G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

Davriy sutkalik uyqu. 
Voyaga yetgan odamda uyquning monofazali tipi 
(sutkasiga bir marta) yoki kamdan-kam hollarda difazali (sutkasiga ikki marta) tipi 
kuzatiladi; bolada uyquning polifazali tipi uchraydi. 
Yangi tug‗ilgan bolaning sutkalik uyqusi hammasi bo‗lib 21 soatgacha boradi; 
bola olti oylikdan bir yoshigacha sutkada 14 soatcha, 4 yoshida 12 soat, 10 yoshida 
10 soat uxlaydi. Voyaga yetgan kishi bir sutkada o‗rta hisob bilan 7—8 soat uxlaydi. 
Keksalik davri yaqinlashgan sayin uyqu birmuncha kamayadi. 
Uzoq vaqt – 3-5 sutka mobaynida tamomila uyqudan qolish tufayli uyquga 
ehtiyoj tug‗iladi, bu uyqu istagini ixtiyoriy ravishda qaytarib bo‗lmaydi: faqat 
og‗rituvchi kuchli ta‘sirotlar, masalan, igna sanchish yoki elektr tokini ta‘sir ettirish 
yo‗li bilangina uyqu kelishiga to‗sqinlik qilish mumkin. Odam 60-80 soat uyqudan 
qolganda psixik reaksiyalar tezligi kamayadi, aqliy ishdan tez charchaydi va bu ishni 
aniq bajara olmaydi. Surunkali uyqusizlikda vegetativ funksiyalar aytarli 
o‗zgarmaydi, gavda harorati faqat ozgina kamayadi va tomir urishi birozgina 
sekinlashadi. 40—80 soat uyqudan qolganda fiziologik yoki ob‘ektiv psixologik 
metodlar bilan qayd qilinadigan ozgina o‗zgarishlarga qaramay, sub‘ektiv sezgilar 
juda og‗ir bo‗lishi mumkin. 
Organizmning uyqu vaqtidagi reaksiyalarini va uyg‗onish uchun qo‗llaniladigan 
ta‘sirotning kuch bo‗sag‗asini tekshirib, uyquning turli paytlaridagi chuqurligini 
tasavvur qilish mumkin. 
Uyqu chuqurligi dastlabki 2—3 soatda maksimal darajada bo‗lib, keyin sekin-
asta kamayadi. Ba‘zi kishilarda uyquning 6—7 soatida uyqu chuqurligi yana 
kuchayadi. 
Turli ta‘sirotlarga javoban ro‗y beruvchi reaksiyalarni va uyqu chuqurligini 
kuzatish shuni ko‗rsatdiki, normal davriy uyqu vaqtida muayyan ta‘sirotlarga javoban 
ro‗y beruvchi reaksiyalar va po‗stloq faoliyatining ba‘zi turlari saqlanishi mumkin. 
Bu hodisa 
juz’iy tiyraklik
deb ataladi. 
Organizm reaktivligi qaysi ta‘sirotlarga javoban saqlansa va qaysi ta‘sirotlar 
uyg‗onishni tez vujudga keltirsa, muayyan individium uchun qanday bo‗lmasin 


185 
maxsus diqqatga sazovor signallar o‗sha ta‘sirotga kiradi. Uyqu vaqtida miya 
po‗stlog‗ining juz‘iy tiyraklik misollarini bola salgina ingrashi bilan uyg‗onadigan, 
ammo kuchliroq boshqa tovushlarga parvo qilmaydigan onada, telefon jiringlashi 
bilan uyg‗onadigan navbatchida, signal trubasida «to‗planing» kuyi chalinganda 
uning tovushini eshitish bilanoq sakrab turuvchi harbiy xizmatchida kuzatish 
mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin