123
9.1.Jahon mamlakatlarida pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyoj va ularni
tayyorlash masalalari
Boshqa ko‘plab kasblar kabi o‘qituvchilik kasbi tayyorgarligi dastlabki
pedagogik ta‘lim olingandagina tugamaydi. O‘qituvchilarga
doimiy yangilanib
turuvchi talablar qo‘yiladi. Professional o‘qituvchi bu yangilanishlarga tabiiy
ravishda o‘z kasbiy darajasini doimiy oshirib borish bilan erishishi lozim.
O‘qituvchilarni tayyorlash uzluksiz jarayon sifatida ishga kirgunicha,
ishga
kirayotgan vaqti va ishlayotgan davri bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
O’qituvchilarni dastlabki tayyorlash
Yevropa Ittifoqining aksariyat davlatlarida (Daniya, Finlandiya, Fransiya,
Germaniya,
Gretsiya,
Irlandiya,
Ispaniya,
Shvetsiya,
Buyuk
Britaniya)
boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘qituvchilarining dastlabki tayyorgarligi oliy o‘quv
yurtlarida kechadi. O‘rta maktabning boshlang‘ich sinflarida
dars berish uchun
o‘qituvchilar oliy ma‘lumotli bo‘lishi kerak (Avstriya), Belgiya, Gollandiya
bundan istisno.
O‘qituvchilarning kasbiy va amaliy tayyorgarligi asosiy kurs bilan bir vaqtda
(baravar usul)
yoki asosiy kursdan keyingi, masalan, aspirantura darajasida (izchil
usul) olib boriladi. Baravar usul bo‘yicha kirish talablariga to‘liq o‘rta ma‘lumot
to‘g‘risidagi attestat, ba‘zi hollarda oliy ma‘lumot olishga loyiqligi haqidagi
sertifikat talab qilinadi. Izchil usul bo‘yicha dastlabki oliy ma‘lumot (universitet
yoki undan boshqa) maxsus fan yo‘nalishini egallagan
talabalar muallimlikka
aspirantura yoki universitetdan tashqari kurslarda tayyorlanadi.
Baravar usul o‘qituvchilarining barcha ta‘lim va tayyorgarligi boshlang‘ich
maktablarda izchil usulda yo‘lga qo‘yiluvchi Fransiyadan boshqa barcha
davlatlarda keng tarqalgan. Angliyada har ikki usul ham amal qiladi, ammo maktab
o‘qituvchilarini tayyorlashning baravar usuli kengroq tarqalgan.
Shotlandiyada kasbiy ta‘limda lektorlar pedagog
darajasini egallashlari
mumkin. Bu majburiy bo‘lmasada, 85% lektorlar bu daraja sohibi bo‘ladilar.
Pedagoglar tayyorlashda lektorlar uchun albatta pedagog malakasi talab qilinadi.
Oliy ta‘limning boshqa sohalarida lektorlar odatda bunday malakaga ega emaslar.
Hozirgi kunda universitet xodimlari uchun ta‘lim kurslarida pedagogik metodlarga
tayaniladi.
Lektorlardan oliy ta‘limda ham, undan keyingi ta‘limda ham ta‘lim
usullarini doimiy yangilab borish talab qilinadi. Buning turli jihatlari izohlanadi.
Bir qancha davlatlarda lekttorlardan yaxshi natijaga erishish talabi qo‘yilgan
qoidalar mavjud. Shuningdek:
1. Talabalarning muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq moliyaviy pul ulushi
mavjud.
2. Talabalarga har bir predmet bo‘yicha so‘rovnomalarni to‘ldirishga
beriladi. Natijalar kursdagi barcha lektorlarni jamlovchi kurs qo‘mitasi
a‘zolari,
talabalar vakillari, ishlab chiqarish va mahalliy jamiyatlar
vakillari huzurida e‘lon qilinadi.
124
3. Ta‘lim sifatini tekshirishni amalga oshiruvchi inspektor va boshqa
universitet xodimlari ishtirok etadi.
4. Talabalarni baholovchi professionallar guruhi tuziladi.
Yomon o‘qitish mazkur kursga juda kam talabalarni to‘plashga
sabab
bo‘ladi va bu o‘z navbatida kursning yopilishiga olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: