G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Koreya va Xitoyda ta’lim-tarbiya jarayoni xususiyatlari



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/109
tarix19.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#117982
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   109
@pp kitoblar qiyosiy ped

5.2. Koreya va Xitoyda ta’lim-tarbiya jarayoni xususiyatlari 
 
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi.


100 
Poytaxti – Seul shahri. Hududi: 99 392 км², dunyo bo‘yicha 107-o‘rinda turadi. 
Aholisi – 50mln. (dunyo bo‘yicha 25-o‘rinda). Hukumat shakli: Prezident 
Respublika. Prezidenti: Li Myon Bak. Milliy tili – Koreys tili. Pul birligi – Von. 
Shiori ―Insoniyatga foyda keltirish‖ 
Ma‘lumki Koreya 1910 yildan to 1945 - yilgacha yapon mustamlakasi 
hisoblangan. Koreyani yoppasiga savodsizga aylantirish siyosati natijasi o'laroq, 
1944 yilgi Koreya Umumiy Arxiv qo'mitasi ma'lumotlariga qaraganda o'sha paytda 
Koreyaning savodxonlik darajasi bor-yo'g'i 13,8%ni tashkil etgan. 1945 yili 
Ikkinchi Jahon urushi bilan birga Koreyadagi Yaponiya mustamlakachiligi ham 
tugadi. Endilikda, Koreada tabiiyki boshqa sohalar qatori ta'lim tizimini 
o'zgartirish vazifasi turardi. Eng avvalo, "Ta'limni rivojlantirish qo'mitasi" tashkil 
etildi va qo'mita oldiga darsliklar yaratish majburiyati qo'yildi. Ta'lim tizimi tadqiq 
etilishi davom ettirilib, axloq, etika, texnikaga oid fanlar kiritildi. 1963 yildan 
boshlab esa, ta'lim tizimida tabiiy va ijtimoiy fanlarga e'tibor kuchaydi. 1981 yili 
Prezident Chon Du Xvan mamlakatda shaxsiy ta'lim berish va xususiy ta'lim 
maskanlari faoliyatini qonunan ta'qiqlab qo'ydi. Ammo maktabda mustaqil 
shug'ullanish uchun imkoniyat yaratib berdi. 1992 yilga kelib esa, boshlang'ich 
maktablar faoliyati yanada rivojlanishi uchun hukumat tomonidan bir qancha 
imtiyozlar berildi. Koreya ta‘lim tizimining umumiy tuzulishi (2- chizma): 
Bosqichlar
Ta’limning davomiyligi 
Majburiyligi  
Boshlang’ich maktab  
6 yil  
Ha 
O’rta maktab 
  
3 yil  
Ha 
Yuqori maktab  
3 yil  
Yo’q 
Kollej  
2 yil  
Yo’q 
Universitet  
4 yil  
Yo’q 
1- jadval. Koreya ta‘lim tizimining umumiy tuzulishi. 
Koreyaning zamonaviy ta‘lim tizimi rasman Yaponiya mustamlakasidan 
ozod bo‘lgan 1945 – yildan boshlangan. Ammo kengroq qaraydigan bo‘lsak, 
koreyslarda ta‘lim tizimi 1894 yilgi islohotlardan keyin yuzaga kelgan‘ deyish 
mumkin. 1881 yili Koreyadagi Choson hukumati mamlakat xavfsizligini 
kuchaytirish maqsadida maxsus armiya tuzadi va g‘arbliklar harbiy san‘atdan dars 
bera boshlaydilar.
Bu o‘z navbatida chet tili va boshqa fanlar ta‘limini yuzaga kelishini 
ta‘minladi. Garchi 1882 – yili maxsus qo‘shin uchun darslar to‘xtab qolgan bo‘lsa– 
da, bir qancha amaliy fanlar darsi davom etaverdi. Bu davrda asta – sekinlik bilan 
Gvangxevon, Bejexakdan, Ixvaxakdan kabi shaxsiy ta‘lim muassasalari ham 
vujudga kela boshladi va keyinchalik universitetlar uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
1894 – yili shaxsiy bilim maskanlari birlashtirilib, mamlakat ta‘lim tizimini 
boshqaruvhci institut tashkil etildi. Shu bilan birga 1895 – yildan boshlang‘ich 
maktablar va maktab uchun kadrlar tayyorlaydigan pedagogika maktablari tuzildi. 
Bundan tashqari bir qancha xususiy maktablar ochilib, 1900 – yilda ular 


101 
faoliyatini tartibga solib turadiagn ―Xususiy maktablar to‘g‘risidagi qonun‖ qabul 
qilindi. 1910 – yili Koreya va Yaponiya o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq 
Koreya Yaponiyaning rasman mustamlakasiga aylantirildi. Natijada bu mamlakat 
ta‘lim tizimiga ham katta ta‘sir ko‘rsatdi. Yapon mustamlakachilari Koreyaning 
ta‘lim tizimini keskin o‘zgartirish yo‘lidan bordi va xususiy maktablar faoliyati 
cheklab qo‘yildi. Bu davrda 1911 – yil 23 – avgustda qabul qilingan ―1 – Choson 
ta‘lim buyrug‘i‖ amal qildi.
Unga ko‘ra, koreys va yapon fuqarolarining farqli ta‘lim siyosati olib borildi. 
Ya‘ni mahalliy xalq faqat 4 yil mobaynida boshlang‘ich ta‘lim olar, o‘rta va oliy 
ta‘lim berilmas edi. Bu yapon mustamlakachiligining uzoq o‘ylangan rejalari 
qatoriga kirardi. Ammo 1919 – yili boshlangan norozilik harakatlari oqibatida 
Yaponiya hukumati biroz yon berishga majbur bo‘ldi va buyruqqa o‘zgartirish 
kiritib, boshlang‘ich ta‘lim 4 yildan 6 yilga uzaytirlidi. 1922 – yil 4 – fevralda ―2 – 
Choson ta‘im buyrug‘i‖ qabul qilindi. Bu buyruqqa ko‘ra, ta‘lim muddatlari 
uzaytirildi. Ya‘ni, oddiy maktablarda ta‘lim 6 yil, ayollar maktablarida esa 5 yil 
etib belgilandi. Shuningdek, asta – sekinlik bilan universitetlar ham paydo bo‘la 
boshladi. Jumladan, 1924 – yili Kyongson Davlat Universiteti ochildi. Shu yili 
Xitoy – Yaponiya urushi boshlanishi munosabati bilan mustamlaka Koreyada 
nazorat yanada kuchaytirildi. 
Oddiy maktablar va boshlang‘ich maktablar, yuqori va o‘rta maktablar 
birlashtirildi. Koreys tili fanlari kamaytirilib, imperiya xalq demokratiyasi fani 
kiritildi. 1943 – yil 3 – avgustda ―4 –Choson ta‘lim buyrug‘i imzolandi va yapon 
mustamlakachiligining ta‘lim sohasidagi zo‘ravonligi kuchaydi. Jumladan, o‘rta va 
yuqori maktablarda ta‘lim 4 yilgacha kamaytirilib, koreys tili fani dasturdan olib 
tashlandi. Uning o‘rniga yapon tili darslari kiritildi. Koreyani yoppasiga 
savodsizga aylantirish siyosati natijasi o‘laroq, 1944 – yilgi Koreya Umumiy Arxiv 
qo‘mitasi ma‘lumotlariga qaraganda o‘sha paytda Koreyaning savodxonlik darajasi 
bor – yog‘i 13,8%ni tashkil etgan. 1945 – yili Ikkinchi Jahon urushi bilan birga 
Koreyadagi Yaponiya mustamlakachiligi ham tugadi. Endilikda Koreyada tabiiyki 
boshqa sohalar qatori ta‘lim tizimini o‘zgartirish vazifasi turardi. Eng avvalo 
―Ta‘limni rivojlantirish qo‘mitasi‖ tashkil etildi va qo‘mita oldiga darsliklar 
yaratish majburiyati qo‘yildi. Ta‘lim tizimi tadbiq etilishi davom ettirilib, axloq, 
etika, texnikaga oid fanlar kiritildi. 1963 – yillardan boshlab esa ta‘lim tizimida 
tabiiy va ijtimoiy fanlarga e‘tibor kuchaydi. 1981 – yili Prezident Chon Du Xvan 
mamlakatda shaxsiy ta‘lim berish va xususiy ta‘lim maskanlari faoliyatini qonunan 
ta‘qiqlab qo‘ydi. Lekin maktabda mustaqil shug‘ullanish uchun imkoniyatlar 
yaratib berdi. 1992 – yilga kelib esa boshlang‘ich maktablar faoliyati yanada 
rivojlanishi uchun hukumat tomonidan bir qancha imtiyozlar yaratildi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin