Futbol o`yinlarining kelib chiqishi hamda rivojlanish tarixi reja


Futbolning rivojlanishi va musobaqalar tarixi



Yüklə 20,57 Kb.
səhifə2/3
tarix08.05.2023
ölçüsü20,57 Kb.
#109693
1   2   3
FUTBOL O`YINLARINING KELIB CHIQISHI HAMDA RIVOJLANISH TARIXI

2.Futbolning rivojlanishi va musobaqalar tarixi.
Futbol bo‘yicha jahon chempionatlari tarixiga nazar soladigan bo‘lsak 1930 yildan 2019 yilga qadar futbol sport turi bo‘yicha jami 21 ta jahon chempionati rasman o‘tkazilgan bo‘lib, ularda jamoalar quyidagicha g’oliblikni qo‘lga kiritishgan.
Bugungi kunga qadar jami 8 ta davlat jahon chempionatida g’oliblikni qo‘lga kiritishgan.
Eng ko‘p finalga chiqqan jamoa Germaniya bo‘lib 8 marta finalda o‘ynagan shularning 4 tasida g’olib bo‘lgan. Braziliya esa 7 marta finalda o‘ynagan.
Futbol bo‘yicha 1978 yilga qadar jahon chempionatlarida jami 16 ta davlat ishtirok etgan. 1982 yildan 24 jamoa, 1998 yildan 32 ta jamoa ishtirok etgan. 2022 yildan 48 ta jamoa ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
3.O‘zbekistonga futbolning kirib kelishi va rivojlanishi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan davr mobaynida futbolchilar va trenerlarning bir necha avlodi almashdi. Terma jamoalar turli miqyosdagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, muayyan yutuqlarga erishdilar. Mamlakatning ichki chempionati har yili muntazam ravishda o‘tkazib turiladi. Bolalar va o‘smirlar uchun mini futbol bo‘yicha ko‘pgina musobaqalar tashkil etilmoqda. Ayollar futboliga ham alohida e’tibor qaratilayotir.
O‘zbekistonda uyushgan holda futbol bilan shug’ullanuv-chilar 70000 dan ortiq, 320 dan ziyod futbol maktablari hamda maktab-internatlar mavjud; terma jamoalarni tayyorlash bo‘yicha yangi markazlar ochilmoqda, 3000 dan ortiq trenerlar o‘rta va oliy jismoniy tarbiya ma’lumotiga ega.
O‘zbekistonda zamonaviy futbol o‘tgan asrning boshla-rida paydo bo‘ldi va tezda mashhur o‘yinga aylandi. Uning rivojlanish joylari Farg’ona, Toshkent, Andijon, Qo‘qon va Samarqand edi.
Ilk bor futbolni Farg’ona shahrida o‘ynaganlar. Xuddi shu yerda 1911 yilning oxirida birinchi futbol jamoasi tashkil topgan.
Farg’onada tuzilgan futbol jamoalari soni 1912 yil avgustida «Futbolchilar jamoasi»ga birlashishga yo‘l berdi.
Bir oz vaqt o‘tgach, Toshkentda ham futbol o‘ynay boshladilar. Toshkentlik futbol ishqibozlari orasida eng mashhur jamoa bu TOLS – Tashkentskoe obщestvo lyubiteley sporta (TSIJ – Toshkent sport ishqibozlari jamiyati) edi.
Bu jamiyat 1912 yilda tuzilgan bo‘lib, juda qisqa vaqt ichida futbol hamda boshqa sport turlarining rivoj-lanishi uchun ko‘p xizmat qilgan. 1912 yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda futbol aytarli darajada yoyila boshladi. Futbol o‘yiniga Qo‘qon, Andijon va Samarqandda ham qiziqish orta boshladi.
Bu yillardagi eng qiziqarli bosqich albatta Farg’ona, Toshkent, Andijon, Samarqand futbolchilarining uchrashuvi bo‘ldi. Toshkentga tashrif buyurgan ilk futbolchilar Samarqand futbolchilar to‘garagi (SFT) a’zolari edi.
1913 yil 29 avgustida ular TOLS futbolchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan Toshkent jamoasi 5:0 hisobi bilan g’alaba qozondi.
1913 yil iyunida Andijonda «Andijon futbolchilar klubi» tasdiqlandi.
SHu yerda aytib o‘tish lozimki, nafaqat Farg’ona, Toshkent va Samarqandda, balki O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham futbolning muvaffaqiyat bilan tarqalishiga qaramay, uning rivojlanishi o‘zi bo‘larchilik bilan o‘tayotgan edi. Jamoalarni o‘rgatish tizimi yo‘q edi, mashg’ulotlar o‘ta sodda va vaqti-vaqti bilan o‘tkazilardi. Hech bir shaharda futbol birinchiliklari tashkillashtirilmagandi, shuning uchun hatto undan ortiq jamoalar mavjud bo‘lgan Toshkent shahrida ham bironta rasmiy musobaqa o‘tkazilmagan edi.
1920 yildan boshlab futbol respublikamizning chekka qishloq va mahallalariga kirib borib, mashhur o‘yinga aylandi. Yoshlar, talabalar, ishchi va dehqonlar futbolga talpina boshladilar.
Futbol ikki darvoza (7,32 x 2,44 m) li maxsus maydon (90—120 x 45—90)da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. Futbol toʻpining ogʻirligi 410—450 g, aylana diametrining uzunligi 68—70 sm, oʻyinning asosiy vaqti 90 daqiqa (45 daqiqadan 2 boʻlim, 12—15 daqiqa tanaffus).
Futbolga oʻxshash oʻyinlar miloddan avvalgi Misr va Sharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan, keyin Yevropaga oʻtgan. 1848-yilda Buyuk Britaniyadagi Cambridge universiteti oʻqituvchilari futbolning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857-yilda shu mamlakatdagi Sheffild shahrida ilk futbol klubi tashkil etilgan. 1863-yilda Angliya futbol uyushmasi tuzilib, futbol qoidalari tasdiqlangan. 18-asrning oxiri — 19-asrning boshlarida Yevropa va Janubiy Amerika davlatlarida ham futbol uyushmalari tashkil kilindi. 1896-yil futbol olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. 1904-yilda xalqaro futbol federatsiyasi — FIFA tuzildi. Futbol Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan.
Oʻzbekistonda 20-asr boshlaridan zamonaviy futbol qoidalari asosida oʻyinlar oʻtkazilgan. 1912-yilda Qoʻqonda birinchi futbol jamoasi tuzildi. Keyinroq Fargʻona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan shaharlarida ham futbol jamoalari paydo boʻldi. 20-asrning 20-yillaridan mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937-yildan Oʻzbekiston birinchiligi) muntazam ravishda oʻtkazila boshlandi. 1956-yilda Toshkentda "Paxtakor" jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi stadion qurilishi respublikada futbolning rivojlanishiga turtki boʻldi. 20-asrning 80-yillaridan Oʻzbekistonda futbolchilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi.
1959-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston futbol federatsiyasi 1992-yilda (keyin 2001-yilda) qayta roʻyxatdan oʻtdi. 1992-yildan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy chempionati va kubogi, turli toifadagi musobaqalar oʻtkazib kelinyapti, futbol jamoalarining xalkaro uchrashuvlarda ishtirok etishi taʼminlanayapti. Vazirlar Mahkamasining „Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish tadbirlari toʻgʻrisida“ (1993-yil 18-mart) hamda „Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida“ (1996-yil 17-yanvar)gi qarorlari futboldagi yutuqlarga zamin yaratdi. Fargʻonaning "Neftchi" klubi MDH kubogining finaliga chiqdi (1994), „Paxtakor“ klubi Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida oʻynadi (2003, 2004), mamlakat yoshlar terma jamoasi jahon chempionati final bosqichida qatnashdi (2003), Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo oʻyinlari (1994) va AfrikaOsiyo oʻyinlari (2003) gʻolibi boʻldi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 36 ta (oliy va birinchi ligada) professional klub bor (2004). 2ligada 196 ta jamoa shunday makomga erishish uchun mamlakat birinchiligida qatnashyapti. Futbol klublari qoshida 18 ta futbol internat maktablari, kollejlari faoliyat koʻrsatyapti, ularda 2 000 dan ziyod oʻquvchi shugʻullanadi. Shuningdek, futbolga ixtisoslashgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari ishi yaxshilandi. Futbol universiada, „Barkamol avlod“ va „Umid nihollari“ musobaqalari dasturlaridan oʻrin olgan. Bolalar-oʻsmirlar oʻrtasida respublikada oʻtkaziladigan „Futbol gʻunchasi“ musobaqalarida 692 jamoada 13 840, „Futbolimiz kelajagi“ musobaqalarida 15035 jamoada 300 700 oʻyinchi ishtirok etdi (2004). Ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida Andijonning „Andijanka“, Namanganning „Gulbahor“, Qarshining „Sevinch“ jamoalari yetakchilik qilib keladi. Faxriy futbolchilar oʻrtasida ham muntazam ravishda musobaqalar uyushtiriladi. Jismoniy qobiliyati cheklangan futbolchilar oʻrtasida Toshkentning „Matonat“ jamoasi (hozirgi „Baynalmilal“) jahon kubogini qoʻlga kiritgan (1991). Hozirgi kunda respublikada 362 ta stadion, 7 113 ta futbol maydoni mavjud, 460 658 kishi (ulardan 4 642 nafari ayollar) futbol bilan shugʻullanadi, 1916 nafar murabbiy faoliyat koʻrsatadi (2004). „Oʻzbekiston futboli“ (Toshkent), „FutbolEkspress“ (Andijon), „Asr futboli“ (Namangan), „Inter futbol“ (Kosonsoy), „Boks plyus futbol“ (Toshkent) kabi ixtisoslashgan gazetalar chiqib turibdi. S. Arutyunov, Ye. Valitskiy, A. Keller, M. Akbarov, R. Akramov, Yu. Sarkisyan, M. Rahimov kabi murabbiylarning oʻzbek futbol i ravnaqida xizmati katta. I. Toshmuhamedov, A. Imomxoʻjayev, B. Belozyorov, N. Rizametov, B. Haydarov singari tajribali hakamlar ishini davom ettirayotgan R. Ermatov va I. Kutsillo rasmiy nufuzli xalqaro musobaqalarni boshqarishdi.
1921 yil Moskva va Toshkent futbolchilarining ilk uchrashuvi o‘tkazilgani bilan ahamiyatga loyiqdir. 1925 yilda mamlakat Jismoniy tarbiya kengashi tomonidan ommaviy jismoniy tadbirlarning taqvimi tuzildi. O‘zbe-kistonda futbolni tashkillashtirish bir oz tartibliroq tizimga ega bo‘ldi.
SHunday qilib, Toshkent birinchiligi 3 toifa bo‘yicha o‘tkazildi va unda 28 jamoa ishtirok etdi. 1927 yilda o‘zbek sportchilarini tayyorlashda muhim bosqich bo‘lgan I Umum-o‘zbek Spartakiadasi o‘tkazildi.
Spartakiada finalida doimiy raqib bo‘lib kolgan Toshkent va Farg’ona jamoalari uchrashdilar. Ikkala tar-kibda ham O‘zbekiston terma jamoa a’zolari chiqish qildilar
Katta qiyinchiliklar bilan 2-taymda toshkentliklar hal qiluvchi golni urdilar va 2:1 hisobi bilan g’alaba qozondilar.
1928 yil Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro spartakiadada qatnashish O‘zbekiston futbolchilari uchun nihoyatda jiddiy imtihon bo‘ldi.
Futbol bo‘yicha spartakiada birinchiligi uchun 22 jamoa kurash olib bordi, ular qatorida Angliya, Germaniya, Avstraliya, SHveytsariya va Finlyandiyaning ishchi klublardan iborat terma jamoalari ham bor edi.
SHveytsariya va O‘zbekiston jamoalarining uchrashuvi futbol ishqibozlarida katta qiziqishga sazovor bo‘ldi. O‘zbek futbolchilari bu o‘yinda jamoaviy o‘yin, chiroyli va chaqqon kombinatsiyalar namoyish etdilar. Ammo asosiy vaqt 3:3 hisobi bilan yakunlangani sababli, g’olibni aniqlash uchun qo‘shimcha 30 daqiqa qo‘shib berildi. So‘nggi 15 daqiqa ichida O‘zbekiston futbolchilari shveytsariyaliklar qarshi-ligini yenga oldilar va raqib 8:4 hisob bilan O‘zbekiston futbolchilari g’alaba qozondilar.
Bir kundan so‘ng esa qiyin kechgan o‘yinda o‘zbek futbolchilari Rossiya jamoasiga 1:2 hisobida g’alabani boy berdilar.
Keyingi yillarda o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazish uchun O‘zbekistonga Norvegiya, Germaniya, Finlyandiya, Moskva, Leningrad, Ukraina, Kavkaz orti mamlakatlaridan ko‘plab kuchli futbol jamoalari keldi.
Misol uchun, 1931 yil 4 oktyabrda bo‘lib o‘tgan matchda Norvegiya terma jamoasiga qarshi O‘zbekiston kasaba uyush-malari terma jamoasi chiqdi. Norvegiyaliklar texnikali futbol namoyish etib, 5:2 hisobida g’olib chiqdilar. Uch kundan so‘ng skandinaviyalik mehmonlarga qarshi Toshkent-ning birinchi terma jamoasi maydonga tushdi. O‘zbekis-tonliklar o‘yinni yuqori tezlikda olib borib, 4:2 hisobida muvaffaqiyatga erishdilar.
Norvegiyalik va o‘zbekistonlik futbolchilarning uchinchi uchrashuvi 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
1932 yilda O‘zbekistonga nemis futbolchilari tashrif buyurdilar. Bu jamoa ishchi sport klublarining eng yaxshi futbolchilaridan tuzilgan bo‘lib, ulardan ko‘pchiligi Germaniya chempionati ishtirokchilari edi. O‘zbek futbol-chilari bu bo‘lajak o‘yinga qattiq tayyorgarlik ko‘rdilar va birinchi matchda 4:2 hisobidagi og’ir g’alabani qo‘lga kiritdilar.
Birinchi uchrashuvdan so‘ng nemis jamoasi sardori Lor shunday degan edi: «Toshkentliklar jipslashgan jamoa bo‘la olishdek ajoyib xususiyatga ega va ular biz hech narsa bilan taqqoslay olmaydigan yuqori tezlikda o‘ynadilar. Yuqori darajali jamoa bo‘lish uchun O‘zbekiston futbolchilarida barcha imkoniyatlar mavjuddir».
Takroriy uchrashuvda nemis futbolchilari bir oz ustunroq kelib, yuqori darajadagi taktik tayyorgarlikni namoyish etdilar va 3:1 hisobi bilan g’olib bo‘ldilar.
Norvegiyalik, nemis, fin futbolchilari bilan o‘tka-zilgan o‘yinlar O‘zbekistondagi ilk xalqaro o‘yinlar edi. Ular texnik va taktik tayyorgarlik borasida tajriba almashishga, o‘yinning yangi-yangi sistemalari bilan tani-shishga yordam berdi.
1934 yil O‘zbekiston poytaxtida ilk O‘rta Osiyo spartakiadasining ochilishi sharafiga bag’ishlab 36 ming nafar jismoniy tarbiya ixlosmandlari namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu namoyish O‘rta Osiyo respublikalarida jismoniy tarbiya harakati o‘sishining yorqin namunasi edi.
Futbol bo‘yicha musobaqalar bir paytning o‘zida uch stadionda bo‘lib o‘tdi, ulardan eng yirigi spartakiada ochilishi arafasida qurilgan 10 ming o‘rinli «Spartak» stadioni edi. Bu O‘rta Osiyo respublikalari orasida futbol birinchiligi uchun olib borilayotgan ilk o‘yinlar edi. O‘zbekiston futbolchilari o‘z raqiblari bo‘lmish Turk-manistonni 3:1, Tojikistonni 5:0, Qirg’izistonni 10:1 hiso-bi bilan dog’da qoldirib, muvaffaqiyatli chiqish qildilar.
1934 yil futbol jamoalarining kelgusidagi o‘sishlari uchun muhim yil bo‘ldi. Birgina Toshkentda kasaba uyush-malari birinchiligida 50 ta jamoa qatnashdi.



Yüklə 20,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin