G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə1/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

G’. M. SAYFULLAYEV

GEOGRAFIYA O‘QITISH METODIKASI



BUXORO ‒ 2022


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


G.M. SAYFULLAYEV


GEOGRAFIYA O‘QITISH METODIKASI


Oliy o‘quv yurtlarining 5111700-boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun

Darslik




BUXORO 2022
Ushbu darslik 5111700–boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda georgafiya o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari, prinsiplari, geografiyani o‘qitish metodikasi sohasidagi tadqiqot metodlari, geografiya metodikasi ta’limotining shakllanishi va rivojlanishi, boshlang’ich maktab geografiya fanining ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari, quyosh sistemasi, yer, uning shakli va harakati, yerning geografik qobig’i, o‘simliklar fiziologiyasi, hayvonot olamining xilma xilligi, hayvonot olami geografiyani o’qitish, tamoyillari va qonuniyati, boshlang’ich sinf o`quvchilarida georafiyaga oid tasavvur va tushunchlarni shakllantirishning metodik asoslari, geografiyani o`qitish metodlari, o`qitishning ko`rgazmali metodlari, amaliy metodlar turlari va tavsifi, geografiyadan o`quv ishlarini tashkil etish shakllari geografiyani o`qitish vositalari, geografiyani o`qitishda zamonaviy pedagogik, (didaktik-o`yinli, hamkorlikda o`qitish, muammoli, modulli, ta’lim) va axborot texnologiyalaridan foydalanish 1-sinf dasligi bilan tanishish va tahlil 2-sinf darsligi bilan tanishish va tahlil 3-sinf darsligi bilan tanishish va tahlil 4-sinf darsligi bilan tanishish, va tahlil oz komplektlangan maktablarda o`quv-tarbiya jarayonini tashkillashtirishning o`ziga xosligi, oz komklektli maktablarda integratsiyalashgan darslar. Geografiya fanlarini o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari o‘z ifodasini topgan.


Mas’ul muharrir:


Y. Y. Azimov - filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Taqrizchilar:


R. A. Qo`ldoshev - pedagogika fanlari nomzodi dotsent

Z.D. Xasanova - pedagogika fanlari nomzodi dotsent


Darslik Buxoro davlat universiteti Ilmiy kengashining 2022 yil mart oyidagi 7- yig‘ilish bayonnomasiga asosan nashrga tavsiya etilgan
Kirish
O‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu vazifani boshlang‘ich sinflarda amalga oshirishda geografiya fani muhim rol o'ynaydi. Bu predmetni o‘rganish kichik yoshdagi o‘quvchilarning shaxsiy tajribasini boyitadi, atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to'g'risida bilimlar to‘plashga imkon beradi. Shuning uchun ham pedagogika oliy o‘quv yurtlarining talabalari, ayniqsa, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o'qituvchilari, pedagogik o'quv predmeti sifatida geografiya o'qitish fanining ilmiy-nazariy va amaliy yutuqlari bilan yaxshi tanish bo'lishlari kerak.
Geografiyaning o‘qitish metodikasini yaxshi bilish boshlang‘ich maktab o'qituvchisiga bolalarni o‘qitishni to‘g’ri tashkil qilish imkonini beradi. Metodika o‘qituvchini geografiyani o'qitish nazariyasi bilan qurollantirib, o'qitish mahoratini egallab olishiga imkon yaratadi. O‘quv materiallarining mazmunini ochib berishda xilma-xil o‘qitish metodlaridan foydalanishga turlicha yondashish mumkin. U yoki bu metodni tanlashda o'qituvchi shuni nazarda tutishi kerakki, bu tanlash metodlar rivojlantiruvchi ta‘limning vazifalarini ta'minlasin, o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirsin va bir paytning o‘zida qayta axborot bersin, ya’ni muvaffaqiyatsizlik sababini aniqlash va o‘z vaqtida yordamga kelish uchun o‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarning qanday o‘zlashtirilayotganligini tez va aniq ko‘rsatib bersin. Shunga ko’ra geografiya darslarida amaliy ishlar, suhbatlar, hissiyotni qo‘zg‘atuvchi hikoyalar, ayniqsa, mustaqil ishlardan ko‘proq foydalanish kerak, bunda tadqiqiy yondashish, murakkab bo‘lmagan tahlil va sintez, taqqoslash va umumlashtirish, tabiat hodisalari o'rtasidagi sababiy bog‘lanishlarni aniqlash o'sha ishlarning majburiy tarkibiy qismlari bo‘lishi lozim.
Bularning hammasi o‘quvchilar xotirasi, e’tibori, tasavvuri, tafakkurini faollashtiradi, tushuncha va ishonchning vujudga kelishiga bilimni yaxshiroq egallashga, o'zlashtirgan bilimlarni yangi vaziyatlarda qo‘llay olish uquvlarini rivojlantirishga yordam beradi o‘quvchilarning sezgilari qabul qilib olishlari va zehni rivojlanishlariga ta’sir etuvchi ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalari hamda
ekskursiyalar o'tkazilishi bilimlarning o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Geografiyani o'qitish jarayonida maktab bolalarida ilmiy dunyoqarash asoslari shakllantiriladi (o'qituvchi tabiat jismlari va voqea-hodisalarining moddiyligini ularning o‘zaro bog‘liqligini izchillik bilan ochib beradi, tabiatda sodir bo'lib turadigan doimiy o‘zgarishlarni xarakterlaydi va hokazo), estetik tuyg'u, tabiatga muhabbat, uning to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish va muhofaza etishga intilish tarbiyalanadi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun eng muhimi ta’lim-tarbiya tizimini tushunib olish, geografiyani o'qitisl asoslarini, uning uchun xos bo’lgan shakl, metod va uslublarni o'quvchilarning bilish faoliyatlariga rahbarlik qilishni o'rganib olishdir. Shuningdek, o‘z o‘lkasining tabiati va qishloq xo'jaligi xususiyatlarini yaxshi bilishi, o‘quvchilar bilan ish olib borishda o ‘lkashunoslik materiallaridan muntazam ravishda foydalanib borishi zarur. Bu masalalarning barchasi mazkur darslikda to‘liq yoritilgan.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin