Bayroqlar
Maydonning har qaysi burchaklarida balandligi 1,5 m dan oshmagan, uchi о‘tkir bо‘lmagan bayroq о‘rnatiladi. Bayroqlar о‘rta chiziqning har ikkala tomonida, yon chiziqdan 1m masofadagi uzoqlikda о‘rnatilishi mumkin.
Burchak sektori.
Burchak bayrog‘ilaridan о‘yin maydoni ichiga qarab 1m radiusda aylana tortiladi.
Darvoza.
Har qaysi darvoza chizig‘ining markazida darvoza joylashadi. Ular burchak bayroqlari bilan bir xil masofada joylashgan, tepadan gorizontal tusin bilan birlashtirilgan ikki vertikal xolatdagi ustundan iborat. Ustunlar oralig‘i - 7,32 m. Tusinning pastki qismidan tekis yergacha bо‘lgan masofa – 2, 44 m. Har ikki ustun va tusin kesishgan joy bir xil bо‘lishi va 12 sm dan oshmaslik kerak. Darvoza chizig‘ining eni ustunlar va tusin eni bilan bir xil bо‘ladi. Darvoza va darvoza orqasidagi yerga tо‘r о‘rnatiladi. Tо‘r ishonchli о‘rnatilgan va darvozabonga xalaqit bermaydigan bо‘lishi kerak. Darvozaning ustunlari va tusini oq rangda bо‘lishi kerak.
Tо‘p va о‘yinchilarning joylashishi.
Tо‘p:
*11metrlik nuqtaga joylashtiriladi.
Zarbani bajaruvchi о‘yinchi kerakli tarzda aniqlanadi.
Himoyalanuvchi jamoa darvozaboni.
*Tо‘pga zarba berilmaguncha darvoza chizig‘ida ikki ustun oralig‘ida zarbani bajarayotgan о‘yinchiga yuzma-yuz turgan holatda qoladi.
Zarbani bajarayotgan о‘yinchidan boshqa о‘yinchilar turishadi.
*11metrlik nuqta orqasida .
*11metrlik nuqtadan kamida 9,15 m uzoqlikda.
Hakam.
*О‘yinchilar shu qoidada asosan joylarini egallamaguncha, 11m zarbani bajarish uchun signal bermaydi.
*11m zarba bajarilgani haqida qaror qabo’l qiladi.
Zarbani bajarish tartibi.
*11m zarbani bajaruvchi о‘yinchi tо‘pni zarba bilan tо‘g‘riga yо‘naltiradi.
*Tо‘p biror bir о‘yinchiga tegmaguncha tо‘pga ikkinchi marta tegmaydi.
*Tо‘pga zarba berilib u oldinga harakat qilsa,tо‘p о‘yinda hisoblanadi.
Tо‘pni tashlash.
Tо‘pni tashlash о‘yinni yangidan boshlash usuli hisoblanadi.
Tо‘g‘ridan tо‘g‘ri tо‘pni tashlashdan sо‘ng urilgan gol hisoblanmaydi.
Tо‘pni tashlash tayinlanadi.
Qachonki tо‘p tо‘liq yon chiziqni yerdan yoki xavodan kesib о‘tsa.
Tо‘p yon chiziqni kesib о‘tgan joyda.
Tо‘pga oxirgi tekkan о‘yinchining raqib jamoasiga.
Tо‘pni tashlash xolati.
Tо‘pni tashlash vaqtida о‘yinchi.
- Maydonga yuzi bilan qaragan xolda.
- Tovonning bir qismi yon chiziqda bо‘ladi yoki yon chiziqning tashqarisida bо‘ladi.
- Tо‘pni tashlashni ikki qо‘llab amalga oshiradi.
- Tо‘p bosh orqasidan harakatga keltirib tashlaydi.
Tо‘p tashlashni bajargan о‘yinchi tо‘pga boshqa о‘yinchi tegmasidan oldin yana tegishi mumkin emas. Tо‘p maydonga tushishi bilanoq о‘yinda hisoblanadi.
Qoida buzilishi / Ruxsat berish.
Tо‘pni о‘yinchi tomonidan tashlanishi:
- Agar tо‘p о‘yinga kirgandan sо‘ng tо‘p tashlashni amalga oshirgan о‘yinchi tо‘p boshqa biror о‘yinchiga tegmasdan oldin(qо‘l bilan emas) yana tо‘pga tegsa:
- Qarshi jamoaga qoida buzilgan joydan erkin zarba bajarish xuquqi beriladi.
- Agar tо‘p о‘yinga kirgandan sо‘ng tо‘p tashlashni amalga oshirgan о‘yinchi, tо‘p boshqa biror о‘yinchiga tegmasidan oldin ataylab qо‘li bilan о‘ynasa.
- Qarshi jamoaga qoida buzilgan joydan jarima zarbasini bajarish xuquqi beriladi.
- Agar qoida buzilishi tо‘p tashlashni bajargan о‘yinchi jarima maydonida yuz bersa, 11 metrlik zarba tayinlanadi.
Burchak tо‘pi.
- Burchak zarbasi о‘yinni yangidan boshlash usulidir.
- Burchak zarbasi tufayli tо‘g‘ridan tо‘g‘ri urilgan gol hisoblanadi, lekin faqat shu xolatdaki, agar tо‘p raqib jamoa darvozasiga urilgan bо‘lsa.
Match g‘olibini aniqlash tartibi.
11m nuqtadan zarbalarni bajarish va oltin gol – bu musobaqa nizomiga kо‘ra match durang natija bilan tugaganda g‘olibni aniqlash uchun qо‘llaniladigan usuldir.
Oltin gol. Tartib.
Asosiy о‘yin vaqti tugagandan sо‘ng tayinlangan qо‘shimcha vaqt davomida birinchi tо‘p urgan jamoa g‘olib deb e’lon qilinadi.
Agar tо‘p urilmasa, unda match g‘olibi 11 metrlik nuqtadan bajariladigan zarbalar yordamida aniklanadi.
Zarba berishning barcha usullari muayyan maqsadga qaratilgan bo‘lib, bu to‘pning kerakli traektoriya bo‘ylab harakatlanishi va optimal tezligi bilan xarakterlanadi. To‘pning uchish tezligi zarba beruvchi bo‘g‘in bilan to‘pning o‘zaro to‘qnashgan paytdagi boshlang‘ich tezligiga, shuningdek, ular massasining bir-biriga nisbatiga bog‘liq. O‘zaro ta’sir etuvchi bo‘g‘inlarning massasi nisbatan muhim bo‘lgani sababli to‘pning uchish tezligini oshirish uchun zarba beruvchi bo‘g‘in tezligini oshirishi kerak bo‘ladi. Zarba berish paytida oyoqning to‘piq bilan tizza bo‘g‘imini qotirib tutish kerak. Zarba beruvchi oyoqning «qattiq richagga» aylanishi zarba beruvchi bo‘g‘im massasini ko‘paytirish imkonini beradi.Zarba paytidagi o‘zaro ta’sir boshlanishida oyoqning to‘pga tekkan joyi to‘pning shaklini o‘zgartiradi – deformatsiyalaydi. Oyoq bilan to‘pning birgalikda surilish tezligi nolga tenglashguncha to‘p qisila boradi. Keyin elastik kuchlar to‘p shaklini tiklaydi-da, to‘pning tezligi muayyan miqdorga qadar keskin ortadi.
Xulosa
Futbol texnikasining tasnifi texnik usullarni umumiy (yoki o‘xshash) o‘ziga xos belgilariga qarab guruhlarga bo‘lishdan iborat.
O‘yin faoliyati ifodalanishiga qarab futbol texnikasi ikkita yirik bo‘limga ajratiladi: maydon o‘yinchisi texnikasi va darvozabon texnikasi. Har qaysi bo‘lim esa harakatlanish texnikasi va to‘pni boshqarish texnikasi bo‘limchalariga taqsimlanadi. Kichik bo‘limlar turli usullarda ijro etiladigan muayyan texnik usul-lardan: harakatlanish texnikasi usullari va usullaridan iborat. Ulardan maydon o‘yinchilari va darvozabon foydalanadi. Ammo ayrim usul va usullar o‘zining muayyan turlariga ega. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi umumiy bo‘lib, detallardagina farq bo‘ladi. Har xil usul, usul va turlarni ijro etish shartlari futbol texnikasini yanada turli-tuman qiladi.
Futbol texnikasining tasnifi 1-rasmda ko‘rsatilgan. O‘rganilayotgan materialni tizimlashtirish usul, usul turlarini tuzukroq tushunishga, ularni to‘g‘ri tahlil qilishga, olingan bilimlarni takomillashtirish vazifa-larini muvafaqqiyatli hal qilishga yordam beradi.
Futbol texnikasining ifodalanishi maydon o‘yinchisi va darvozabon uchun umumiy kichik bo‘lim bo‘lgan harakat-lanish texnikasidan boshlanadi.
Qo ‘yilgan maqsadga erishmoq uchun o‘yinda xilma-xil tarzda uyg‘unlashtirib qo‘llaniladigan maxsus usullar to‘plami futbol texnikasini tashkil etadi.
Texnik usullar – bu futbol o‘yinini vujudga keltirish vositasi demak. Yuksak sport natijalariga erishish ko‘p jihatdan futbolchining ana shu xilma-xil vositalarni qanchalik to‘liq bilishiga, raqib jamoa o‘yinchilari qarshilik ko‘rsatayotgan, ko‘pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitda o‘yin faoliyatidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik bilan, samarali qo‘llay bilishga bog‘liq. Futbol texnikasini yaxshi bilish futbolchining har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishi va mutanosib kamol topishi jarayonining ajralmas qismidir.
O‘yin taraqqiyotining yuz yildan ortiq tarixi mobaynida futbol texnikasida muayyan o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu evolyutsiyaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: boshning chakka qismi va orqasi bilan zarba berish, to‘pni boldir bilan to‘xtatish singari nomaqbul usul va usullarni qo‘llash ancha kamayib ketdi; oyoq yuzi bilan zarba berish, to‘pni son va ko‘krakda to‘xtatish, to‘pni qo‘l bilan tashlash (darvozabon texnikasi) kabilardan foydalanish koeffitsienti oshdi, aldash harakatlari (fintlar) ko‘paydi.
Hozirgi futboldagi texnik usullar o‘yin harakatlari tezligi va aniqligini oshirish uchun kuchdan yetarlicha tejab foydalanish imkonini beradigan, biomexanika nuqtai nazaridan maqbul harakatlar tizimi bilan xarakterlanadi. Tezlik va ishonchlilik, soddalik va samaradorlik – futbol texnikasini qo‘llashga qo‘yiladigan hozirgi kundagi talab ana shulardan iborat.
Harakatlanish texnikasining usullari maydon o‘yinchilari va darvozabonning to‘pni boshqarish san’ati bilan chambarchas bog‘liq. Harakatlanish texnikasi usul-larini keragicha hamda kompleks tarzda qo‘llash ko‘p taktik vazifalarni (to‘p olish uchun ochilish va raqibni chalg‘itish, pozitsiya tanlash, o‘yinchini to‘sib olish va h.k.) samarali hal qilish imkonini beradi.
To‘pga zarba berish futbol o‘ynashning asosiy vositasi hisoblanadi. To‘pga oyoq bilan va kalla bilan turli usullarda zarba beriladi.
Dostları ilə paylaş: |