Geografiya o`qitishning o‘lkashunoslik tamoyili. Maktab o‘lkashunosligining vazifasi o'quvchilar tomonidan ta’lim-tarbiy; maqsadida har xil manbalar bo'yicha va bevosita kuzatishlar asosida o‘z o‘Ikasi hududini har tomonlama o‘rganishdir.
O‘lkashunoslik hayot bilan bog'lanishning qudratli vositasidir. Ko’pchilik o‘quvchilarning maktabni bitirganlaridan keyin mahalliy sanoat va qishloq xo'jaligi korxonalariga ishlash uchun borishlari hisobga olinganda, O‘lkashunoslik alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘lkashunoslik bevosita tabiat muhofazasi bilan bog'liq, chunki o‘z o‘lkasini bilish o‘quvchilarga uni muhofaza qilish va ko‘kalamzorlashtirish bo'yicha ishlarda ongli qatnashish imkoniyatini beradi O‘z O‘lkasini o‘rganish o‘quvchilarning mustaqilligini rivojlan- tiradi, chunki bu ijtimoiy-foydali mehnatda faol qatnashishg; imkon beradi.
O‘lkashunoslik materialini O‘rganish bo‘yicha ish o‘quv maqsadlariga javob berishi kerak, shuning uchun ham uning mazmuni va xarakteri o‘quv dasturi bilan belgilanadi. O‘lkashunoslik ishlari tashkil qilinish shakllari bo‘yicha sinfda va sinfdan tashqarida bo‘lishi mumkin. Faqat ular barcha o‘quvchilar tomonidar bajarilsin.
O‘lkashunoslik tamoyili nazariy geografiya kursining O‘quvchilar o‘z o‘lkalari tabiati bilan bevosita muloqotda bo'lishida oladigan tasavvurlarga uzviy ravishda bog‘lanishini nazarda tutadi. O‘lkashunoslik bilimlaridan foydalanish o‘quv o‘lkashunosligining bosh maqsadidir. Buning uchun o‘qituvchi yetarli O‘lkashunoslik materiallariga ega bo‘lishi, o‘quv materialini o‘zlashtirish va tushunib olishga yordam beradigar mahalliy ma’lumotlarni darslar uchun tanlab olishi kerak.
O‘lkashunoslik tamoyili geografiya o`qitishda ko‘pgina didaktik tamoyillardan (o‘qitishning ilmiyligi va ko‘rgazmaliligi, aniqdan noaniqqa, yaqindan uzoqqa borish kabilardan) foydalanishga imkon beradi.
Mahalliy o‘lkashunoslik materiallaridan o‘qituvchi geografiya o`qitish da tushuntirish, taqqoslash va ko‘rsatish uchun, o‘quvchilarning ko‘pgina tabiat hodisalarini bevosita idrok qilishlarida foydalanadi.
O‘lkashunoslik tamoyilidan muntazam ravishda foydalanish olingan nazariy bilim va uquvlarni turmush (masalan, qishloq xo'jalik ishlarining mo'tadil, ya’ni optimal muddatlarini aniqlash uchun oldindan ob-havoni aytib berish, daryodan
o‘tishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uning oqimi rejimini aniqlash, mahalliy qishloq xo‘jaligi tashkilotlari uchun o‘simliklar yig‘ish va hokazolar) bilan bog‘lashga yordam beradi.
Shunday qilib, geografiyani o'qitish «og‘zaki sxemada» bo‘lmay, balki haqiqatni kuzatish asosida quriladi. Bundan o‘lkashunoslikdan geografiya o`qitishda har kuni va uzluksiz foydalanish kerakligi ma’lum bo‘ladi. Barcha darslar O‘lkashunoslik tamoyili asosida tuzilishi kerak.
O‘quv o‘lkashunosligini o‘lkani o‘rganish bo‘yicha faqat yurish va to‘garak ishlari tashkil qilish bilangina emas, balki har xil tabiiy hodisalarni muntazam kuzatishlar bilan, o‘rganilayotgan hududning ajoyib tabiiy va xush havo joylarini tekshirish bilan hamda o‘z kuzatishlarini umumlashtirish bilan ham bog‘lash kerak bo‘ladi.
Darslardagi umumlashtirish o‘rganiladigan dastur mavzulari bilan bog‘liq holda borishi lozim. O‘lkashunoslik tamoyilining mohiyati shundan ham iboratki, u o‘quvchilarga tanish bo‘lgan joyda tabiat hodisalarini kuzatish va haqiqiy tasavvurlar asosida geografiya asoslarini tashkil qiluvchi tushunchalarni shakllantirish imkoniyatini beradi.
Jonajon o‘lkani o‘rganish umumiy geografiya kursini o‘rganish bilan parallel holda olib borilmog‘i lozim. 3-4- sinflardagi o‘lkashunoslik tadqiqotlarining muhim qismi tuproqqa, o‘simlik va hayvonot dunyosiga xarakteristika tuzish, daryolar oqimining rejimi va xarakterini o'rganish, tabiat muhofazasidir.
O‘quvchilar o‘zlarining shahar yoki qishloqlarida qanaqa daryo, anhor kabi suv havzalari, ko‘chatzorlar borligini, ularni ifloslanishdan saqlashni bilib olishlari kerak. Hayvonlarg g‘amxo‘rlik qilish lozim. Qimmatli tabiat obyektlarining ta’rifir tuzish va ularni qo‘riqlash, zararli tabiiy jarayonlarning (jarliklar o'pirilishlar, Yernirilishlardan hosil bo‘lgan jismlaming) odamning xo'jalik faoliyatiga ta’sirini o'rganish va ularning oldini olishda ishtirok etishi lozim.
O‘lkashunoslik tamoyilini o‘quv-tarbiya ishlarida faqat maktab o‘lkashunoslik burchagida mahalliy materiallarni izchil ravishda to‘plab borgan sharoitdagina amalga oshirish mumkin. Eng oddiy o‘lkashunoslik kuzatishlari, boshlang‘ich
sinfda o'quvchilar chiqargan xulosalar ular ongida asta-sekin to'planib boradi va bu xulosalar hayotda hamda tabiatni keyinchalik o‘rganishda kerak bo‘ladigan asosiy geografiya tushunchalarini shakllantirish uchun baza bo‘lib xizmat qiladi.