175
individual tajriba orttirishning yagona mexanizmlari hisoblanishi mumkin.
Odatlanish evolyusiya davrida mukammallashadi va xulq-atvor adaptasiyasi
repertuarida muhim rol o‗ynaydi. Ma‘lum bir ma‘noda odatlanish - bu, reaksiyalarni
bostirilishi bo‗lib, hayot faoliyatini qo‗llab-quvvatlash uchun ularning ahamiyati
katta emas. Odatlanish charchash yoki sensorli adaptasiya natijasida yuzaga
kelmaydi, u, qisqa va uzoq muddatli bo‗lishi mumkin. Bu hol, odatlanishni har xil
xotira turlarini o‗rganish uchun model sifatida foydalanish imkonini beradi.
Hayvonot dunyosida odatlanishning eng ko‗p tarqalgan shakli - orientirlanish
refleksi hisoblanadi va uni yuzaga keltirgan qo‗zg‗atuvchi qayta ta‘sir qilganda,
odatlanishning barcha belgilari bilan birga so‗nadi. Orientirlanish refleksini
rivojlanishidagi asosiy omillar qo‗zg‗atuvchini yangilanishi, kutilmaganligi va
mohiyatliligi hisoblanadi. Orientirlanish reaksiyasi tarkibida ikkita jarayon ajratiladi:
1) bezovtalanish va hayronlik reaksiyasining boshlanishi bo‗lib, ular mushaklar
tonusini ortishi va gavda holatini fiksasiya qilish (pisib turish), miyani elektrli
faoliyatini generalizasiyalangan o‗zgarishi (nospesifik moslanish) bilan birga sodir
bo‗ladi;
2) diqqat-e‘tiborni tadqiqotchilik reaksiyasi, ya‘ni qo‗zg‗atuvchi manbasi
tomonga qarab boshni, ko‗zlarni burish, reseptorlarni orientasiya qilish. U, miyaning
bioelektrik faolligini lokal o‗zgarishlari bilan birga sodir bo‗ladi.
Orientirlanish reaksiyasi aynan rag‗batga nisbatan emas, balki rag‗batni asab
tizimida oldingi qo‗zg‗atuvchi tomonidan qoldirilgan izli jarayon bilan solishtirish
natijasida paydo bo‗ladi. Agar rag‗bat bilan iz bir-biriga to‗g‗ri kelsa orientirlanish
reaksiyasi paydo bo‗ladi. Agarda, rag‗bat to‗g‗risidagi axborot va xotirada saqlangan
izlar bir-biriga to‗g‗ri kelmasa orientirlanish reaksiyasi paydo bo‗lmaydi va bunday
mos kelmaslik qanchalik yorqin ifodalansa, reaksiya shunchalik jadal bo‗ladi.
Boshqacha aytganda, asab tizimi o‗zining elementlarini kombinasiya qilishi yo‗li
bilan rag‗batning «asabli modelini» quradi. Uni shakllantirish dinamikasi, aynan
orientirlanish reaksiyasini so‗nish jarayonlarida aks etadi.
Dostları ilə paylaş: