Sarkodalilarningxilma-xilligi. Amyobalar orasida odam va hayvonlar organizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham bor. Dizenteriya amyobasi juda mayda 0,04 mm bo‘lib, juda kalta to‘mtoq soxta oyoqlar hosil qiladi. Amyoba odamning yo‘g’on ichagining shilliq pardasiga kirib olib ko‘payadi. O‘sib etishgan amyobalar sistaga aylanib, ichak bo‘shlig’iga tushadi. U Yerdan axlat bilan tashqariga chiqib ketadi. Bir kecha-kunduzda kasal odam ichagidan amyobaning 300 mlnga yaqin sistasi chiqishi mumkin.
Parazit amyobalar qoramollar, it, ot, cho‘chqa va boshqa hayvonlarning ichagi va kasallangan tishlarida, shuningdek asalarilarning ayirish organlari naychalarida ham topilgan. Hamma parazit amyobalar sistalar orqali yuqadi.
Sarkodalilar, ildiz oyoqlilar, Quyoshsimonlar va nurlilar kenja sinflariga ajratiladi. Ildizoyoqlilarga amyobalar, foraminiferalar va chig’anoqli amyobalar turkumlari kiradi. Chig’anoqli amyobalar chuchuk suvlarda va botqoqliklarda yashaydi. Ularning tuzilishi amyobalarga o‘xshash, lekin tanasi qum zarrachalari
yoki organik moddalardan iborat chig’anoq ichida bo‘ladi. Chig’anoq og’izchasidan soxta oyo‘qlar chiqib turadi.
Bu sinfga mansuv hayvonlar sitoplazma o‘simtasidan hosil bo‘lgan bitta yoki bir nechta xivchinlaryordamida harakatlanadi. Ko‘pchiligida xivchin bittadan, ba’zan ikkita yoki undan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin. Xivchinlilarning hujayrasi organik pellikuladan iborat qobiq bilan o‘ralgan. Shuning uchun ular tanasining shakli doimiy bo‘ladi. Xivchinlilar sinfi o‘simliksimon va hayvonsimon xivchinlilarga bo‘linadi.
O‘simliksimon xivchinlilar.O‘simliksimon xivchinlilar hujayrasida Yashil rang beruvchi xromatoforalar bo‘ladi. Hamma Yashil xivchinlilar Yashil o‘simliklar singari yorug’da karbonat angidrid gazi, suv va boshqa mineral moddalardan organik moddalar sintezlaydi, ya’ni fotosintez orqali avtotrof oziqlanadi. Ular fotosintez jarayonida kraxmal yoki unga o‘xshash modda paramila sintezlaydi. O‘simliksimon xivchinlilar tuzilishiga ko‘ra bir hujayrali suv o‘tlariga o‘xshaydi.
Yashilevglena.Yashil xivchinlilar orasida evglenasimonlar turkumiga mansuv bo‘lgan hayvonlar chuchuk suvlarda ko‘p uchraydi. Ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan Yashil evglena chuchuk suv havzalarida yashaydi. Uning hujayrasi yupqa elastik po‘st - pellikula bilan qoplangan bo‘lib, shakli ikki uchi ingichkalashgan dukka o‘xshaydi. Tanasining oldingi uchida bitta uzun xivchini, sitoplazmasida esa yirik pufaksimon yadrosi, tayo‘qchasimon bir qancha yashil xromatoforalari, xivchin asosida qisqaruvchi vakuolasi va qizil dog’simon ko‘zchasi joylashgan. Tanasi egilishi va shakli birmuncha o‘zgarishi mumkin. Harakatlanayotgan evglena xivchinini aylantiradi. Xivchini parma singari buralishi tufayli evglena oldinga aylanma harakat bilan so‘zib ketadi.
Volvoks. Chuchuk suvlarda koloniya bo‘lib yashovchi Yashil xivchinlilar ham ko‘p uchraydi. Ular orasida volvoks ayniqsa keng tarqalgan. Volvoks koloniyasi bir- biri bilan sitoplazmatik ipchalar orqali qo‘shilib ketgan juda ko‘p sonli evglenaga o‘xshash to‘zilgan hujayralardan iborat. Hujayralarning ko‘pchiligi vegetativ (o‘suvchi), oz qismi esa genYerativ (ko‘payuvchi) bo‘ladi. Volvoks koloniyasining
ko‘rinishi ko‘p hujayralilar embrionning blastula davriga o‘xshaydi. Volvoksni o‘rganish ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi tarixini bilishda katta ahamiyatga ega. O‘simliksimon xivchinlilar yorug’lik etishmaganida yashil rangini yo‘qotib, barcha hayvonlar singari tayyor organik moddalar hisobiga geterotrof oziqlanishga o‘tadi. Bunda ular suvda yerigan organik moddalarni shimib oladi. Evglenasimon xivchinlilar orasida birdaniga ikki xil oziqlanish xususiyatiga ega bo‘lgan turlar ham
bor. Bunday ikki xil usulda oziqlanish miksotrof (aralash) oziqlanish deyiladi.