Futbol futbol (inglizcha foot — oyoq, ball — to’p) — sport o’yini, darvoza (7,32x2,44 m) LI maxsus maydon (90—120 X 45— 90) da to’p bilan jamoa bo’lib o’ynaladi



Yüklə 129,23 Kb.
tarix28.05.2022
ölçüsü129,23 Kb.
#59879
10.FUTBOL


FUTBOL
Futbol (inglizcha foot — oyoq, ball — to’p) — sport o’yini, 2 darvoza (7,32x2,44 m) li maxsus maydon (90—120 x 45— 90) da to’p bilan jamoa bo’lib o’ynaladi. Futbol to’pining og’irligi 410—450 g, aylana diametrining uzunligi 68—70 sm, o’yinning asosiy vaqti 90 minut (45 minutdan 2 bo’lim, 12—15 minut tanaffus). Maydonda ikkala jamoada 11 kishidan bo’ladi. O’yindan maqsad raqib darvozasiga to’pni oyoq yoki gavda qismlari bilan (qo’ldan tashqari) kiritishdan iborat. Faqat darvozabonlargina qo’l bilan o’ynashi mumkin (jarima maydonchasida). 
Futbolga o’xshash o’yinlar miloddan avval Misr va Sharq mamlakatlarida ma’lum bo’lgan, keyin Yevropaga o’tgan. 1848 yilda Buyuk Britaniyadagi Kembrij universiteti o’qituvchilari Futbolning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857 yilda shu mamlakatdagi Sheffild shahrida ilk F. klubi tashkil etilgan. 1863 yilda Angliya Futbol uyushmasi tuzilib, Futbol qoidalari tasdiqlangan. 18-asrning oxiri — 19-asrning boshlarida Yevropa va Janubiy Amerika davlatlarida ham Futbol uyushmalari tashkil kilindi. 1896 yil Futbol olimpiada o’yinlari dasturiga kiritildi. 1904 y.da xalqaro futbol federatsiyasi —FIFA tuziddi. Futbol Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan. Pele, Maradona, F. Bekkenbauer, L. Yashin, 3. Zidan, R. Ronaldo va boshqa Futbolchilar bu o’yinning jahonda ommaviylashishiga hissa qo’shishdi. O’zbekistonda 20-asr boshlaridan zamonaviy Futbol qoidalari asosida o’yinlar o’tkazilgan. 1912 yilda Qo’qonda birinchi Futbol jamoasi tuzildi. Keyinroq Fargona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan shaharlarida ham Futbol jamoalari paydo bo’ldi. 20-asrning 20-yillaridan mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937 yildan O’zbekiston birinchiligi) muntazam ravishda o’tkazila boshlandi. 1956 yilda Toshkentda «Paxtakor» jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi stadion qurilishi respublikada Futbolning rivojlanishiga turtki bo’ldi. 20-asrning 80-yillaridan O’zbekistonda Futbolchilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi. M. Qosimov, I. Shkvirin, A. Abduraimov, M. Shatskix O’zbekistondagina emas, Osiyo va boshqa qitьalarda ham nom qozondilar. 1959 yilda tashkil etilgan O’zbekiston futbol federatsiyasi 1992 yilda (keyin 2001 yilda) qayta ro’yxatdan o’tdi. 1992 yildan Futbol bo’yicha O’zbekiston milliy chempionati va kubogi, turli toifadagi musobaqalar o’tkazib kelinyapti, Futbol jamoalarining xalkaro uchrashuvlarda ishtirok etishi ta’minlanayapti. Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish tadbirlari to’g’risida» (1993 yil 18 mart) hamda «O’zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va printsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to’g’risida» (1996 yil 17 yanvar)gi qarorlari Futboldagi yutukdarga zamin yaratdi. Farg’onaning «Neftchi» klubi MDH kubogining finaliga chiqdi (1994), «Paxtakor» klubi Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida o’ynadi (2003, 2004), mamlakat yoshlar terma jamoasi jahon chempionati final bosqichida qatnashdi (2003), O’zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo o’yinlari (1994) va AfrikaOsiyo o’yinlari (2003) g’olibi bo’ldi. Hozirgi kunda O’zbekistonda 36 ta (oliy va birinchi ligada) professional klub bor (2004). 2 ligada 196 ta jamoa shunday makomga erishish uchun mamlakat birinchiligida qatnashyapti.

Futbol klublari qoshida 18 ta Futbol internat maktablari, kollejlari faoliyat ko’rsatyapti, ularda 2000 dan ziyod o’quvchi shug’ullanadi. Shuningdek, Futbolga ixtisoslashgan bolalar-o’smirlar sport maktablari ishi yaxshilandi. Futbol universiada, «Barkamol avlod» va «Umid nihollari» musobaqalari dasturlaridan urin olgan. Bolalar-o’smirlar o’rtasida respublikada o’tkaziladigan «Futbol g’unchasi» musobaqalarida 692 jamoada 13840, «Futbolimiz kelajagi» musobaqalarida 15035 jamoada 300700 o’yinchi ishtirok etdi (2004). Ayollar o’rtasida o’tkazilayotgan O’zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida Andijonning «Andijanka», Namanganning «Gulbahor», Qarshining «Sevinch» jamoalari yetakchilik qilib keladi. Faxriy Futbolchilar o’rtasida ham muntazam ravishda musobaqalar uyushtiriladi. Jismoniy qobiliyati cheklangan Futbolchilar o’rtasida Toshkentning «Matonat» jamoasi (hozirgi «Baynalmilal») jahon kubogini qo’lga kiritgan (1991). Hozirgi kunda respublikada 362 ta stadion, 7113 ta Futbol maydoni mavjud, 460658 kishi (ulardan 4642 nafari ayollar) Futbol bilan shug’ullanadi, 1916 nafar murabbiy faoliyat ko’rsatadi (2004). «O’zbekiston futboli» (Toshkent), «FutbolEkspress» (Andijon), «Asr futboli» (Namangan), «Inter futbol» (Kosonsoy), «Boks plyus futbol» (Toshkent) kabi ixtisoslashgan gazetalar chiqib turibdi. S. Arutyunov, Ye. Valitskiy, A. Keller, M. Akbarov, R. Akramov, Yu. Sarkisyan, M. Rahimov kabi murabbiylarning o’zbek Futboli ravnaqida xizmati katta. I. Toshmuhamedov, A. Imomxo’jaev, B. Belozyorov, N. Rizametov, B. Haydarov singari tajribali hakamlar ishini davom ettirayotgan R. Ermatov va I. Kutsillo rasmiy nufuzli xalqaro musobaqalarni boshqarishdi.

Yüklə 129,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin