Futbol bo'yicha dastlabki jahon yevropa va olimpiada o`yinlari yili kirish futbol o’yini haqida. Dastlabki olimpia o’yinlari. Futbol bo’yicha birinchi olimpia o’yinlari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish mavzuning dolzarbligi



Yüklə 83,5 Kb.
səhifə1/2
tarix06.05.2023
ölçüsü83,5 Kb.
#108600
  1   2
Futbol bo\'yicha dastlabki jahon yevropa va olimpiada o`yinlari y



FUTBOL BO'YICHA DASTLABKI JAHON YEVROPA VA OLIMPIADA O`YINLARI YILI

KIRISH
Futbol o’yini haqida.
Dastlabki olimpia o’yinlari.
Futbol bo’yicha birinchi olimpia o’yinlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston mustaqillikka erishgan vaqtdan jismoniy tarbiyaning ijtimoiy vazifasi insonnning sixat – salomatligini yaxshilashga, uning jismoniy kamol toptirishga, xar tomonlama rivojlantirishga qaratilgan.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor berildi. Sportchilarimiz Osiyo hamda jahon miqyosidagi musobaqalarda yaxshi natijalarga erishib, O’zbekiston bayrog’ini yuqori ko’tarishmoqda. Sportning bu darajaga ko’tarilishida Prezidentimiz I.A.Karimovning hissasi kattadir. Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish uchun bir qancha ishlar amalga oshirildi. Bulardan «Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to’g’risida»gi qarori,
«Sog’lom avlod uchun» nodavlat dasturi, «O’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida»gi farmoni va boshqa bir qator xukumat qarorlari sport harakatini rivojlantirishga yo’l ochmoqda 
Yosh avlodni har tomonlama: aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida jismoniy tarbiya asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonunida «Maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar, talabalar salomatligini asrash va mustahkamlash, ularda jismoniy barkamollik ehtiyojini shakllantirish maktabgacha tarbiya muassasalari va o’quv yurtlarining asosiy vazifasi hisoblanadi» deyiladi(2).
Respublikamizda yoshlar futbolini rivojlantirishga qaratilgan qator Xukumat Qarorlari ushbu sport turini yuksak darajaga ko’tarish uchun barcha imtiyoz, moddiy-texnik va huquqiy imkoniyatlar yaratib qo’yibdi. Yurtboshimiz tomonidan 2002 yil 24 oktyabrda qabul qilingan “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida”gi Farmoni va shu masalaga oid bo’lgan Vazirlar Mahkamasining Qarori (30.10.2002) da iste’dodli yosh sportchilar yetishtirib chiqarish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.

Futbol (ing . foot – oyoq, ball – toʻp) – sport oʻyini, 2 darvoza (7,32x2,44 m) li maxsus maydon (90–120 x 45– 90)da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. Futbol toʻpining ogʻirligi 410–450 g , aylana diametrining uz. 68–70 sm, oʻyinning asosiy vaqti 90 min. (45 min.dan 2 boʻlim, 12–15 min. tanaffus). Maydonda ikkala jamoada 11 kishidan boʻladi. Oʻyindan maqsad raqib darvozasiga toʻpni oyoq yoki gavda qismlari bilan (qoʻldan tashqari) kiritishdan iborat. Faqat darvozabonlargina qoʻl bilan oʻynashi mumkin (jarima maydonchasida).


Futbolga oʻxshash oʻyinlar miloddan avvalgi Misr va Sharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan, keyin Yevropaga oʻtgan. 1848 yilda Buyuk Britaniyadagi Kembrij un-ti oʻqituvchilari Futbolning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857 yilda shu mamlakatdagi Sheffild shahrida ilk Futbol klubi tashkil etilgan. 1863 yilda Angliya Futbol uyushmasi tuzilib, Futbol qoidalari tasdiqlangan. 18-asrning oxiri – 19-asrning boshlarida Yevropa va Jan. Amerika davlatlarida ham F. uyushmalari tashkil kilindi. 1896 yil Futbol olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. 1904 yilda xalkaro futbol federatsiyasi –FIFA tuziddi. Futbol Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan. Pele, Maradona, F. Bekkenbauer, L. Yashin, 3. Zidan, R. Ronaldo va boshqa Futbolchilar bu oʻyinning jahonda ommaviylashishiga hissa qoʻshishdi.
Oʻzbekistonda 20-asr boshlaridan zamonaviy Futbol qoidalari asosida oʻyinlar oʻtkazilgan. 1912 yilda Qoʻqonda birinchi Futbol jamoasi tuzildi. Keyinroq Fargona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan shaharlarida ham Futbol jamoalari paydo boʻldi. 20-asrning 20-yillaridan mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937 yildan Oʻzbekiston birinchiligi) muntazam ravishda oʻtkazila boshlandi. 1956 yilda Toshkentda "Paxtakor" jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi stadion qurilishi respublikada Futbolning rivojlanishiga turtki boʻldi. 20-asrning 80-yillaridan Oʻzbekistonda Futbolchilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi. M. Qosimov, I. Shkvirin, A. Abduraimov, M. Shatskix Oʻzbekistondagina emas, Osiyo va boshqa qitalarda ham nom qozondilar.
1959 yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston futbol federatsiyasi 1992 yilda (keyin 2001 yilda) qayta roʻyxatdan oʻtdi. 1992 yildan Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy chempionati va kubogi, turli toifadagi musobaqalar oʻtkazib kelinyapti, Futbol jamoalarining xalkaro uchrashuvlarda ishtirok etishi taʼminlanayapti. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish tadbirlari toʻgʻrisida" (1993 yil 18 mart) hamda "Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida" (1996 yil 17 yanv.)gi qarorlari Futboldagi yutukdarga zamin yaratdi. Fargʻonaning "Neftchi" klubi MDH kubogining finaliga chiqdi (1994), "Paxtakor" klubi Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida oʻynadi (2003, 2004), mamlakat yoshlar terma jamoasi jahon chempionati final bosqichida qatnashdi (2003), Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo oʻyinlari (1994) va AfrikaOsiyo oʻyinlari (2003) gʻolibi boʻldi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 36 ta (oliy va birinchi ligada) professional klub bor (2004). 2ligada 196 ta jamoa shunday makomga erishish uchun mamlakat birinchiligida qatnashyapti. Futbol klublari qoshida 18 ta Futbol internat maktablari, kollejlari faoliyat koʻrsatyapti, ularda 2000 dan ziyod oʻquvchi shugʻullanadi.
Shuningdek, Futbolga ixtisoslashgan bolalaroʻsmirlar sport maktablari ishi yaxshilandi. Futbol universiada, "Barkamol avlod" va "Umid nihollari" musobaqalari dasturlaridan urin olgan. Bolalaroʻsmirlar oʻrtasida respublikada oʻtkaziladigan "Futbol gʻunchasi" musobaqalarida 692 jamoada 13840, "Futbolimiz kelajagi" musobaqalarida 15035 jamoada 300700 oʻyinchi ishtirok etdi (2004). Ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida Andijonning "Andijanka", Namanganning "Gulbahor", Qarshining "Sevinch" jamoalari yetakchilik qilib keladi. Faxriy Futbolchilar oʻrtasida ham muntazam ravishda musobaqalar uyushtiriladi. Jismoniy qobiliyati cheklangan Futbolchilar oʻrtasida Toshkentning "Matonat" jamoasi (hozirgi "Baynalmilal") jahon kubogini qoʻlga kiritgan (1991). Hozirgi kunda respublikada 362 ta stadion, 7113 ta F. maydoni mavjud, 460658 kishi (ulardan 4642 nafari ayollar) Futbol bilan shugʻullanadi, 1916 nafar murabbiy faoliyat koʻrsatadi (2004). "Oʻzbekiston futboli" (Toshkent), "FutbolEkspress" (Andijon), "Asr futboli" (Namangan), "Inter futbol" (Kosonsoy), "Boks plyus futbol" (Toshkent) kabi ixtisoslashgan gazetalar chiqib turibdi. S. Arutyunov, Ye. Valitskiy, A. Keller, M. Akbarov, R. Akramov, Yu. Sarkisyan, M. Rahimov kabi murabbiylarning oʻzbek F. i ravnaqida xizmati katta. I. Toshmuhamedov, A. Imomxoʻjayev, B. Belozyorov, N. Rizametov, B. Haydarov singari tajribali hakamlar ishini davom ettirayotgan R. Ermatov va I. Kutsillo rasmiy nufuzli xalqaro musobaqalarni boshqarishdi. F.ning turlaridan biri minifutbol (futzal) dir.
Maydonining oʻlchami 28–40 x 16–20 m, darvozasining oʻlchami 3x2 m, toʻpining ogʻirligi 400–600 g , aylana diametrining uz. 60–62 sm, oʻyinning sof vaqgi 40 min. (20 min.dan 2 budim), jamoalar musobakalarda 12 tadan Futbolchini roʻyxatga kiritishadi, maydonga chiqqan ikkala jamoada ham 5 tadan F.chi (bittadan darvozabon) qatnashadi. Mini Futbol boʻyicha jahon chempionati 1989 yildan, Osiyo chempionati 1998 yildan boshlab oʻtkaziladi. Oʻzbekiston miniF. chempionati 1997 yildan boshlangan. Murabbiy R. Abdiyev boshchiligidagi Oʻzbekiston mini Futbol jamoasi Osiyo chempionatida 2oʻrinni egallagan (2001, Tehron). Ushbu jamoada A. Nurmatov, A. Korolyov, F. Qudratov singari F.chilar mahoratlarini koʻrsatishgan. Oʻzbekistonda 4244 ta mini Futbolga moye maydon bor, 3235 kishi F.ning shu turi bilan shugʻullanadi (2004).
Olimpiada oʻyinlari - 1) Yunonistonda umumyunon bayrami va musobaqalari (2 gʻildirakli aravada tez yurish, beshkurash, mushtlashish musobaqalari, sanʼat konkursi). Miloddan avvalgi 776 yildan boshlab milodiy 394 yilgacha har 4 yilda Olimpiya shaxrida xudo Zevs sharafiga oʻtkazilgan. Ana shu 4 yillik davr Olimpiada deb atalgan. Oʻyinlar 5 kun davom etgan;
2) Yunonistonning Olimpiya oʻyinlarini eslatuvchi jahon sport musobaqalari. 1896-yil (Olimpiadaning 1-yili)dan boshlab oʻtkaziladi. Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazish tartibi, qoidalari Olimpiya hartiyasida belgilab berilgan. Bu hartiyani zamonaviy olimpiya harakati asoschisi, fransiyalik jamoat arbobi Pyer de Kuberten (1863—1937) ishlab chiqqan. 1894 yil Parijda Xalqaro sport kongressi hartiyani tasdiqlagan (yangi tahriri 1999-yil qabul qilingan). Oʻyinlar Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) tomonidan tashkil qilinadi.
Oʻyinlarda musobaqalar sportning faqat olimpiya turlari boʻyicha oʻtkaziladi. Olimpiya sport turi hartiyaga binoan aniqlanib, u eng keng tarqalgan (yozgi oʻyinlarning erkaklar uchun sport turi 4 qitʼaning kamida 75 davlatida va ayollar uchun esa, 3 qitʼaning kamida 40 davlatida tarqalgan) boʻlishi kerak. Dasturga yengil atletika, gimnastika, suzish, ogʻir atletika, kurash, boks, qilichbozlik, eshkak eshish, velosport, futbol, basketbol musobaqalari kiritilgan. 1968-yildan Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi XOQ tomonidan tasdiqlangan madaniy dastur tadbirlarini oʻtkazib keladi. Bu tadbirlar sanʼat vositasida olimpiadaning xalqlar oʻrtasida tinchlik va totuvlik ideallarini targʻib qilishga qaratilgandir. 1924-yildan Olimpiya oʻyinlarining qishki qismi mustaqil musobaqalar sifatida oʻtkaziladi (qarang Qishki olimpiada).
Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, birinchi Olimpiya oʻyinlari eramizdan avvalgi 776-yilda oʻtkazilgan. Oʻyinlar antik olimpiya xudolariga bagʻishlangan boʻlib, oʻyin musobaqalari qadimgi Olimpiya maydonlarida oʻtkazilgan. Asrlar oʻtib eramizning 393-yili Olimpiya oʻyinlari imperator Feodosiya buyrugʻi bilan toʻxtatilgan. Antik Olimpiya oʻyinlari Pelopones gʻarbiy qismida joylashgan qadimgi Olimpiyada oʻtkazilib kelingan. Grek mifalogiyasiga koʻra, Olimpik oʻyinlar asosi Pelopsa orollarida vujudga kelgan.
Qadimgi Olimpiya oʻzining goʻzal tabiati, maftunkorligi bilan, shuningdek, oʻzining muhtasham ibodatxonalari va sport maydonlari bilan ajralib turadi. Eramizdan avvalgi 10-asrlarda Olimpiyada madaniy marosimlarni hamda boshqa diniy va siyosiy tadbirlarni oʻtkazishga xizmat qilgan joy hisoblangan. Olimpiyaning markazi qismida hashamatli Zevsa, uning togʻrisida esa Geri ibodatxonasi qad koʻtargan. Olimpiya oʻyinlari Zevsga sigʻinish, diniy marosimlar bilan chambarchars bogʻliq edi. Soʻzsiz oʻyinlar yuqori saviyada oʻtkazilib, grek shaharlari oʻrtasida oʻzaro munosabatlarni yaxshilashga yoʻnaltirilgan edi. Qadimgi miflarda aytilishicha, Olimpiya oʻyinlarining tugʻilishi yarimxudo Gerakl nomi bilan bogʻliq.
12 asrdan buyon qadimgi Olimpiya oʻzining qadimiy oʻyinlar oʻtkaziladigan maydoni va otchoparlarida muxlislar qalbidan joy olgan chaqqon hamda baquvvat sportchilarni namoyon qildi. Sportchilarning nomlari ularning Olimpiya gʻalabalari tarix varoqlarida muxrladi. Qadimgi Olimpiada oʻyinlarida barcha ozod erkaklar — Gretsiyada yashovchilar qatnashish huquqiga ega boʻlgan. Megardan general Orsip, choʻpon Polimnist, Rodos orolidan qirol oilasi aʼzosi Diagor, Makedoniya qiroli Aleksandr I, faylasuf Demokrit — bularning barchasi qadimgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchilari boʻlishgan.
1904 yilning 21 mayida Parijda FIFA — milliy futbol federatsiyalari uyushmasi tuzildi. Bu xalqaro musobaqalarni keng va tartibli tashkil qilishga yo‘l ochib berdi. FIFAning dunyoga kelishi uchun jon kuydirgan shaxs — frantsiyalik Rober Geren uning birinchi prezidenti bo‘ldi. Bungacha Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti bo‘lish bilan birga u Le Matin gazetasida ham ishlar edi. Aslida Geren muhandis diplomiga ega bo‘lgan. FIFA prezidenti sifatida u dastlab klublar, so‘ngra terma jamoalar o‘rtasida xalqaro musobaqalar uyushtirish g‘oyasini ilgari surdi. 1904 yilgi Taʼsis kongressida FIFA ustavining 9-bandida shunday belgilab qo‘yildi: «FIFA xalqaro chempionatlarni tashkil qilish eksklyuziv huquqiga ega».
1905 yilgi kongressda gollandiyalik Karl Anton Villem Xirshman 15 ishtirokchi o‘rtasida (har bir davlatdan bittadan) klublar chempionatini o‘tkazish taklifini kiritdi.
Xirshmanning fikriga ko‘ra ular 4 guruhga bo‘linishi kerak edi:
1-guruh: Angliya, Shotlandiya, Uels, Sh.Irlandiya
2-guruh: Belgiya, Frantsiya, Gollandiya, Ispaniya
3-guruh: Italiya, Avstriya, Shveytsariya, Vengriya
4-guruh: Daniya, Germaniya, Shvetsiya Tasavvur qiling, hozirgi
Chempionlar ligasi 1991 yili emas, 1905 yiliyoq tashkil qilinishi mumkin edi. Chempionatda ishtirok etish uchun ariza topshirishning oxirgi muddati deb 1905 yilning 31 avgusti belgilandi. Ammo shu kungacha FIFAga birontayam ariza tushmadi! Bunday muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Geren 1906 yilning 4 iyunida, FIFAning uchinchi kongressida isteʼfoga chiqqanini maʼlum qildi.
FIFA boshqaruviga kelgan angliyalik Daniel Berli Vulfoll davrida ham (1918 yil 24 oktyabrda davom etgan) ushbu g‘oyalar amalga oshirilmadi. 29 oy FIFA prezidentsiz qolgach, 1921 yil 1 aprelida bu lavozimga frantsuz Jyul Rime o‘tirdi. Jahon chempionatini uyushtirish uchun sharoit pishib yetilganligini ilg‘agan Rime o‘z nomini tarix sahifalariga muhrlashga sazovor bo‘ldi. 1928 yilning 29 may kuni, Amsterdamda bo‘lib o‘tgan kongressda tarixiy qarorga kelindi. Yana bir frantsuz Anri Delonning taklifiga ko‘ra 1-jahon chempionati 1930 yili o‘tkaziladigan bo‘ldi. Amsterdamda birinchi jahon chempionatining mezboni kim bo‘lishi kerakligidan boshqa barcha masalalar kelishib olindi. Mezbon esa FIFAning navbatdagi, 1929 yilning 18-19 may kunlari Barselonada bo‘lgan kongressida aniq bo‘ldi. Nomzodlar 6 ta edi — Italiya, Shvetsiya, Gollandiya, Vengriya, Ispaniya va Urugvay. Yevropaning 5 vakili tarixiy chempionatni o‘tkazish huquqini bir ovozdan okeanorti mamlakatiga topshirishga qaror qildilar.
XULOSA
Shunday qilib, adabiyotlar ma'lumotlarini o'rganib chiqib, o'yinchilarning taktik taktikasini takomillashtirishga yordam beradigan omillarni aniqlash mumkin:
1) topshiriqlar mazmunining talabalarning tayyorgarlik darajasiga muvofiqligi;
2) o'quv vositalarining dars vazifalariga muvofiqligi;
3) dars qismlari orasidagi uzluksizlik va izchillik;
4) o'rganilgan materialni o'yin mashqlarida birlashtirish;
5) o'quv uslubida turli xil o'yin mashqlaridan foydalanish;
6) sinfda o'zgaruvchan usuldan foydalanish (yirtilgan ritm).


Yüklə 83,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin