Maorif – Ta‘lim sohasidagi ming yillik madaniyatimiz hazinalarini
jamlagan eski yozuvni o‘rganish ham didaktik ta‘lim
mazmunidagi yangilikdir
Mafkura - (arabcha ―mafkura‖- nuqtai nazarlar va e‘tiqodlar tizimi,
majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy,
diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar
majmui.
Mahorat - Turli malakalardan ishonchli, ijodiy ravishda foydalanish
hamda kasbiy malakalar rivojlanishining yuqori darajasi va
kasbiy ta‘limning mutloq maqsadidir. Mahorat – bu
murakkab ishni tez, aniq bajarishning engilligi, mehnatning
yuqori sifati va barqaror ritmi uchun kafolat beruvchi
ishonchlilikdir.
Millat - (arabcha ―millat‖- xalq) – kishilarning yagona tilda
so‘zlashishi, yahlit hududda istiqomat qilishi, mushtarak
iqtisodiy hayot kechirishi, umumiy madaniyat va ruhiyatga
ega bo‘lishi asosida tarihan tashkil topgan barqaror birligi.
Milliy an’analar - Millat hayotining turli sohalarida namoyon bo‘ladigan
tushunchalar, belgilar, hususiyatlar, faoliyat turlari, odatlar
va hislatlarning avloddan-avlodga o‘tish hamda meros bo‘lib
qolish tarzi.
Milliylik - Tarixan tashkil topgan barqaror ijtimoiy-etnik birliklarni,
ya‘ni millatlar va elatlarni boshqa barqaror ijtimoiy
birliklardan,
masalan,
ijtimoiy
guruhlardan
farqlovchi
tomonlar, hususiyatlar, ma‘naviy, ruhiy va madaniy qirralar
hamda tafovutlar majmui.
Milliy manfaatlar - Millatga, milliy davlatga moddiy, ma‘naviy, ruhiy va
jismoniy foyda, naf keltiruvchi omillar.
Milliy ong - Bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarihiy
etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish
usuli, diniy e‘tiqodlari, madaniyati, boshqa halqlarning
bevosita ta‘siri tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy,
siyosiy-ijtimoiy va madaniy-ma‘naviy sohalarda faollik
darajasi.