Ko‘p qushlarning hayoti suv muhiti bilan bog’liq, bu Yerdan ular oziq topadi. Suv qushlari so‘zish qobiliyatiga ega, ularning ko‘plari suvga sho‘ng’iy oladi. Shu munosabat bilan bunday qushlarning barmoqlari orasida pardalar rivojlangan, oyoqlari esa orqaroqda joylashgan.Suvda so‘zuvchi qushlarning ko‘pchiligi Yerda sekin va beso‘naqay yuradi. Ularning patlari suvda bo‘lmaydi, chunki patlar yuzasi doim moylanib turadi. G’ozsimonlar turkumining vakillari suvda so‘zuvchi qushlardir. Masalan, oqqush, g’oz va o‘rdaklar shu turkumga kiradi. Suvlar yaqinida va botqoqliklarda yashaydigan qushlarga laylaksimonlar turkumining vakillari ham kiradi. Ular o‘rtacha va yirik qushlar hisbolanib, tumshug’i cho‘ziq va iskanasimonqanotlari keng, bo‘yni uzun, oyoqlari to‘rt barmoqli, barmoqlarning uchtasi oldinga qaragan bo‘lib, ular orasida uncha rivojlanmagan pardalar bor. Laylaksimon qushlar qanotlarini sekin qoqib uchadi. Ular baliq, baqa, hasharot va mayda kemiruvchi sut emizuvchilar bilan oziqlanadi. Juft bo‘lib, ba’zan kaloniya bo‘lib qamishzorlarga ba’zilari daraxtlarga uya quradi. Ular daryo va ko‘llarning botqoqlashgan qirg’oqlarida, botqoqliklarda hayot kechiradi. Oq laylak, qora laylak, oq qo‘ton, kulrang qo‘ton kabi qushlar laylaksimonlar turkumining vakillaridir.
Yirtqich qushlar
Lochinsimonlar turkumiga mansub qushlarning barmoqlarida o‘tkir, baquvvat va egilgan tirnoqlar, ancha qisqa ilgaksimon egilgan va o‘tkir tumshuq bo‘lishi bilan boshqa turkum vakillaridan farq qiladi. Turkumning barcha turlari tumshuq ustining asosi yupqa teri bilan qoplangan. Boshi nisbatan katta bo‘ladi. Patlanish qalin va zich, ko‘pincha qo‘ng’ir yoki kulrang tusda bo‘ladi Yirtqich qushlar o‘rmonda, dala, cho‘l va dengiz qirg’oqlarida hayot kechiradi. Ular sichqonsimon kemiruvchilar, yirik hasharotlar va boshqa hayvonlarni ovlaydi, Yirtqich qushlarda jig’ildon yaxshi rivojlangan. Shuning uchun ham ular o‘z massasiga teng bo‘lgan oziq yeyishi mumkin. Yirtqich qushlar uchun murakkab fe’l – atvor xarakterlidir. Old miya yarim sharlarimassasi miyaning qolgan bo‘limlaridan 1,5-2 marta ko‘pdor. Yirtqich qushlar ikki xil: kunduzgi yirtqichlar va tungi yirtqichlardir.
Lochin, qirg’iy, kalxat, burgut va ukki kabi qushlar kunduzgi yirtqichlardir. Har xil boyqushlar (boyo‘g’li) tungi yirtqichlarga kiradi.