaxs qonunga muvofiq boqishi kerak bo`lgan fuqarolarga ta`minot beriladi, uning soliqlar va boshqa majburiyatlar bo`yicha qarzlari to`lanadi (FK, 34-modda).
Manfaatdor shaxslarning arizalari bo`yicha vasiylik va homiylik qiluvchi organ bedarak yo`qolgan fuqaroning mulkini qo`riqlash uchun, shuningdek uning mulkini idora etish uchun, uning qayerda ekanligi to`g`risidagi oxirgi ma`lumot olingan kundan e`ti-boran bir yil o`tishini kutmasdanoq mulkka boshqaruvchi tayinlashi mumkin.
Fuqaroni bedarak yo`qolgan deb topish boshqa huquqiy oqibat-larni ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, fuqaroni bedarak yo`qolgan deb topish topshiriq shartnomasining bekor bo`lishiga asos bo`ladi. Agar fuqaro jinoyat qilgan yoxud alimentlarni undirish ishi bo`yicha qidiruvdan yashirinib yurgan bo`lsa, bunday hollarda u bedarak yo`qolgan deb topilmaydi.
Bedarak yo`qolgan deb topilgan fuqaro qaytib kelgan yoki uning turar joyi aniqlangan taqdirda, sud uning bedarak yo`qolgan deb topish haqidagi qarorni bekor qiladi. Sudning qarori asosida fuqaroning mol-mulkini boshqarish bekor qilinadi (FK, 35-modda).
Fuqaroni vafot etgan deb e`lon qilish to`g`risidagi asosiy qoida FKning 36-moddasida berilgan. Bu qoidada aytilishicha, “agar fuqaroning qayerda turganligi haqida uning yashash joyida uch yil mobaynida ma`lumot bo`lmasa, basharti u o`lim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok bo`lgan deb taxmin qilish uchun asos bo`ladigan vaziyatlarda bedarak yo`qolgan bo`lib, uning qayerdaligi haqida olti oy mobaynida ma`lumotlar bo`lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud uni vafot etgan deb e`lon qilishi mumkin.
Harbiy harakatlar munosabati bilan bedarak yo`qolgan harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqaro harbiy harakatlar tamom bo`lgan kundan e`tiboran kamida ikki yil o`tganidan keyin sud tomonidan vafot etgan deb e`lon qilinishi mumkin”.
Fuqaro vafot etgan deb e`lon qilinganda uning huquqiy munosabatlari tugaydi, mulkiga nisbatan meros ochiladi, shaxsiy majburiyatlari tamom bo`ladi va hokazo.
Basharti vafot etgan deb e`lon qilingan fuqaro tirik bo`lsa, uning barcha huquqiy munosabatlari amalda davom etaveradi. Vafot etgan deb e`lon qilingan fuqaro qaytib kelgan taqdirda yoki uning qayerda turganligi ma`lum bo`lgan taqdirda, uni vafot etgan deb e`lon qilish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinadi.
Fuqaroni vafot etgan deb e`lon qilish haqidagi qaror bekor qilinganidan keyin u har qanday shaxsdan bu shaxsga bepul o`tib qolgan mavjud mol-mulkini o`ziga qaytarib berishni uch yil (FK, 150-modda talabiga ko`ra) mobaynida sud orqali talab qilishga haqli.
Agar vafot etgan deb e`lon qilingan fuqaroning mol-mulki, uning vorislari tomonidan uchinchi shaxslarga sotilgan bo`lib, bu shaxslar xarid narxini fuqaro qaytib kelgan paytgacha batamom to`lamagan bo`lsalar, bu holda to`lanmagan summani talab qilish huquqi qaytib kelgan fuqaroga o`tadi.
Yüklə 17,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin