Bu oila gulli o‘simliklar ichida eng kattasi hisoblanadi. U deyarli hamma qit’alarda va turli-tuman ekologik sharoitlarda o‘sadigan 920 turkumga mansub 1900 turni o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda bu oiladan 137 turkumga oid 597 tur o‘simlik o‘sadi. Qoqio‘tdoshlarning ko‘p turlari bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar bo‘lib, ularning juda kam qismini yarim butalar tashkil etadi. Faqat tropik mintaqalarda unga oid buta, liana va daraxtlar o‘sadi. Bu oila vakillarining barglari oddiy, yonbargsiz, ildiz bo‘g‘zida to‘planib yoki poyada asosan ketma-ket, ba’zan qarama- qarshi yoki halqa bo‘lib joylashgan.
Qoqi’tdoshlarning muhim belgisi to‘pgullarining savatcha shaklida bolishidir. Savatcha sirtdan bir yoki bir necha qator turli shakldagi o‘rama bargchalar bilan qoplangan, ichida mayda gullar o‘rnashgan. Savatcha bir guili yoki ko‘p gulli bo'lishi mumkin. Bunday to‘pgul ko‘zga bitta gulga o‘xshab ko‘rinadi. Haqiqatda esa bu bitta gul emas, ko‘p guldan, ba’zan esa bir necha xil guldan tashkil topgan to‘pguldir. Savatchadagi gul o‘mi yassi, qavariq yoki botiq bolishi mumkin. Shunga
ko‘ra to‘pgulning shakli sharsimon, yarim sharsimon, tuxumsimon, konussimon yoki likobchasimon bo‘ladi. Qoqidoshlarmngkopchiligida savatchalar o‘z navbatida shingil, ro‘vak, qalqon va boshcha kabi to‘pgullarga o‘mashib murakkab to‘pgul hosil qiladi.
Qoqio‘tdoshlarmngguli 4 halqali, ikki jinsli, bir qismi ayrim jinsli yoki butunlay jinssiz bo‘ladi. Kosachabarg, tojbarg va changchilari 5 tadan. Kosachasi har xil tuzilgan, juda qisqarib ketgan, yashil bargchali bo‘lmaydi. Ba’zi vakillarida kosachasi pardasimon, 5 tishli o‘simta shaklida. Ammo ko‘pchiligida tishchalari 0‘rnida oddiy yoki patsimon tuklar yoki qiltanoqlar hosil bo‘ladi. Mazkur o‘simtalar mevada qolib, urug’laming shamol vositasida tarqalishida xizmat qiluvchi uchmalarga yoki kokillarga aylanadi. Gultoji tutash tojbargli, to‘g‘ri yoki qiyshiq, ko‘pincha ikkala xil tojli gullar bir to‘pgulda joylashadi.
Mevasi shamol yoki hayvonlar yordamida tarqalishga moslashgan bir urug’li donchadir. Dorivor turlari orasida tabiiy holda uchraydigan va madaniy sharoitda ko'plab ekiladigan moychechak turkumining vakillari ham bor.
Qoqio‘tdoshlar orasida ekinzor lardan yo‘qotish qiyin bolgan ashaddiy begona o‘tlar ham bor. Bular qatoriga bo'ztikan (O`zbekistonda 5 ta turi bor), qo'ytikan (O`zbekistonda 3 ta turi bor) va paxta tikan (O`zbekistonda 9 turi bor) kabi turkumlaming vakillari kiradi.
Yovvoyi holda o‘sadigan qoqio‘tdoshlargabo‘tako‘z,qarg‘ako‘z kabi turkumlaming vakillari misol bo‘ladi.
Qoqioo‘tdoshlaroilasi asosan gul tuzilishiga qarab 2 ta oilachaga bo‘linadi.