G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


partasidayoq zamonaviy korxonalardagi yangi mehnat shartlariga tez moslashishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/117
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183017
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped


partasidayoq zamonaviy korxonalardagi yangi mehnat shartlariga tez moslashishi 
uchun kerak bo‘lgan bu xususiyatlarni o‘zlashtirishi va ko‘nikma hosil qilishi talab 
qilinadi. 
Zamonaviy IFI obyektiv tarzda umumiy o‘rta ta‘lim tizimini yaratish va 
yoshlarni turli ko‘rinishdagi o‘rta ta‘limga jalb qilish vazifasini keltirib chiqardi. 
Tabiiyki, ta‘lim darajasini ko‘tarish va kadrlarni qayta tayyorlash endilikda 
sanoatni modernizatsiya qilish va yangi texnologiyalar yaratish rejalarining muhim 
tarkibiy qismiga aylandi. 


133 
―Iqtisodiyot va ta‘lim‖ muammosi davlat hukumatini tobora o‘ziga jalb 
qilmoqda. Chunki ularning iqtisodiy vazifalari ulkan darajada kengaydi. Agar 
o‘tmishda kapitalistik davlatning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga bevosita 
aralashuvi favqulodda chora sifatida, urush yoki chuqur inqiroz paytlarida amalga 
oshirilgan bo‘lsa, oxirgi o‘n yilliklarda bu holat ichki siyosatning yetakchi 
an‘analaridan biriga aylandi. Chunki qator g‘arb mamlakatlarning o‘ziga ham 
yirik tadbirkor yisoblanadi. U ulkan sanoat komplekslariga egalik qiladi. Shuning 
uchun ta‘limning iqtisodiy samaradorligi ortishidan bevosita manfaatdor bo‘ladi. 
Turli 
mamlakatlarning 
olimlari 
tomonidan 
ta‘limning 
iqtisodiy 
samaradorligi darajasining miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlashga urinishlari turli 
sabablarga ko‘ra, aytarli muvaffaqiyat keltirmaganligi aytilgan edi. Bunday 
vazifani amalga oshirishi ta‘limga sarflangan umumiy xarajat va uning iqtisodiy 
samarasi orasida uzoq vaqt namoyon bo‘lishi bilan yanada murakkablashadi. Bu 
xarajatlar esa o‘quv muassasalari bitiruvchilari olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq 
eta olgan holdagina iqtisodiy rentabelli hisoblanadi. Hatto juda rivojlangan 
mamlakatlarning qishloq xo‘jaligida ham past malakali mehnatdan foydalanish 
keng tarqalgan. Nihoyat, o‘qish muddatini uzaytirish har doim ham o‘quv va 
bilimning proporsional o‘sishiga yordam bermasligi mumkin. Shuning uchun 
ishchi xodimning ishlab chiqarish salohiyatini uning qancha vaqt partada o‘tirgani 
va bu jamiyat uchun qanchaga ―tushgani‖ bilan baholash kerak emas. Shu bilan 
birga, yetarli bilimga ega ishchi xodimlar bilan ishlab chiqarish mehnatining 
unumdorligi pasayishi mumkin. Chunki ular doimiy ravishda o‘z ishidan, olgan 
bilimlariga munosib emasligi hissi tufayli qoniqmaydilar. 
Aholining bilim darajasini kuchaytirish iqtisodiyot rivojlanishining asosiy 
yo‘nalishiga mos keladi. Hatto ishchi-xodimlar ma‘lum bir qismining mehnati 
mazmuni bevosita ularning har biridan to‘liq o‘rta maxsus hajmdagi nazariy bilim 
talab qilmasa ham, bu jarayonni qoniqarli deb baholash mumkin. Bu ishchi-xodim 
manfaatlariga ham mos keladi. 
Bilimli ishchi-xodimga avtomatlashtirilgan korxonada o‘z o‘rnini topib 
olishi oson kechadi. U zamonaviy sanoatning chuqur struktura o‘zgarishlari 
sharoitida ham yangi ixtisoslikni tez va muvaffaqayatli o‘zlashtira oladi. 
Bir necha o‘n yil muqaddam sanoati rivojlangan mamlakatlarda ta‘limning 
davlat tomonidan rejalashtirishi, avvalo iqtisodiyotning konyunktur talablaridan 
kelib chiqqan edi. Undagi asosiy vazifalardan biri aholini ―qayta o‘qitish‖ga yo‘l 
qo‘ymasdan iborat edi. Hozirda bu muammo butunlay boshqacha qilinadi. Yangi 
reja tuzuvchilar endilikda ―malakali zahira‖ konsepsiyasiga asoslanib, yangi reja 
tuzadilar. Ya‘ni malakali kadrlarni bunday miqdorda tayyorlash bugun ortiqchadek 
ko‘rinishi mumkin. Lekin yuqori texnologik sanoatni keyingi yillar va o‘n 
yilliklarda rivojlantirishga imkon yaratadi. 
Ta‘lim taraqqiyoti istiqbollari va an‘analarini faqatgina iqtisodiyot talablari 
nuqtai nazaridan ko‘rib chiqmaslik kerak. Bu muammoni insoniylik tamoyillari 
nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish so‘nggi vaqtda dunyoda keng tarqaldi. Ta‘lim 
sohasida 
paradigmatik 
o‘zgarishlar 
qilish 
vazifasi 
chuqurlashdi. 
Ekonomsentrizmdan sotsiosentrizm va kulturosentrizmga o‘tish zaruratiga aylandi. 
Chunki madaniyat rivojlanishi iqtisodiyotga ham ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. 


134 
Ta‘limning ijtimoiy samarasi uning bevosita iqtisodiy foydasidan ortiq ekanligi 
oydinlashdi. 
Bizning davrimizda, ―subyektiv omil‖- insonlar zakovati va irodasi xolis 
ijtimoiy qonunlarni hayotga tatbiq qilishga bevosita bog‘liq bo‘lgan bir paytda, 
yangi dunyoda ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos tushunchalari joriy qilinmoqda. 
Hozirgi iqtisodiy ko‘rsatgichlarning muayyan miqdori emas, insonga ijodiy 
qobilyatini to‘la namoyon etishga imkon beruvchi sharoit yaratilganligi hal 
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bu o‘rinda ta‘limning o‘rni aniq. Shuning 
uchun to‘laqonli ta‘limga ijtimoiy talab kuchaydi. Bu muammoga jamoatchilik 
tomonidan yanada ko‘proq ijtimoiy qiziqish bildirilmoqda. O‘tgan davrda aksariyat 
davlatlarda, hatto eng rivojlangan mamlakatlarda ham ta‘lim muammolari dolzarb 
masala hisoblanmagan. Eng kichik zaruriy materiallar bilan ta‘minlash vazifasi 
ham ko‘pincha ortga surilgan. Hozir esa rivojlangan mamlakatlarning salmoqli 
qatlami uchun boshqacha turmush tarzi xarakterli bo‘lib, avvalgilardan yuqori 
iqtisodiy ko‘rsatgichlar va yuqori darajali ijtimoiy-madaniy yutuqlari bilan 
farqlanadi. Ular uchun og‘irlik markazi qorishib, ―postmaterial qadriyat‖ deb 
ataluvchi tomonga tegishli (mehnatning ijodiy xarakteri, to‘laqonli hordiq) 
dunyoviy omillar o‘z ahamiyatini to‘laqonligicha saqlab qolmoqda. 
Yoshlarning keng qatlami yaxshi ta‘lim olish ijtimoiy mavqega erishish 
yo‘lidagi zaruriy shart deb bildiradilar. Ta‘lim darajasi va maosh miqdori o‘rtasida 
sezilarli tafovut bo‘lmaydi. AQSHda o‘rta maktabni tugatgan ishchilar o‘zi bilan 
tengdosh bakalavrlardan 1,5-2 marta, doktor diplomiga ega odamlardan esa 3 
marta kam maosh oladi. Shunga yaqin proporsiya Yevropa mamlakatlarida ham 
kuzatiladi. Ta‘lim pog‘anisidan yuqoriga qo‘yilgan har bir odam muayyan tarzda 
rag‘batlantiriladi. Bilimlarga ijtimoiy ehtiyoj o‘rta ma‘lumotli ishchilar maoshi 
nisbatan kamayib boradi. Oliy ma‘lumotli xodimlar maoshi nisbatan ham, mutloq 
ham oshib boradi. Iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilishda moddiy 
rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
So‘ngi yillarda ilmiy mehnatning ijtimoiy maqomi devalvatsiyasi boshqa 
hech bir mamlakatda hech qachon kuzatilmagan. AQSH, Yaponiya va Buyuk 
Britaniyada ilmiy xodimlar maoshi xalq xo‘jaligi xodimiga nisbatan ikki marta 
yuqori, Rossiyada esa ularning maoshi sanoat xodimiga nisbatan ikki marta kam. 
Bu so‘zsiz, fanda inqirozli holatni hosil qilmoqda. ―Axir, nega inqiroz bo‘lmasin, - 
deb yozadi taniqli rus iqtisodchisi, akademik N.P.Fedorenko, - bozor islohoti deb 
atalgan davrda moliyalashtirishning o‘zi 15 marta kamaygan bo‘lsa? Axir nega 
inqiroz demaylik, agar dunyoga mashhur olim maoshi iste‘mol saytidan 3-4 marta, 
moskvalik eshikbon maoshidan ikki marta kam bo‘lsa.‖ Bu yangi ―akademiya‖ lar 
va soxta ―akademik‖lar paydo bo‘lishini ham keltirib chiqaradi.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda oliy ta‘lim darajasi ishsizlikning oldini 
olish kafolati sifatida ko‘riladi. Bandlikning ortishi nisbatan oliy ma‘lumotli 
shaxslar hisobiga bo‘ladi. Aynan ular uchun yangi ishchi o‘rni belgilanadi. To‘g‘ri, 
mehnat bozoridagi konyunktura ayrim mamlakatlarda ishsizlarning muayyan 
qismini diplomli mutaxassislar ham tashkil qilishni ko‘rsatadi. Biroq ishsizlikning 
dastlabki qurbonlari minimal bilim darajasiga ega ishchilar bo‘lib qolaveradi. 
Ularning orasida esa yoshlar katta yoshlilarga nisbatan 2-3 marta ko‘pchilikni 


135 
tashkil qiladi. Tabiiyki, zaruriy ta‘lim malakasini olish imkoniyati masalasi mehnat 
qilayotgan yosh avlodni hayotga qiziqishini orttiradi. 
Aholining imtiyozli guruhiga mansub yoshlar orasida turli jamiyatlarning 
yangi usullari tashkil topishida ta‘limning ahamiyati ortadi. O‘tmishda G‘arbning 
serg‘ayrat va tadbirkor odamlari past bilim darajasi bilan ham ijtimoiy 
pillapoyaning eng yuqori pog‘onasiga chiqishga muvaffaq bo‘lganlar. Endilikda 
moliyaviy - iqtisodiy va siyosiy kiborlar tarkibiga kirishda obro‘li universitet 
diplomi bo‘lishi muhim shartga aylandi. 
Rivojlangan mamlakatlarda ta‘lim muammosi borgan sari yangi qirralarini 
namoyon qilib, ijtimoiy strategiyaning muhim jihatiga aylanmoqda. Albatta, 
ta‘limning ijtimoiy ahamiyatga ega muammolari avvalgidek hozir ham muayyan 
siyosiy va g‘oyaviy qarashlarda muqarrar bayon qilinadi. Mavjud ziddiyatlar bilan 
bir qatorda keyingi o‘n yilliklarda asosiy ijtimoiy guruhlarda turli muammolar 
bo‘lishi muayyan kelishuvga intilish kuzatilmoqda. Bunga ta‘lim taraqqiyoti 
istiqboli ham bevosita aloqador. Shimoliy mamlakatlarning aksariyati qadrlovchi 
ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishga past darajadagi kasbiy va umummadaniy 
bilimga ega aholi qismi, asosan yoshlar real xavf tug‘dirishi mumkin. 
Ko‘pchilik 
barqarorlikning 
asosiy 
dushmani 
deb 
savodsizlik, 
madaniyatsizlik o‘z vaqtiga zaruriy bilim ololmagan odamlardagi alamzadalik deb 
hisoblaydi. Ta‘lim tizimidagi kamchiliklar mamlakatning xalqaro maydondagi 
raqobatbardoshligiga putur etkazadi. Bu xususan, AQSH uchun xarakterli. 
AQSHda hukumat shunday yondashuv asosida ta‘lim taraqqiyoti vazifalarini 
o‘rganadi.
Xalqaro ta‘lim makonida Janub, ya‘ni Osiyoning rivojlanayotgan
mamlakatlari, Lotin amerikasi va Afrika mamlakatlari o‘ziga xos o‘ringa ega. 
Ularning yaxlit holda ko‘rib chiqish mumkin emas. Bu mamlakatlarning turli 
guruhlari taraqqiyotning ko‘plab ko‘rsatgichlarga ko‘ra farqli xususiyatga ega. 
Yangi industrial deyiluvchi Janubiy-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasi 
mamlakatlari texnik-iqtisodiy munosabatlarda jadal su‘ratda Shimol o‘rtasidagi 
farqni qisqartirmoqda. U yerlarda foydali qazilma qazib olish tezlashdi. Qayta 
ishlash sanoatining yangi jabhalari rivojlanmoqda. Ilmiy ishlab chiqarishni 
kuchaytirish muhim shartga aylandi. Aynan shu yo‘l bilan bu mamlakatlar 
globallashuv jarayoniga passiv obyekt sifatida emas, balki xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarning faol subyekti sifatida qo‘shilishiga imkoniyat yaratildi. 
Zamonaviy sanoatga arzon, savodsiz, malakasiz ishchi kuchi to‘g‘ri kelmaydi. 
Unga murakkab va qimmatbaho uskunalar bilan muomala qila oladigan o‘qimishli 
ishchi - xodimlar kerak. Xalqaro standartga ko‘ra, bunday ishchilarning turmush 
darajasi pastligicha qolmoqda, ammo Janub aholisining qashshoq qatlamidan 
sezilarli farqlanadi. Zamonaviy ishlab chiqarish ta‘limning salmoqli rivojlanishi va 
malakali kadrlar tayyorlashga e‘tibbor berishni talab qiladi.
Ta‘limning ulkan iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatini Janubiy Koreya 
misolida ko‘rish mumkin. U bir necha o‘n yillar avval qoloq agrar mamlakat edi. 
1960 yilda aholi jon boshiga yillik YaIM 80$ ni tashkil qilib, bu XIX asr 
o‘rtalaridagi Yaponiya ko‘rsatkichiga teng edi. 


136 
Lekin buhungi kunda tabiiy resurslarga unchalik boy bo‘lmagan, uzoq vaqt 
Yaponiya mustamlakasi bo‘lgan, keyin esa, 1950-53 yildagi fuqarolar urushidan 
kuchli aziyat chekkan Janubiy Koreya rivojlangan industrial davlatga aylandi. 
O‘zining iqtisodiy salohiyatiga ko‘ra ―katta yettilik‖ mamlakatlari darajasiga 
ko‘tarilib oldi. Bu olg‘a siljishlar ko‘p jihatdan ta‘limning jadal rivojlanishi bilan 
bog‘liq. Yapon mustamlakasidan ozod bo‘lgandan ko‘p o‘tmay, xalq ta‘limi milliy 
qonunchiligi asoslari yaratildi. Maorifni rivojlantirish masalalari 1948 yilgi 
Konstitutsiyada o‘z aksini topdi. 1949 yilda ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi asosiy Qonun 
qabul qilindi. 1952 yilda bepul majburiy boshlang‘ich ta‘lim, 1958 yilda ―Kasbiy 
ta‘limni rivojlantirish to‘g‘risida‖ qonun, 1980 yilda ―Ta‘lim islohoti to‘g‘risida‖ 
qonun qabul qilindi. 1994 yilda ta‘limni kelgusi rivojlanishi yo‘llarini ishlab 
chiqarish uchun Prezident komissiyasi tuzildi. Hukumatning ta‘lim muammosiga 
doimiy e‘tibori, yirik moliyaviy sarmoyalar kiritilishi ajoyib natijalarga olib keldi. 
Qisqa muddatda savodsizlikka barham berilib, o‘rta ta‘lim ommaviy tus oldi. 
O‘rta-maxsus ta‘lim beruvchi o‘quv muassasalari ko‘paydi. 1990 yillar 
oxiriga kelib universitetlarda milliondan ziyod talabalar tahsil ola boshladi. Aholi 
bilim darajasining sezilarli o‘sishi, malakali kadrlar ko‘payishi eksportbop 
maxsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan sanoat rivojlanishiga imkon yaratdi. 
Ilmiy ishlab chiqarish parklari tashkil qilinib, u yerda sanoat firmalari, tadqiqot 
instittutlari, universitet va kollejlar hamkorligi amalga oshirildi. Janubiy Koreya 
misolida boshqa qiziqarli jihat ham mavjud. Fan - texnikaning xorijiy yutuqlari 
diqqat bilan o‘rganildi. Tashqi iqtisodiy aloqalar keng rivojlandi. Minglab Koreys 
talabalari AQSH, Yaponiya kabi xorijiy mamlakatlarda tahsil olmoqda.
Lekin Janubiy Koreya‘ning o‘zida ta‘lim va madaniyat sohasida tashqi 
ta‘sir qat‘iy chegaralangan. Masalan, mamlakatning o‘quv muassalarida Koreys 
millatiga mansub bo‘lmagan shaxslarga faqat xorijiy tillardan saboq berishga 
ruxsat etilgan. Ular hatto xususiy universitetda ham shtatli professor - o‘qituvchi 
lavozimini egallay olmaydi. Ular uchun faqatgina ―mehmon - professor‖ maqomini 
olish 
mumkin. Tashqi dunyo bilan munosabatda bunday hushyorlikni 
koreyslarning asrlar davomida xitoy, mo‘g‘il, yapon kabi millatlar zug‘umi ostida 
yashaganligi bilan izohlash mumkin. Bu tarixiy xotira hali ham tirik. 
Janubga Lotin Amerikasi ham mansub hisoblanadi. Ma‘lumki, bu nom 
roman tillarining umumiy negizini bildiradi. Bu tillarda mintaqaning ko‘pchilik 
aholisi so‘zlashadi. 1990 yillar boshida 220 mln. kishi ispan tilida, 120 mln.-
portugal tilida, bir necha million kishi fransuz tilida so‘zlashar edi. Shuningdek, bu 
mintaqaga Vest-Indiyaning inglizzabon mamlakatlari ham mansub hisoblanadi. 
BMT va YUNESKO ning rasmiy hujjatlarida bu mintaqa shunday ataladi: Lotin 
Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlari. Ularning etnik tarkibi juda murakkab: 
Argentina va Urugvay aholisining mutlaq ko‘pchiligi toza yevropa ildiziga ega. 
Braziliya etnosi oqlar, negrlar va hindulardan; gandi va yamayka negrlaridan kelib 
chiqqan. 
Qit‘aning ancha rivojlangan mamlakatlari – Meksika, Argentina, Braziliya, 
Urugvay keyingi o‘n yilliklarda iqtisodiyotda sezilarli muvaffaqiyatga erishdi. Bu 
yerlarda industuriallashtirish amalga oshirilib, raqobatbardosh sanoat mahsulotlari 
ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ta‘lim sohasida ham olg‘a siljishlar kuzatilmoqda. 


137 
Maorifga jalb etilgan YaMI ulushi kengaydi, bolalarni majburiy ta‘lim bilan 
qamrab olish kuchaydi. O‘rta maktab va o‘rta-maxsus bilim yurtlari soni ko‘paydi. 
Eng yaxshi universitetlar – Meksika Milliy universiteti, Buenos-Ayres universiteti, 
Chili universiteti xalqaro maqomga erishdi. 
Bu mamlakatlarda ta‘lim to‘g‘risida istiqbolli qonunlar qabul qilingan. 
1993 yilda Argentina Milliy Kongresi ta‘lim to‘g‘risida Federal qonunni tasdiqladi. 
Uning shiori – ―Sifatli ta‘lim hammaga va har birimizga‖. Qonunda 9 yillik 
majburiy ta‘lim joriy etilib, 15-18 yoshli bolalar uchun katta o‘rta maktab 
yaratishni maqsad qilib qo‘yildi. Shu yili Meksikada ta‘lim to‘g‘risida umumiy 
qonun, Braziliyada esa o‘n yillik dastur (1993-2003) - ―bilim - ommaga‖ qabul 
qilindi. 1996 yili Braziliyada qabul qilingan. ―Milliy ta‘lim asoslari va asosiy 
yo‘nalishlari to‘g‘risida‖gi qonun ta‘lim maqsadi, uni tashkil qilish tamoillari, 
davlat majburiyatlari va moliyalashtirish tartibiga oid masalalarni hal qilishga 
qaratildi. 
Janubiy mamlakatlar ichida Lotin Amerikasi davlatlari birinchilardan 
bo‘lib, ta‘lim integratsiyasi yo‘liga o‘tdi. 
1980 yillar boshida YUNESKO ning Lotin Amerikasi va Karib havzasi 
mamlakatlari uchun ―2000 yilgacha ta‘lim bo‘yicha asosiy loyiha‖si amalga 
oshirildi. 1993 yili Lotin Amerikasi davlatlarining maorif vazirlari ishtirokida 
bo‘lib, o‘tgan majlisda ―Santyago Deklaratsiyasi‖ qabul qilindi. Chilida qabul 
qilingan bu deklaratsiyada mintaqaviy hamkorlik va pedagogik tajriba almashishni 
kengaytirish ko‘zda tutilgan. 1994 yilda AQSH, Kanada, va Meksika o‘rtasida 
ta‘lim sohasida hamkorlikka oid uch tomonlama shartnoma tuzildi. Shu yili 31 
Lotin Amerika davlati va AQSH, Bogotada bolalar va o‘smirlar ijtimoiy 
himoyasiga oid shartnomani imzoladilar. Bu shartnomada maktabgacha tarbiya va 
boshlang‘ich ta‘limga katta e‘tibor qaratildi. Oliy ta‘lim sohasida qilingan ishlar 
yanada e‘tiborli. Markaziy Amerikaning olti davlati uchun oliy ta‘lim islohoti 
rejasini tayyorlovchi Markaziy Amerika Universitetlari kengashi faoliyat olib 
bormoqda. 1990 yillar boshidan ―Kolumbus‖ dasturini amalga oshirib kelinmoqda. 
Bu dasturda 40 ta Lotin Amerikasi va 20 ta Yevropa universiteti qatnashmoqda. 
Dastur doirasida Lotin Amerika universitetlari rahbarlari oliy ta‘lim ilmiy 
tadqiqotlarining Yevropa tajribasi bilan tanishib, universitet va sanoat firmalari 
bilan hamkorlik qiladilar. Biroq Lotin Amerikasini eng rivojlangan mamlakatlari 
ham samarali zamonaviy oliy ta‘lim tizimi yaratish arafasida turibdi. Bu yo‘lda 
hali katta mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tish kerak. 
Keskin ijtimoiy farq Lotin Amerikasi ta‘lim sohasiga ham ta‘sir 
ko‘rsatmoqda. Sifatli universitet oliy ta‘limi va past sifatli umumiy ta‘lim o‘rtasida 
katta farq saqlanib qolgan. Oliy ta‘limni ulkan darajada moliyalashtirish umumiy 
maktablarga ziyon keltirmoqda. Lotin Amerikasi davlatlarida ijtimoiy sohada 
mutaxassislar tayyorlashga urg‘u beriladi. Bu sohalar milliy sanoatning dolzarb 
talablari bilan uncha bog‘liq emas. Iqtisodiy o‘sish va ta‘lim sohasida rivojlanishda 
keskin farqlanish Braziliya misolida yaqqol ko‘rinadi. YaIM hajmi bo‘yicha 
Braziliya jahonda 8 - o‘rinda turadi. Ammo aholi savodsizligi hamon saqlanib 
turibdi.


138 
Janub mamlakatlari ta‘lim taraqqiyotini til muammolari ham ancha 
murakkablashtiradi. Mustamlaka davrida boshlang‘ich maktabda mahalliy tilda 
dars o‘tilib, o‘rta maktabda ta‘lim metropoliya (Mustamlakachi) tilida joriy 
qilingan. Hozir bu ikki maktab ta‘limi ham mahalliy tilda olib borilmoqda. 
Efiopiyada majburiy tartibda – axmar tili, Tanziniyada – suaxili Bangladeshda 
banglu tili o‘rganiladi. Ona tilida o‘qishga o‘tish maktab va hayot o‘rtasidagi 
farqlarni yo‘qotuvchi milliy madaniyat shakllanishiga yordam beradi. Lekin bu 
murakkab va ziddiyatli jarayondir. Misol uchun Hindistonni olsak, bu mamlakat 
ko‘p millatli hisoblanadi. U yerda yashovchi aholi yuzlab til va shevalarda 
so‘zlashadi. Hindiston mustaqil bo‘lgunga qadar o‘rta maktablarda ingliz tili 
hukmron bo‘lgan. Mustaqil Hindiston konstitutsiyasida esa hind tili davlat tili deb 
e‘lon qilindi. Ingliz tili esa ikkinchi rasmiy til maqomiga ega. Hindiy va ingliz 
tilidan tashqari yana 14 til (assam, bengal, sanskrit kabi) rasmiy maqomga ega.
O‘rta maktab o‘qituvchilari majburiy ravishda uch tilni bilishi talab 
qilinadi: 1. Mintaqaning rasmiy tili; 2. Hindu yoki ingliz; 3. Boshqa hind tili yoki 
xorijiy til. Bu maktab o‘qituvchilari uchun katta qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. 
Shu bilan birga, ayrim shaharlarda majburiy o‘quv dasturiga kiritilgan hindiy tili 
mahalliy aholi qarshiligiga duch keladi. Zamonaviy iqtisodiyotni yaratish, ijtimoiy 
va madaniy sohalarni rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar zarur. Aynan shu 
jihatga ko‘ra Shimol va Janub o‘rtasidagi nisbat juda katta. Tadqqiqot va tajriba 
ishlab chiqarishda ilmiy xodim va muhandislar soni rivojlangan mamlakatlarda 
nisbatan o‘n martacha ko‘p. Vaziyatning murakkab tus olishi XX asrning 1970-80 
yillarida qator rivojlanayotgan davlatlarda tezkor iqtisodiy o‘sish garovi sifatida 
o‘rta va oliy ta‘lim rivojiga e‘tibor qaratildi. Lekin bu miqdoriy o‘sish sur‘ati shu 
ixtisoslik talab qiluvchi ish faoliyati kengayishidan ancha ortib ketdi. Natijada 
ko‘plab bitiruvchi yoshlar ishsiz bo‘lib qoldi yoki ixtisoslashmagan mehnat bilan 
mashg‘ul bo‘ldi. Vaholanki, Janubning ko‘plab mamlakatlarida iqtisodiy - ijtimoiy 
taraqqiyot darajasi ixtisoslashgan mehnat keng qo‘llanishini rag‘batlantirmaydi. 
Ularning kelajagi esa aynan shu omillarga va ta‘lim rivojlanishiga bog‘liq. 21 asr
ta‘lim taraqqiyoti ulkan olg‘a siljishlarni yuzaga keltirdi. Ular avvalo o‘quvchilar 
va pedagog kadrlar soni ortishida aks etdi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin