G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

multi sinflar
mavjud. Bunday sinflar o`quvchilarini turli yoshda bo`lgan bolalar tashkil etadi. 
Ularning soni 6 dan 12 nafargacha bo`ladi. Multi sinf o`quvchilari birgina 
o`qituvchi nazoratiga topshiriladi. Lekin bunday sinflar barcha maktablarda
mavjud emas. Ular faqatgina tog`li jorlarda, aholi juda kam joylashgan 
hududlardagi maktablarda tashkil etiladi. Bu sinfda ota – onalar bolalari bilan 
shug`ullanish imkoniyati bo`lmagani yoki boshqa sabablarga ko`ra band oilalar 


82 
farzandlari tahsil olishadi. Maktabda o`quv jarayonini tashkillashtirish maktabning 
hududiy joylashuvi hisobga olingan holda olib boriladi. O`quv yili 1 – sentabrdan 
boshlanib, yozgi ta‘til 30 – iyundan boshlanadi. Maktab bitiruvchilari bitiruv 
imtihonlarini iyul oyida topshiradilar. 
Boshlang`ich maktablarda darslar haftasiga 27 – 30 soatni tashkil qilsa, 
shundan 3 soati chet tilini o`rganishga ajratiladi. Dars jadvalini rejalashtirish 
jarayonida asosiy e‘tibor fanlarni bir xil taqsimlashga qaratiladi. 
Umumiy modul tizimidagi maktablarda (haftada 27 soat) haftada 5 kun 
o`qitiladi. O`quv jarayoni 40 soatni tashkil etadigan maktablar ham haftasiga 5 
yoki 6 kun ishlaydi. Soatning ko`pligiga qarab darslar umumta‘lim maktablar 
uchun 8:30 dan 16:00 gacha olib boriladi. O`rtadagi tanaffus uchun 30 daqiqa vaqt 
ajratiladi. 5 - sinf yakunida o`quvchilar 
esame di licenza elementare
, ya‘ni
boshlang`ich ta‘limning yakunlanishi imtihonini topshirishdi. Shundan so`ng,
ikkinci bosqich scuola mediaga
o`rta ta‘limga o`tadilar. Imtihonda nafaqat 
o`quvchi, balki o`qituvchining salohiyati ham tekshiriladi. Ya‘ni, o`quvchi 
ustozidan olgan bilimni qanchalik egallaganini ko`rsata olishi kerak. Test 
savollarida matematika va mantiq fanini o`zlashtirish darajasi tekshiriladi. 
Boshlang`ich ta‘limni tugatgach, birinchi bosqich imtihonini topshirgan 
o`quvchiga maxsus guvohnoma beriladi. Bu hujjat ta‘limning ikkinchi bosqichiga 
o`tish huquqini beradi. 
Italiya ta‘lim tizimi boshqaruvida asosiy e‘tibor boshlang`ich ta‘limni to`g`ri 
tashkil etishga qaratilishi bejiz emas. Chunki aynan shu bosqich keyingi ta‘lim 
jarayonlarining samarali olib borilishini ta‘minlaydi. O`quvchilar haftada besh kun 
30 soat o`qiydilar. Har bir ta‘lim bosqichining oxirida imtihon o`tkaziladi. Baholar 
og`zaki tartibda ―juda yaxshi‖, ―durus‖ va ―past‖ darajalarda baholanadi. Italiyada 
birinchi besh yillikda ya‘ni ikki bosqichni tugatganidan so`ng yozuvga oid va 
og`zaki imtihon olinadi. Uning natijasiga qarab oquvchilarga shahodatnoma 
majburiy beriladi va ular o`rta maktabga o`tadilar. Qayerda o`qishlaridan qat‘iy 
nazar, ta‘lim 14 yil. Italiyada o`quvchilar bu bosqichda italyan tili, tarix, 
geografiya, matematika va tabiiy fanlar, xorijiy til, san‘at, musiqani o‘rganishadi. 
So‘ng yil oxirida imtihon topshiriladi. Italiyada o‘quvchilar imtihonlarda italyan 
tili, matematika va chet tilidan – yozma, qolgan fanlardan – og`zaki imtihon 
topshiradilar. 
Italiyada 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin