Futbol o’yin texnikasi va taktikasi. Reja: Harakatlanish texnikasi



Yüklə 43,04 Kb.
səhifə4/18
tarix02.01.2022
ölçüsü43,04 Kb.
#43631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Futbol o’yin texnikasi va taktikasi. Reja: Harakatlanish texnika-fayllar.org

Sakrash. To’xtash va burilish priyomlarining ba’zilarini ijro etishda sakrashdan foydalaniladi. Sakrash zarba berishning ayrim usullari, to’pni oyoqda, ko’krakda, kalla bilan to’xtatib qolish va ba’zi fintlar texnikasining tarkibiy qismiga kiradi. O’yinda oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga hamda shularga yaqin yo’nalishlarda sakraladi. O’yindagi vaziyat ko’pincha maksimal uzun sakrashni talab qilmaydi. Bunda sakrashning samaradorligi futbolchining koordinatsion qobiliyati bilan belgilanib, futbolchi turli dastlabki holatlardan fazo, vaqt va kuch xarakteristkalari optimal bo’lgan harakatlar qilish kerak bo’ladi.

Barcha xil sakrashlarda depsinish, havoda uchish va yerga tushish fazalari bo’ladi.

Sakrashning ikki xil priyomi bor: bir oyoqda depsinib sakrash va ikki oyoqda depsinib sakrash.

B i r o yo q d a d e p s i n i b s a k r a sh oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga bajariladi. Bunday sakrashda aktiv depsinib, ikkinchi oyoqni silkitib, gavda og’irlik markazining o’qi sakrash tomonga o’tkaziladi. Sakrashning trayektoriyasi va kuchi o’yindagi vaziyatga bog’liq. Bir oyoqda yoki ikki oyoqda yerga tushiladi. Qisqa masofali, qattiq amortizatsiya keyingi harakatlarga tezroq va samaraliroq o’tish imkonini beradi. Og’irlik markazi o’qining proyeksiyasi tayanch yuzasining chegarasida yoki undan tashqarida bo’lishi ham shunga yordam beradi.

Sakrab to’pga kalla urayotganda ko’pincha maksimal baland ko’tarilish kerak bo’ladi. Bunda yugurib kelib depsinadigan oyoqni taqqa to’xtaydigan qilib (tayanchga nisbatan burchak hosil qilib) qo’yish yordam beradi. Sal cho’nqaygandan keyin yuqoriga yoki yuqorilab-oldinga tomon aktiv depsinish kerak bo’ladi, bunda qo’llarni ko’krak baravar silkitib ko’tarish depsinishning samarasini oshiradi.

I k k i o yo q d a d ye p s i n i b s a k r a sh. Bunday usul bilan oldinga, oldinlab-yon tomonga va oraliq yo’nalishlarida sakraladi.

Turgan joydan sakraganda o’yinchi depsinish oldidan tezda salgina cho’nqayadi. Oyoqlarini aktiv to’g’rilash bilan birga gavda og’irlik markazining o’qi sakrash tomoniga o’tkaziladi va qo’llar silkitiladi. Yugurib kelib sakrayotganda so’nggi qadamda bir oyoqni taqqa to’xtaydigan qilib qo’yiladi. Cho’nqayish paytida ikkinchi oyoq birinchisi yoniga tezlik bilan juftlanadi. Depsinish havoda uchish va yerga tushish fazalari turgan joydan sakragandagi kabi bo’ladi.

To’xtash. Harakatlanish texnikasida to’xtashga harakat yo’nalishini o’zgartirishning samarali vositasi deb qoraladi. To’satdan to’xtab qolganda, raqiblarning qayerda, joylashganiga qarab turib to’p bilan ham, to’psiz ham o’sha ketayotgan tomonning o’ziga yoki qarshi tomonga otilib ketiladi, o’ngga yoki chapga qochib qolinadi.

To’xtashda ikki xil priyom qo’llaniladi: sakrab to’xtash va tashlanib to’xtash.

S a k r a b t o’ x t a sh uchun sal yuqoriga qisqaroq sakrab, siltangan oyoqda yerga tushiladi – bunda turg’unlik bo’lsin uchun shu oyoq sal egiladi. Ammo ko’pincha yerga ikki oyoqlab tushiladi.

T a sh l a n i b t o’ x t a sh so’nggi yugurish qadami hisobiga bajariladi. Bunda siltangan oyoqni oldinga uzatib, tovonga tiralinadi-da, keyin oyoqni rostmana yerga qo’yiladi. Tashlanib to’xtash oyoqlarni anchagina bukib, ikki oyoqqa tayanib qolish bilan harakterlanadi.

Barcha xil to’xtashlardan keyin, odatda, turli yo’nalishlarda harakat davom ettiriladi. Shuning uchun to’xtashdagi so’nggi holat keyingi harakatning start holati bo’lishi kerak.


Yüklə 43,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin