G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə70/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Baliqlar sinfi. Xordalilarning o‘q skeleti tana bo‘ylab joylashgan xordadan iborat. Xorda faqat tuban xordalilarda umr bo‘yi saqlanib qoladi. Yuksak
xordalilarda esa xorda faqat embrional rivojlanish davrida bo‘lib, keyinchalik umurtqa pog’onasi bilan almashinadi. Markaziy nyerv sistemasi xordaning ustida joylashgan nyerv nayidan iborat. Yuksak xordalilarda nyerv nayining oldingi qismidan bosh miya shakllanadi; nayning qolgan qismlaridan esa orqa miya hosil bo‘ladi. Xordalilar xalqumi devorining ikki yonida jabra yoriqlari joylashgan. Bu yoriqlar birlamchi suv hayvonlarida hayoti davomida saqlanib qoladi. Quruqlikda yashovchi va ikkilamchi suvda yashashga o‘tgan xordalilarda jabra yoriqlari embrional rivojlanish davrida bo‘ladi.
Xordalilar tipiga 42 mingga yaqin tur kiradi. Xordalilar tipi bosh skeletsizlar, lichinka xordalilar (qobiqlilar) va bosh skeletlilar (umurtqalilar) kenja tiplariga bo‘linadi.
Tog’ayli baliqlar sinfi.Tog’ayli baliqlar sinfi vakillari asosan dengiz va okeanlarda yashaydi. Tog’ayli baliqlarning tuzilishi ko‘ppak akula misolida berilgan Uning bo‘yi 1 m ga boradi. Gavdasi uzunchoq. Boshining uchida qazg’ichi bor. Boshining yon tomonlarida 5 juftdan jabra yoriqlari joylashgan. Ko‘zlarining orqasida ikkita halqumga ochiladigan sachratqichlari bo‘ladi. Gavdaning ostki tomonida dumning oldida kloaka bor. Dum suzgich qanoti teng pallali bo‘lmaydi, ya’ni ustki pallasi pastkisiga nisbatan katta bo‘ladi. Bunday dum so‘zgich qanoti geterosyerkal dum deyiladi. Gavdaning oldingi yon tomoniga gorizontal joylashgan juft ko‘krak suzgich qanoti, orqa qismining qorin tomonida esa juft qorin suzgich qanoti joylashgan. Yerkaklarining qorin so‘zgich qanotining bir qismi o‘zgarib, kopulyativ organga aylangan. Orqasining keyingi tomonida ikkita toq orqa so‘zgich qanoti joylashgan. Qorin so‘zgich qanotining orqa tomonida toq orqa chiqaruv suzgich qanoti bo‘ladi. Og’iz teshigi boshning ostki tomonida ko‘ndalang joylashadi. Og’zining ustki tomonida bir juft burun teshigi bor. Epidyermisi ko‘p qavatli bo‘lib, bir hujayrali bezlarga boy, chin teri tolali biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan. Terisi plakoid tangacha bilan qoplangan. Bu tangacha plastinka shaklida chin terida joylashgan. Tangacha suyakka yaqin dentin degan moddadan tuzilgan, konusi esa maxsus emal modda bilan qoplangan. Plakoid tangachalar jag’ga o‘tar ekan, chin tishlarga aylanadi. Bosh bilan tananing ikki yon tomonida yon chiziq
sezgi organi bor. Skeleti faqat tog’aydan iborat bo‘lib, quyidagi bo‘limlarga ajratiladi: 1. O‘q skeleti; 2. Bosh skeleti; 3. Juft suzgich qanotlar skeleti; 4. Toq so‘zgich qanotlar skeleti. O‘q skeleti bir nechta umurtqalarning o‘zaro qo‘shilishidan hosil bo‘lgan umurtqa pog’onasidan iborat. Umurtqalarning tanasi ikki tomonlama botiq amfisel tipda bo‘ladi. Umurtqalarning ichida va umurtqalar orasidagi bo‘shliqda xorda joylashadi. Gavdaning tana bo‘limidagi umurtqalarning yon tomonlariga qobirg’alar birlashadi. Qobirg’alar tanani ustki va yon tomonlaridan qoplab turadi. Bosh skeleti 2 bo‘limdan: miya qutisi va vissyeral skeletidan tashkil topgan. Miya qutisi eshitish, ko‘rish va hidlash organlari, tog’ay kapsulalari hamda qazg’ich burun skeletlaridan tashkil topgan bo‘lib, bu kapsulalar bosh miyani hamma tomondan himoya qilib turadi. Vissyeral skelet jabra yoyi, til osti yoyi, va jag’ yoylaridan tuzilgan. Juft suzgichlari skeleti suzgich va erkin kamar suzgichlari skeletidan tashkil topgan. Ko‘krak suzgichlari kamari yoki yelka kamari akula gavdasini ikki yonidan va pastki tomonidan o‘rab oladigan yaxlit tog’ay yoyidan iborat. Yoyning o‘rtasida birikish yuzasi bo‘lib, unga erkin so‘zgich skeleti birikadi. Ko‘krak suzgichlari erkin skeleti 3 bo‘limdan iborat. Ko‘krak suzgichlari kamariga tegib turgan qismi uchta tog’ay bazaliyalardan, bazaliyalarga birikkan tayoqchasimon radialiyalardan va bularga birikkan uzun elastik iplardan tashkil topgan. Qorin suzgichlari kamar skeleti yoki chanoq kamari tayoqchasimon tog’aydan iborat. Qorin suzgichlari erkin skeletidan faqat bitta bazaliya bo‘ladi. Bazaliyaning tashqi chetiga radialiyalar birikadi. Bosh miyasi nisbatan katta. Nyerv moddasi oldingi miya yarim sharlarining tagida, yon tomonlarida va, hatto, qopqog’ida ham bo‘ladi. O‘rta miya yaxshi rivojlanmagan, miyachasi yirik. Juft ko‘zlari tipik tuzilgan, shox pardasi yassi, ko‘z gavhari sharsimon bo‘lib, ustki va pastki qovoqlari yo‘q. Eshitish organi uchta yarim naysimon kanaldan tuzilgan ichki quloqdan iborat. Yon chiziq organlari teri ostiga o‘rnashib, yon chiziq kanalini hosil qiladi. Hid bilish xaltachalari juft bo‘lib, ichki uchi byerk bo‘ladi. Hazm qilish organlari og’iz bo‘shlig’iga olib kiradigan og’iz teshigidan boshlanadi. Jag’larda plakoid tangachalarning o‘zgarishidan hosil bo‘lgan konussimon tishlar joylashgan. Og’iz bo‘shlig’i halqumga ochiladi. Halqumning ikki yon tomonida jabra yoriqlari
joylashgan. Halqumga yana sachratqich ham ochiladi. Halqum qizilo‘ngachga, qizilo‘ngach esa oshqozonga ochiladi. Oshqozon ingichka ichakka ochiladi, shu joyda oshqozon osti bezi joylashgan. Yo‘g’on ichakning diametri ancha keng va ichida spiral klapani bor. U ichakning so‘rish yuzasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Yo‘g’on ichak kloakaga ochiladi. Tana bo‘shlig’ida taloq joylashgan. Jabralar nafas organlari bo‘lib xizmat qiladi. Har bir jabra yorig’i bir uchi bilan halqumga, ikkinchi uchi bilan tashqariga ochiladi. Jabra teshiklari bir-biridan keng jabralararo to‘siq bilan ajralgan va bu Yerda jabra yoylari joylashadi. Jabra yoriqlarining oldingi va keyingi devorlarida jabra yaproqlari boshqa baliqlardagi singari ektodyerma hisobidan rivojlanadi.Akulaning yuragi vena sinusi, yurak bo‘lmasi va qorinchasi, arterial konusdan iborat. Arterial konus yurak singari ko‘ndalang targ’il muskuldan tuzilgan. Konusdan qorin aortasi boshlanadi. Qorin aortasining chap va o‘ng tomonidan 5 juft jabraga olib keluvchi arteriyalar chiqadi va qon jabrada kislorod bilan to‘yinib, arteriya qoniga aylanadi. Arteriya qoni jabradan olib ketuvchi arteriyalarga yig’iladi. Jabradan olib ketuvchi arteriyalar juft aorta ildizlariga quyiladi. Aorta ildizlari keyingi tomonda o‘zaro qo‘shilib, gavdaning qolgan barcha qismini arterial qon bilan ta’minlaydigan toq orqa aortani hosil qiladi.Venoz sistemasi toq dum venasidan boshlanadi. Bu vena bir juft keyingi kardinal venalarga bo‘linib, buyraklarga kiradi va bir qancha kapillyarlarga bo‘linib, buyrak qopqa sistemasini hosil qiladi. Buyraklardan yana bir juft kardinal vena chiqib, keyingi kardinal venalarga yig’iladi. Gavdaning bosh qismidan venoz qon bir juft oldingi kardinal venalarga to‘planadi. Oldingi va keyingi kardinal venalar yurak oldida o‘zaro qo‘shilib, Kyuve kanalini hosil qiladi va u vena sinusiga ochiladi. Qorin va ichaklardan qon ichak osti venasi bilan jigarga kiradi va kapillyarlarga tarmoqlanib, jigar qopqa sistemasini hosil qiladi, u Yerdan jigar venasi chiqib, vena sinusiga quyiladi. Ayirish organi bo‘lib tana buyragi mezonefros xizmat qiladi. Chiqaruv yo‘llari vazifasini Volf kanallari bajaradi va kloakaga ochiladi. Urg’ochisining tuxumdoni tuxum yo‘li bilan qo‘shilmagan. Tuxum yo‘li kloakaga ochiladi. Urg’ochilarining jinsiy va ajratish yo‘llari bir-biri bilan qo‘shilmagan. Juft urug’donining kanallari buyrakning oldingi bo‘limi bilan
qo‘shilgan. Urug’don kanallari buyrak orqali o‘tib, Volf kanallariga quyiladi. Shunday qilib, yerkaklarida Volf kanallari ham siydik yo‘li, ham urug’ yo‘li vazifasini bajaradi. Volf kanallari ham kloakaga ochiladi. Ayrim jinsli, urug’lanish ichki. Ayrim turlari tirik tug’adi.
Tog’ayli baliqlar sinfi sistematikasi
Tog’ayli baliqlar sinfiga 650 dan ortiq tur kiradi va ular ikkita kenja sinfga bo‘linadi: 1. Plastinka jabralilar (Elasmobranchi) kenja sinfi; 2. Yaxlit boshlilar (Holocephalia) kenja sinfi. Plastinka jabralilar kenja sinfi o‘z navbatida ikkita turkumni, ya’ni Akulalar va Skatlarni o‘z ichiga oladi. Bular suvda yaxshi suzadi va yirtqichlik bilan hayot kechiradi. Bo‘yi 5 m gacha boradigan Atlantika va Tinch okeanlarda yashaydigan ko‘k akulani, 15-20 m gacha boradigan kitsimon va gigant akulalarni, Qora dengizda yashaydigan 1 m gacha boradigan tikanli akulalarni ularning vakili sifatida olish mumkin Kitsimon akula (Rhincodon typus) hozirgi baliqlarning eng yirigi hisoblanadi. Uning boshi kichik, og’zi boshining uchida joylashgan. Mayda baliqlar va plankton bilan oziqlanadi. Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining subtropik va tropik qismida tarqalgan. Tuxum qo‘yib ko‘payadi.
Tikanli akula, ya’ni katran (Squalus acanthias) eng keng tarqalgan akulalardan biri bo‘lib, Qora, Barens, Oq, Yapon va Bering dengizlarida uchraydi. Arktika va Atlantika suvlarida esa uchramaydi. Bu akula dengizning sohilga yaqinroq joylarida to‘da bo‘lib ko‘chib yuradi. O‘zunligi 2 m gacha og’irligi 14 kg gacha keladi. Go‘shti mazali bo‘lgani uchun ovlanadi. Tikanli akula tirik tuxum qo‘yib ko‘payadi. Seldsimon akula Atlantika okeanining shimoliy qismi, O‘rta Yer dengizida ko‘p uchraydi, tropik mintaqada uchramaydi. O‘zunligi odatda 1,5-2,5 m keladi. To‘da bo‘lib yashovchi baliqlar (seld, sardina, skumbriya) va boshoyoqli molluskalar bilan oziqlanadi. Tirik tug’ib ko‘payadi. Go‘shti uchun ovlanadi.
Arraburun akula (Oristiophorus japonicus) suv tubida sekin harakatlanuvchi baliq hisoblanadi. Jag’lari cho‘ziq va yassi qilichsimon tumshuqqa aylangan. Tumshug’i ikki yonida joylashgan yirik tishlari ikki tomoni tishli arrani eslatadi. Mayda baliqlar hamda suv tubidan o‘zun tumshug’i yordamida kovlab oladigan bentos hayvonlar bilan oziqlanadi. Tirik tug’ib ko‘payadi. Tinch va Hind
okeanlarning iliq suvlarida uchraydi. Dengiz avliyosi (Squatina squatina) ning o‘zunligi 2,4 m ga yaqin. O‘rta Yer dengizi va Yevropaning Atlantika okeani qirg’oqlarida uchraydi. Tanasi, yassi boshning oldingi tomoni yumaloq, ko‘krak so‘zgichlari juda keng. Tana shakli skatlarga o‘xshab ketadi. Suv tubida hayot kechiradi. Umuman, akulalar turkumiga 250-300 ga yaqin tur kiradi.
Skatlar (Batomorpha) turkumi vakillarining tanasi yassilashgan, keng disksimon yoki rombsimon shaklda bo‘ladi. O‘zunligi bir necha sm dan 6-7 m gacha, og’irligi 2,5 t gacha keladi. Terisi yalang’och, jabra teshiklari 5 juft bo‘lib, qorin tomonida joylashgan. Ko‘krak va qorin suzgichlarining cheti boshi va tanasining yon tomoni bilan tutashib ketgan. Orqa so‘zgichlari dum tomonida bo‘ladi yoki bo‘lmasligi ham mumkin. Skatlarning anal, aksariyat hollarda dum suzgichlari ham bo‘lmaydi, ko‘krak suzgichlari juda kengayib borgan. Yassi ortodentin tipida to‘zilgan tishlari kuchli qirg’ichni hosil qiladi. Aksariyat turlari suv tubida, ayrim turlari (mantasimonlar, tikandumlilar) suv qa’rida hayot kechiradi. Asosan dengizlarda, deyarli barcha mintaqalarda birmuncha sayozlikdan 2700 m chuqurlikkacha hayot kechiradi. Ayrim turlari tropik daryolarda (Amazonka va boshqa daryolarda) uchraydi. Bentos organizmlar bilan oziqlanadi yoki yirtqich hayot kechiradi. Tirik tug’adi yoki tirik tuxum qo‘yib ko‘payadi. Faqat romboskatsimonlar suv tubiga yirik tuxum qo‘yadi. Skatlarning 350 dan ortiq turi bor. Arra baliqlar (Pristidae) tanasining shakli akulalarga o‘xshash, cho‘ziq o‘zun tumshug’ining ikki yonida yirik tishsimon o‘simtalari bo‘ladi. Tanasining yassiligi, jabra teshiklari boshining ostki tomonida joylashganligi, ko‘krak suzgichlarining og’iz yaqinida boshi bilan tutashib ketganligi, tumshug’ida mo‘ylovlarining bo‘lmasligi bilan akulalardan farq qiladi. Oddiy arra baliq Atlantika, Tinch va Hind okeanlarining sohilga yaqin joylarida, O‘rta Yer dengizida uchraydi. Uzunligi 4,8 m, ba’zan 6 m gacha yetadi. Tirik tug’ib ko‘payadi. Dengiz tubidagi loyqadan arrali tumshug’i yordamida organizmlarni kavlab olib eydi. Qoziqdum skatlar ning dumida bitta yoki bir necha o‘zun arrasimon ninasi bo‘ladi. To‘garak shaklidagi ko‘krak suzgichlari boshining oldida tutashib ketgan. Skat o‘zini himoya qilganida dumidagi ninasi bilan uradi. Janubiy va mo‘tadil dengizlarda tarqalgan. Qora va
Azov dengizlarida, shuningdek, G’arbiy va Sharqiy Afrika hamda Yevropa sohillarida qoziqdum dengiz mushugi tarqalgan. Bu baliq vitaminli yog’ olish maqsadida ovlanadi.
Elektr skatlar tanasi yumaloq, tumshug’i bo‘lmaydi. Dumi kalta, suzgichlari sferik shaklda. Tanasining ikki yonida ko‘krak suzgichlari bilan boshi oralig’ida elektr organi joylashgan. Bu organ shaklan o‘zgargan muskul to‘qimasidan iborat. Har bir elektr organi vertikal joylashgan teri katakchalariga o‘xshaydigan yuzlab ustunchalardan iborat. Ustunchalarning orasi g’ovak to‘qima bilan to‘lgan. Har bir ustuncha elektr batareyasiga o‘xshash quyuq modda bilan to‘ldirilgan 350-400 diskdan iborat. Skat hosil qilgan elektr razryadi 8 voltdan 220 voltgacha yetadi. Elektr skatlar dengiz tubida kam harakat qilib yashaydi. Hamma okeanlarning subtropik va tropik qismida uchraydi.
Oddiy elektr skat Atlantikaning sharqiy sohillarida va O‘rta Yer dengizida keng tarqalgan. Tog’ayli baliqlar dunyo miqyosida ushlanadigan baliqlarning 1,5-2 foizini tashkil etadi. Avstraliya va Yaponiyada ko‘pchilik tog’ayli baliqlar ozuqa sifatida ishlatiladi. Akulaning jigaridan vitamin "A"ga boy bo‘lgan baliq yog’i olinadi. Bulardan tashqari, akula va skatlarning terisidan poyabzal va galantereiya mahsulotlari tayyorlanadi. Suyakli baliqlar sinfi. Suyakli baliqlar barcha suv havzalarida tarqalgan. Bu sinf xordalilar tipiga kiruvchi turlarning yarmiga yaqinini, ya’ni 20000 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda baliqlarning 79 ta turi uchraydi. Suyakli baliqlarning skeleti suyakdan to‘zilgan yoki skeletida hamma vaqt ma’lum miqdorda qoplagich suyaklar bo‘ladi. Terisi suyak tangachalari bilan qoplangan bo‘lib, hech qachon plakoid tangacha bo‘lmaydi. Kloakasi yo‘q. Dumlari teng pallali gomosyerkal tipda bo‘ladi. Qizilo‘ngachning ustki old tomonida havo pufagi bor. Suyakli baliqlarning tuzilishi zog’ora baliq misolida ko‘rib chiqiladi. Zog’ora baliqning terisi suyak tangachalar bilan qoplangan bo‘lib, terisi shilimshiq modda ishlab chiqaruvchi bezlarga boy. Shilimshiq modda suzganda gavdasining suvga ishqalanishini kamaytiradi. Umurtqa pog’onasi amfisel tipdagi umurtqalardan tashkil topgan tana va dum umurtqalariga bo‘linadi. Umurtqalardan ustki va pastki yoylar chiqadi. Tana bo‘limidagi umurtqalarning ustki yoylari qo‘shilib, orqa miya
kanalini hosil qiladi. Pastki yoylar ko‘ndalang o‘simtalarga qo‘shiladi. Ko‘ndalang o‘simtalar pastki yoylardan hosil bo‘ladi. Dum bo‘limining pastki yoylari qo‘shilib, qon tomirlari o‘tadigan gemal kanal va gemal o‘simta hosil qiladi. Zog’ora baliqning umurtqa pog’onasi o‘zaro chala harakatchan birikkan 39-42 ta umurtqadan iborat. Bosh skeleti o‘z navbatida miya qutisi skeleti va vissyeral skeletlarga bo‘linadi. Eshitish kapsulasini 5 tadan quloq suyaklari tashkil qiladi. Hidlov kapsulasining qoplovchi o‘rnida toq oraliq hidlov suyagi va juft yon hidlov suyaklari rivojlangan. Miya qutisining qoplovchi suyaklariga bosh miyaning ustki tomonidan yopib turuvchi juft burun, peshona, tepa suyaklari va miya qutisining ostidan totib turuvchi toq parasfenoid suyaklari kiradi. Vissyeral skeletda yoy hosil qilgan suyaklardan tashqari jabra qopqog’i bo‘ladi. Jabra yoylari va til osti yoyi ham xuddi akulalardagidek qismlardan tashkil topgan, lekin suyakka aylangan. Ko‘krak suzgich qanotlarining skeletida bazaliyalari bo‘lmaydi, suyak to‘g’ridan-to‘g’ri kamar suyagiga birikadigan radialiya suyaklaridan va suyak shu’lalaridan iborat. Ko‘krak kamari juft qoplovchi korakoid va ko‘krak suyaklaridan tashkil topgan. Birlamchi kamar hisoblangan bu suyaklarga ikkilamchi kamar suyagi almashinuvchi suyak kleytrum tegib turadi. Qorin so‘zgich qanotlarining suyak skeleti faqat bir juft plastinkadan iborat. Bazaliya va radialiya bo‘limlari yo‘qolib ketib, tashqi suyak shu’lalar bevosita chanoq plastinkalariga tegib turadi. Bosh miyasi tog’ayli baliqlarning bosh miyasiga nisbatan ancha sodda tuzilgan. Avvalo, uning o‘lchami kichik, oldingi miya yarim sharlarining qopqog’i epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, nyerv moddasi bo‘lmaydi. Ko‘rish organi-ko‘z hamma baliqlardagi singari yumaloq ko‘z gavharidan, yassi shox pardadan iborat bo‘lib, uzoqni ko‘ra olmaydi. Eshituv organi faqat ichki quloqdan iborat va baliqlarning o‘zaro kontaktida katta ahamiyatga ega. Ko‘pchilik baliqlar tishlari, suzgich qanotlarining ishqalanishi va havo pufakchalari yordamida har xil ovozlar chiqaradi. Yon chiziq teri ostida kanal hosil qiladi. Bu kanal tashqi muhit orqali qator tangachalardan chiqqan teshikchalar bilan tutashadi. Kanal devorida nyerv uchlari joylashadi. Yon chiziq organi suvning oqimi va bosimini aniqlaydi. Ko‘pchilik suyakli baliqlarning og’iz bo‘shlig’ida bir qancha konussimon tishlar bo‘lib, bu tishlar jag’ oraliq, ustki jag’, tish va hatto
tanglay, qanotsimon, dimog’ hamda parasfenoid suyaklariga joylashgan. Tishlar og’izdagi ovqatni ushlab turish uchun xizmat qiladi. Tili yo‘q og’iz halqum bo‘shlig’idan ovqat qizilo‘ngachga tushadi, qizilo‘ngach esa oshqozonga ochiladi. Oshqozondan boshlangan ichak takomillashgan va uning ichida spiral klapani yo‘q. Lekin uning o‘rniga shu funksiyani bajaruvchi pilorik o‘simtalar chiqadi. Ichak bog’ichiga taloq o‘rnashgan. Katta jigarda o‘t pufagi bor. Oshqozon osti bezi ichak tutqich bo‘ylab tarqalgan. Havo pufakchasi qorin bo‘shlig’ining butun orqa qismini to‘ldirib turadi. Uning ichi asosan azot hamda karbonat angidrid va kislorod gazlari bilan to‘ldirilgan. Havo pufakchasi gidrostatik vazifani bajaradi, ya’ni u kengayganda baliqning solishtirma og’irligi kamayadi, puchayganda esa ortadi. Zog’ora baliqda barcha suyakli baliqlar singari jabralararo to‘siqlar bo‘lmaydi, shu sababli jabra yaproqlari faqat jabra yoylariga birikadi. Jabra yoriqlarini tashqi tomondan jabra qopqog’i yopib turadi. Nafas olish akti jabra qopqoqlarining harakati va suvni jabra bo‘shlig’iga yutish hamda undan tashqariga itarib chiqayotgan og’izning harakati tufayli yuzaga keladi.Yuragida arterial konus yo‘q. Qorin aortasining oldingi qismi kengayib, aorta so‘g’onini hosil qiladi. U silliq muskuldan tuzilgan, shuning uchun ham yurak singari mustaqil ravishda urib turmaydi. Jabralar 4 juft bo‘lganligi sababli jabraga olib keluvchi va jabradan olib ketuvchi arteriyalar ham 4 juft bo‘ladi. Venoz sistemasi uchun faqat chap kardinal vena buyrak qopqa sistemasini hosil qilishi xarakterli. Ayirish organlari bir juft uzun tasmasimon shakldagi tana, ya’ni mezonefros buyraklardan tashkil topgan bo‘lib, havo pufakchasi ustida umurtqalarining yoni bo‘ylab joylashadi. Buyraklarning ichki qirrasidan bir juft siydik yo‘li Volf kanali boshlanadi. Bu kanallar pastroqda o‘zaro qo‘shilib, siydik pufagiga qo‘shiladigan bitta umumiy kanal hosil qiladi. Yerkagining juft urug’donlari ichida bo‘shlig’i bo‘ladi. Urug’donlarida maxsus teshiklar bilan siydik-tanosil so‘rg’ichi orqali tashqariga ochiladigan umumiy chiqarish yo‘li bo‘ladi. Urg’ochisida alohida chiqarish yo‘li yo‘q. Shuning uchun ularning tuxumdoni to‘g’ridan-to‘g’ri jinsiy teshikka ochiladi. Shunday qilib, urg’ochilarida akuladagi singari tuxum yo‘li vazifasini bajaruvchi Myullyer kanali
yo‘q, yerkaklarida esa urug’donlar buyrak bilan bog’lanmagan, Volf kanali faqat siydik yo‘li vazifasini bajaradi. Odatda, tashqi urug’lanish bo‘ladi. Ikralari mayda.
Tog’ay-suyakli baliqlar kenja sinfi o‘z ichiga faqat Osyotrsimonlar turkumini oladi. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra osyotrsimon baliqlar akulalarga ancha o‘xshab ketadi. Boshining uchida qazg’ichi (rostrumi) bor, uning tagida og’iz teshigi ko‘ndalang bo‘lib joylashadi. Dum suzgich qanoti geterosyerkal tipda. Juft suzgich qanotlari tanaga nisbatan gorizontal joylashadi. Tangachalari o‘ziga xos bo‘lib, katta-katta suyak bo‘rtmalaridan iborat. Bu bo‘rtmalar gavdasi bo‘ylab 5 qator bo‘lib joylashadi. O‘q skeletining asosini biriktiruvchi to‘qima pardasi bilan o‘ralgan xorda hamda ustki va ostki umurtqa yoylari tashkil qiladi. Miya qutisi asosan tog’aydan tashkil topgan, lekin uning qopqog’i, bosh skeletining yoy tomonlari va tagi qoplovchi suyaklardan iborat. Ichagida spiral klapani, yuragida arterial konusi bor. Osyotrsimonlarning turlari uncha ko‘p emas, ularning hammasi shimoliy yarim sharda yashaydi. Osyotrsimon baliqlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ulardan juda qimmatbaho go‘sht va qora ikra olinadi.
Baliqlar ekologiyasi va xo‘jalikdagi ahamiyati. Baliqlar barcha tuban xordalilar singari butun umri suvda o‘tadigan hayvonlardir. Suv muhitida yashash sharoitiga qarab baliqlarni 3 ta ekologik guruhga bo‘lish mumkin: pelagik, abissal va litoral.1. Pelagik baliqlar suv bag’rida yashaydi. Ularning ba’zilari suvda osilgan mayda hayvon va o‘simliklar, boshqalari esa hasharotlar bilan oziqlanadi. Bu zonada yashovchi baliqlarning ustki tomoni odatda qoramtir rangda bo‘lsa, pastki tomoni oqish kumushsimon rangda bo‘ladi. Pelagik baliqlarning gavdasi ouzunchoq duksimon bo‘lib, juda yaxshi suzadi. Ko‘pchilik akulalar, losos, seldlar, treskalar shu zonada yashaydi.2. Litoral baliqlar asosan suv qirg’oqlari va tubi bilan bog’langan. Bu baliqlar unchalik tez harakat qilmaydi. Guruhga skatlar, kambalalar, ikki xil nafas oluvchi baliqlar, buqa baliqlar va boshqalar kiradi.
3. Abissal baliqlar suv tubida, katta chuqurlikda yashaydi. Katta chuqurliklarning asosiy xossalari bosimning g’oyat kuchli bo‘lishi, yorug’likning mutlaqo yo‘qligi, suvning oqmasligi, haroratning bir xil va past bo‘lishi hisoblanadi.Bu aytilganlardan tashqari, baliqlar suvdagi to‘zlarga bo‘lgan
munosabatiga qarab 3 ta guruhga bo‘linadi: 1.Butun umrini sho‘r suvlarda o‘tkazuvchi dengiz baliqlari (kambala, seld, treska); 2. Butun umri daryo, ko‘l va hovuzlarda o‘tadigan chuchuk suv baliqlari (laqqabaliq, gulmoy yoki forel, marinka); 3. O‘tkinchi baliqlar, bular dengizda yashasa, ko‘payish uchun daryoga chiqadi (lasos), daryolarda yashasa, ko‘payish uchun dengizlarga chiqadi (ilonbaliq). Ekologik guruhlari va sistematik holatidan qat’iy nazar, baliqlarning hayoti bir-biri bilan almashinib turadigan biologik sharoitning yil fasllariga qarab o‘zgarib turishiga bog’liq. Biologik yoki hayot sikli semirish, qishlash va ko‘payish davrlariga bo‘linadi. Ko‘pchilik baliqlarning yillik hayot siklining eng muhimi "migrasiya" (yashash joylardan ko‘chish) hisoblanadi. Migrasiya passiv va aktiv bo‘ladi. Passiv migrasiyada baliqlar suvning oqimidan foydalanadi. Bu usul bilan kam harakatchan pelagik baliqlar, ko‘pchilik baliqlar (seld, ilonbaliq, losos) lichinkalari migrasiya qiladi. Aktiv migrasiyada baliqlar tanlab olgan yo‘nalishiga qarab harakat qiladi, ba’zan kuchli oqim va hatto, sharsharalarga qarshi yuradi (losos). Faol migrasiya urchish, oziqlanish va qishlash migrasiyalariga bo‘linadi. Urchish yoki nyerest migrasiyasi, ayniqsa, o‘tkinchi baliqlarda xilma-xil va murakkab bo‘ladi. Urchish migrasiyasi dengizdan (sho‘r suvdan) daryoga (chuchuk suvga) kirishi anadrom migrasiyasiga va aksincha, daryodan dengizga kirish katadrom migrasiyasiga bo‘linadi. Ko‘pchilik dengiz baliqlari ochiq dengizdan ikra tashlash uchun qirg’oqlarga va aksincha, qirg’oqlardan ochiq dengizga qarab migrasiya qiladi (seldlar, treska, piksha va boshqalar). Oziqlanish migrasiyasi treska balig’i uchun xos. Treska ikra tashlab bo‘lgandan keyin ozib qoladi va Norvegiyaning g’arbiy qirg’oqlaridan Murman qirg’oqlari bo‘ylab sharqqa tomon harakat qiladi, so‘ngra yana urchish joyiga qaytadi. Qishlash migrasiyasiga ko‘pgina baliqlarning (zog’ora-sazan, leshch, sudak, laqqa) Volga, Ural, Ko‘ra va boshqa katta daryolar deltasiga kirishini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Kech kuzda o‘sha Yerlarda suv tagidagi chuqur joylarga nihoyatda ko‘p to‘planadi va shu Yerda qishni o‘tkazadi. Baliqlar deyarli hamma tirik mavjudotlar bilan oziqlanadi. Baliqlarning ovqati suv havzasining sharoiti, yil fasllari va baliqning yoshiga qarab ancha o‘zgarib turadi. O‘simliklar bilan ovqatlanishga moslashgan baliqlarga xumbosh
baliq (tolstolobik), oq amur, qizil qanot, qora baliqlar (marinka) va xramulyalar kiradi; cho‘rtanbaliqlar, laqqabaliqlar, okunlar yirtqich bo‘lib, boshqa baliqlar va umurtqali hamda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Ko‘pchilik baliqlar qish faslida umuman ovqatlanmaydi va karaxt holga o‘tadi. Suyakli baliqning deyarli hammasi ayrim jinsli va urug’lanishi tashqi bo‘ladi. Bu baliqlar boshqa umurtqali hayvonlarga nisbatan nihoyatda syerpusht bo‘ladi. Ko‘pchilik baliqlar yuz minglab, oy baliq esa hatto 30 mln gacha ikra qo‘yadi. Bu ikralar yumshoq bo‘lib, yaxshi himoya qilinmagan va ko‘pchiligi urug’lanmaydi. Shu sababli ikralarning ko‘pchiligi halok bo‘lib ketadi. Urug’langan tuxumning voyaga yetgan baliqqa aylanishi nihoyatda past bo‘lib, sevryuga balig’ida 0,13-0,58 foizni tashkil qiladi. Baliqlar boshqa ko‘pgina umurtqalilardan aniq ko‘payish mavsumiga ega emasligi bilan farq qiladi. Baliqlar nyerest vaqtiga qarab 3 guruhga bo‘linadi: 1. Bahor va yerta yozda ko‘payuvchi baliqlar: osyotrlar, zog’orabaliqlar, laqqabaliqlar, seldlar, cho‘rtanbaliqlar, olabug’a baliqlar. 2. Kuzda va qishda ko‘payuvchi baliqlar: losos, gulmoy (forel), treska va boshqalar. 3. Tropik dengizlarda yashovchi baliqlar yil davomida ko‘payadigan baliqlar. Ba’zi baliqlarda nasl uchun qayg’urish hodisasi hosil bo‘ladi, natijada ular juda kam ikra qo‘yadi. Masalan, tikanbaliqlarning yerkagi suv tagida, Yerda chuqurcha qaziydi va shar shaklida uya quradi. Urg’ochisi 20-100 ta ikra qo‘yadi. Yerkagi 10-15 kun uyani qo‘riqlaydi. Dengiz toychasi va ignabaliqlar yerkagining qorin tomonida teri burmasi bo‘ladi. Shu burmada urug’langan ikralarini olib yuradi. Amyerika laqqabalig’i esa 50-100 ta ikralarini og’ziga solib yuradi. Ba’zi baliqlarda esa (boyko‘l golomyankasi) tirik tug’ish jarayoni ko‘zatiladi. Tilyapiya balig’ining yerkagi ham urg’ochisi qo‘ygan tuxumini og’zida olib yuradi. Hozirgi vaqtda inson baliqlardan 40 foizgacha hayvon oqsilini olmoqda. Ular asosan qimmatbaho ozuqa mahsuloti uchun ovlanadi. Baliqlardan oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari vitaminlar, baliq uni, baliq yog’i va boshqa mahsulotlar olinadi. Oxirgi yillarda O‘zbekistonning suv havzalarida Amur daryosidan Amur xumboshi, oq amur baliqlari iqlimlashtirildi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda bir qancha baliqchilik xo‘jaliklarida zog’orabaliq, laqqabaliq, mo‘ylovlibaliq, oqcha (leshch), tovonbaliq (karas), qorabaliq (marinka), xramulya,
oqqayroq, qizil ko‘z (plotva), ilonbosh, olabug’a, sudak, cho‘rtanbaliq va boshqalar ovlanadi. O‘zbekiston "Qizil kitobi"ga baliqlarning 18 ta turi kiritilgan. Bular qatoriga Orol bahrasi, Sirdaryo kurakburuni, Orol qorako‘zi, Orol tikanagi, Turkiston laqqachasi va boshqalar kiradi.
Sudralib yuruvchilar sinfi.
Sudralib yuruvchilar qushlar va sutemizuvchilar singari quruqlikda hayot kechiradi. Ayrim vakillari ikkilamchi suvda yashashga o‘tgan. Bu uchta sinf vakillarining tuxumi ichki urug’lanadi va quruqlikda ko‘payadi. Faqat ayrim sutemizuvchilar (kitsimonlar) suvda urchiydi. Ularning embrional rivojlanishida murtak parda paydo bo‘ladi. Sudralib yuruvchilar yuksak umurtqalilarning yoki amniotalarning birinchi tuban sinfidir. Gavdasida yaxshi ajralib turgan bo‘yin bo‘limi bor. Aksariyat ko‘pchiligida yaxshi rivojlangan besh barmoqli oyoqlar bo‘ladi. Sudralib yuruvchilarning tuzilishi tez kaltakesak misolida ko‘riladi. Sudralib yuruvchilarning teri qoplag’ichlari amfibiyalarning teri qoplag’ichlaridan keskin farq qiladi va havo muhitida yashashga moslashgan belgilarga ega. Epidyermisining tashqi qavati shox to‘zilmalar tangacha va qalqonchalar bilan qoplangan. Bularning shakli, soni va joylashishi sudralib yuruvchilarni aniqlashda katta rol o‘ynaydi. Kaltakesaklarning terisi tanaga yopishib turadi. Terida bezlar yo‘q. Faqat kaltakesak sonlarining ichki tomonida qator joylashgan son teshikchalari bo‘ladi. Bu teshikchalardan ko‘payishi vaqtida ipsimon moddalar eshilib chiqadi. Skeleti deyarli to‘liq suyakdan tashkil topgan bo‘lib, bosh skeletiga, umurtqa pog’onasi skeletiga, erkin oyoqlar skeletiga va ularning kamar skeletlariga bo‘linadi. Umurtqa pog’onasi 4 ta bo‘limga bo‘linadi: bo‘yin, ko‘krak-bel, dumg’aza va dum. Umurtqalarning tanasi oldingi tomondan botiq, keyingi tomondan bo‘rtib chiqqan bo‘ladi. Kaltakesaklarning bo‘yin bo‘limida 8 ta umurtqa bo‘lib, ulardan oldingi 2 ta umurtqasi hamma amniotalardagi singari o‘ziga xos tarzda tuzilgan. Birinchi bo‘yin umurtqasi atlas yoki atlant deb ataladi. Atlasi suyak xalqa shaklida bo‘lib, yupqa pay bilan ustki va ostki qismlarga bo‘linib turadi. Ustki teshikdan orqa miya o‘tsa, ostki teshikka ikkinchi bo‘yin umurtqasi epistrofeyning tishsimon o‘simtasi kirib turadi. Atlas epistrofeyning tishsimon o‘simtasi atrofida aylanadi.
Kaltakesakning ko‘krak-bel bo‘limi 22 ta umurtqadan tashkil topgan. Ularning hammasi qobirg’alar bilan tutashadi. Kaltakesakning to‘shi tog’aydan to‘zilgan. Ko‘krak-bel umurtqalarining oldingi 5 tasidan chiqqan qobirg’alari to‘sh suyagiga tutashadi. Dumg’aza bo‘limi ikkita umurtqadan iborat bo‘lib, bularning ko‘ndalang o‘simtalariga chanoq kamarining yonbosh suyaklari birikib turadi. Dum bo‘limi bir qancha umurtqalardan tashkil topgan. Dum umurtqalari dumning uchiga borgan sari o‘simtalarini yo‘qotib, kalta-kalta suyakchalarga aylanadi. Dum umurtqalarining tanasi yupqa pay bilan oldingi va keyingi bo‘limlarga ajralib turadi. Kaltakesaklar xavf tug’ilganda (dumidan ushlanganda yoki dumi bosilganda) dumini o‘sha joydan o‘zib tashlab ketadi va dumi yana qaytadan tiklanadi. Bosh skeleti qoplovchi suyaklarning ko‘pligi bilan xarakterlanadi va suyaklar bosh skeletining yoni, tagi va ustini tashkil qiladi. Ensa teshigi atrofida to‘rtta ensa suyagi (ikkita yon, bitta ustki va bitta asosiy ensa suyagi) joylashgan. Ensa teshigining ostida bitta ensa bo‘rtmasi bor. Asosiy ensa suyagiga oldingi tomondan asosiy ponasimon suyak qo‘shilib turadi. Bu suyak hamma amniotalardagi singari miya qutisining tagini, asosini tashkil qiladi. Parasfenoid suyagi esa rudiment qoldiq holda bo‘ladi. Eshitish organi atrofida faqat bitta oldingi quloq suyagi bo‘ladi. Miya qutisining ustida tepa, peshona va burun suyaklari, yon tomonidan jag’aro, ustki jag’, manglay oldi, yosh, ko‘z usti, ko‘z orqa suyagi, tangacha, chakka, yonoq suyaklari qoplab turadi. Tanglay kvadrat tog’ayning elementlaridan kvadrat suyagi hosil bo‘ladi. Erkin oyoqlar skeleti va ularning kamar skeleti amfibiyalarning shu skeletidan farq qilmaydi. Faqat to‘sh suyagining ustida to‘sh usti suyagi bo‘ladi. Muskul sistemasi yaxshi takomillashgan bo‘lib, muskullarni metamyer joylashishi yo‘qolib ketadi. Hamma amniotalardagi singari qobirg’alararo muskul yuzaga keladi va bu muskul nafas olish mexanizmida katta rol o‘ynaydi. Nyerv sistemasi va sezgi organlari amfibiyalarga nisbatan yaxshi rivojlangan. Oldingi miya yarimsharlari nisbatan katta va qopqog’ida kulrang modda bor. Oraliq miya ustki tomondan ko‘rinmaydi. Kaltakesaklarda yaxshi rivojlangan va tuzilishi jihatidan ko‘zga o‘xshagan tepa organi bo‘ladi. Bu organ yorug’likni sezadi. Miyacha kuchli rivojlangan. Hid bilish organining o‘rta qismida hidlov yo‘lining pastki nafas va ustki hidlov bo‘limlari
bo‘lganligi xarakterlidir. Eshituv organi ichki va o‘rta quloqlardan iborat. Ko‘zlarida harakatchan qovoqlari bo‘ladi. Ko‘zning oldingi burchagida uchinchi qovoq ham bor. Kaltakesaklarning ovqat hazm qilish sistemasi og’iz bo‘shlig’idan boshlanadi. Og’iz bo‘shlig’ining tagida harakatchan muskulli til joylashadi. Og’iz bo‘shlig’i nisbatan uzungina qizilo‘ngachga, undan esa oshqozonga ochiladi. Oshqozondan boshlangan ichak ingichka va yo‘g’on ichaklarga bo‘linadi. Bularning chegarasida ko‘richak kurtagi bo‘ladi. Jigarning o‘t suyuqligi va oshqozon osti bezlarining chiqarish yo‘llari ingichka ichakka ochiladi. Nafas olish yo‘llari ko‘proq takomillashganligi bilan amfibiyalarning nafas olish yo‘llaridan farq qiladi. Hiqildoq teshigi traxeyaga ochiladi. Traxeya talaygina tog’ay halqalaridan iborat bo‘lib, oxirida ikkita bronxga bo‘linadi. Bronxlar xaltasimon o‘pkalarga kiradi. Nafas olish akti ko‘krak qafasining kengayishi va torayishi yo‘li bilan sodir bo‘ladi, bu qobirg’alarning harakati tufayli yuzaga keladi. Sudralib yuruvchilar, boshqa amniotalardagi singari teri orqali nafas olmaydi. Yuragi 3 kamyerali, yurak qorinchasi o‘rtasidan parda bilan 2 qismga bo‘linadi. Lekin parda bo‘lma va qorincha orasidagi to‘siqqa yetib bormaydi. Arterial sistemasida o‘zgarishlar yuz beradi. Avvalo, yurak qorinchasidan mustaqil holda uchta qon tomiri chiqadi. Yurak qorinchasining chap qismidan o‘ng aorta yoyi chiqadi. O‘ng aorta yoyidan uyqu va o‘mrov osti arteriyalari chiqadi. Yurak qorinchasining o‘rta qismidan chap aorta yoyi chiqib, yurakning pastidan o‘ng aorta yoyi bilan qo‘shiladi va orqa aortani hosil qiladi. Nihoyat, yurak qorinchasining o‘ng qismidan o‘pka arteriyasi chiqadi va venoz qonni o‘pkalarga olib boradi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin