15
dunyoning barcha faylasuflarini yosh avlod tarbiyasi qiziqtirgan va bu to‘g‘risidagi
o‘z qarashlarini ular qo‘shni davlat urf-odatlari va an‘analarini taqqoslagan holda
bayon etganlar. Ularning ba‘zilari bevosita ta‘lim-tarbiya ishiga ishtirok etganlar.
Masalan, Djon Lokk (Angliya) yoki Konfustiy (Xitoy).
Sharq Uyg‘onish davri yirik mutafakkiri Abu Nasr Forobiy o‘zining ―Fozil
odamlar shahri‖ nomli asarida ta‘lim – tarbiyaga, inson kamolotiga munosabat
nuqtai nazaridan ikki xil shahar yoki mamlakat –
fozil hamda johil odamlar
shahrini o‘zaro qiyoslaydi. Ta‘lim-tarbiya borasidagi eng nodir va qimmatli
tajribalarni ―Fozil shahar‖ timsolida ko‘rsatsa, ta‘lim-tarbiya borasidagi eng
nomaqbul va xunuk hodisalarni (didaktogeniya) ―Johil odamlar shahri‖ misolida
ko‘rsatadi. Yusuf Xos Hojibning ―Qutadg‘u bilig‖ asari ham komil inson tarbiyasi
to‘g‘risidagi eng qimmatli qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Alisher
Navoiyning ―Mahbub ul-qulub‖ asarida ham ta‘lim, tarbiya, mudarris, dars,
komillik, ilm, kasb-hunar to‘g‘risigi g‘oyalar bayon etiladi.
Bunda mudarris va
shogird munosabatlari odobi to‘g‘risida qimmatli ma‘lumotlar keltiriladi.
O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropadagi madaniy vaziyat ta‘lim-tarbiya
sohasining xalqaro qiyoslashga qiziqishini muvofiqlashtirmagan edi. Ming yillar
davomida ta‘limda ham boshqa madaniy sohalar kabi cherkov yakka hokimligi
mavjud bo‘lib, o‘qitishning asosiy tili hisoblangan. Buning natijasida turli
mamlakatlarda o‘quv muassasalari tashkil qilinishi; ta‘lim maqsadi, metod iva
mazmuniga ko‘ra o‘xshash, bir-biridan deyarli farqlanmagan.
So‘nggi o‘rta asrlarda Yevropa millatlar shakllanish jarayonini boshdan
kechirdi. XVIII asrga kelib bir qadar rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon o‘z
yakuniga yetdi. Milliy birlik hayotning turli sohalarga
va xalqlarning milliy
o‘zligiga ijobiy ta‘sir qildi. O‘z navbatida bu ta‘sir madaniyat va ta‘lim sohasida
ham kuchli namoyon bo‘ldi. Milliy tillar uzluksiz ravishda lotin tilini siqib chiqara
boshladi. Har bir mamlakatning o‘quv muassasalari o‘zining milliy xususiyatlarini
shakllantira boshladi va cherkovga tobeligi ancha susaydi.
O‘rta asrlarda Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida qo‘shni mamlakatlarda
ta‘lim tizimi tashkil qilinishi bilan tanishish ehtiyoji kuchaydi. Turli davlatlardagi
ta‘lim-tarbiya tizimi to‘g‘risidagi qiyosiy tahlil namunalarini Ya.A.Komenskiy va
boshqa mashhur pedagoglarning asarlarida ham ko‘rish mumkin. Boshlang‘ich
maktabdan universitetgacha bo‘lgan ta‘lim tizimining uzluksiz strukturasi va
tamoyillarini ishlab chiqishda Ya.A.Komenskiy Chexiya,
Vengriya, Gollandiya,
Shvetsiya kabi mamlakatlar tajribasiga ko‘p marta murojaat qiladi. Shuningdek,
badiiy-falsafiy asarlarda ham qiziqarli ma‘lumotlarni uchratish mumkin. M.Moten
(Fransiya) yoki Chesterfeld (Angliya) shular jumlasidan. M.Monten o‘zining
―Tajribalar‖ deb nomlangan asarida Uyg‘onish davrida Fransiyadagi ta‘lim-
tarbiyaning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida ma‘lumot beradi. Uning bola shaxsini
har tomonlama shakllanishida tarbiyaning va rivojlantiruvchi ta‘lim muhitining
roli to‘g‘risidagi qarashlari keyinchalik, D.Lokk va J.J.Russo singari pedagogika
fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan
mutafakkirlarning pedagogik
qarashlariga o‘z ta‘sirini o‘tkazdi.
1641 yilda ingliz milliy ta‘lim tizimini shakllantirishda uning bilimlaridan
foydalanish uchun Londonga taklif qilinadi. Yirik mashina sanoati yaratilish
16
davrida bolalarga maktab ta‘limi berish keng tus oldi. Kasbiy ta‘lim shakllanishiga
dastlabki qadamlar qo‘yildi. Qator mamlakatlarda davlat ta‘lim tizimi asoslari
yuzaga kela boshladi. Yevropa pedagogik tafakkuri evolyutsiya bosqichlarida
XVIII asr oxiri XIX asr boshlari juda muhim davr hisoblanadi. Bu esa, xorijiy
pedagogik tajriba va uni milliy ta‘lim muammolariga
qiyoslashga qiziqishni
kuchaytirdi. Shu tarzda yangi ilmiy yo‘nalish-qiyosiy pedagogika yuzaga kelishi
uchun obyektiv manbalar hosil bo‘la boshladi. Bu ilmiy yo‘nalish ta‘lim-tarbiya‘ni
xalqaro qiyoslab o‘rganishga ixtisoslashishi ko‘zda tutilgan edi.
Bu g‘oyalar pedagogik fikr taraqqiyotiga katta ta‘sir o‘tkazgan bo‘lsada, biz
ularda qiyosiy pedagogikaning ilmiy asoslanganligini ko‘rmaymiz. Qiyosiy
pedagogika fan sifatida XIX asrda shakllana boshladiki, bunga qator ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy va madaniy shart-sharoitlar ta‘sir ko‘rsatdi.
Dostları ilə paylaş: