G’. M. Sayfullayev


O’qitishning nazariy va amaliy birligi va uzviy bog‘liqligi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə77/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

O’qitishning nazariy va amaliy birligi va uzviy bog‘liqligi.


Nazariyani amaliyot bilan bog‘lash o'quvchilarni amaliy masalalarni hal qilishda nazariyani, ahamiyatini tushunishga olib keladi, bu ularning o‘zlashtirish sifatini oshiradi. Bu tamoyil mehnat ta’limi va o‘quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini hal qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘qitishda nazariya bilan amaliyotning bog'lanish xarakterini o‘quv predmetining mazmuni taqozo qiladi. Geografiyadi nazariy bilimlar o'quvchilarni tabiatning u yoki bu hodisalari bilan amaliy tanishtirish jarayonida puxtaroq o‘zlashtirib olinadi Bunda amaliyot o'quvchilarni nazariyani o‘zlashtirishga qiziqtirish uchun undan oldinroq kelishi mumkin. Chunonchi, tabiatda baho mavzusi (3- sinf) ni o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar ekish (ildiz mevalarning hosiliga ekinlar
zichligining ta’sirini aniqlash uchun urug‘lar ekish), keyin esa mavzuni o‘rganishda amaliy ish natijalarini tahlil qilish ma’qul.
Nazariyaning amaliyot bilan bog‘lanishini amalga oshirishga jamoa xo‘jaligi qurtxonasida ipak qurti ustidan kuzatishlar shuningdek, g‘o‘za, poliz ekinlari, g'alla ekinlari, sezgi organlari yurak va qon mavzulari (3- sinf) bo‘yicha amaliy ishlarning o'tkazilishi yordam berishi mumkin. O‘quvchilarning tirik tabiat burchagidagi (o'simliklarni ekish va ko‘paytirish) ishlarini shuningdek, o'simliklarning suvga, issiqlikka, yorug‘likk; ehtiyojini, manzarali gul o‘simliklarining o‘sishi va rivojlanishig organik va mineral o‘g‘itlaming ta’sirini o‘rganishni, hosildorligini oshirish bo‘yicha tajribalar o‘tkazishni mehnat darslari bilan bog‘lab olib borish nazariy bilimlarni amaliyot bilan aloqasini yaxshilash imkonini beradi.
Geografiya darslarida nazariyaning amaliyot bilan bog'lanishini amalga oshirib borishda o‘quvchilarning amaliy faoliyati ularning nazariy bilimlarni o‘zlashtirib olishga bo‘lgan intilishlarini bo‘shashtirmasligi lozim. Amaliy ishlar uchun shunday obyekt va tajribalarni tanlash kerakki, bunda ular nazariy tamoyillarni tasdiqlasin va bilimlarni chuqurlashtirish uchun xizmat qilsin.
Geografiyani o'qitishda nazariyani amaliyot bilan bog‘lanishi, uning barcha bosqichlarida amalga oshirilishi nazariy bilimlarning chuqurlashishi, shuningdek, amaliy faoliyatga tayyorlashga yordam berishi kerak. O‘rganiladigan nazariy bilimlarning mazmuniga qarab, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarning har xil shakllari, masalan, laboratoriya ishlari, sayohatlar, amaliy mashg'ulotlar, ijtimoiy- foydali mehnatdan foydalanish mumkin.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin