4.2 Davlat hokimiyati tizimining bo‘linish prinsipi va O‘zbekistonda parlament taraqqiyotining yangi bosqichi
Prezident Islom Karimovning "Parlament - jamiyat hayotining ko‘zgusi" nutqida ko‘tarilgan asosiy masalalar. 2005 yil 27 yanvarda O‘zR Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi birinchi yig‘ilishida Prezident Islom Karimov "Parlament - jamiyat hayotining ko‘zgusi" mavzusida nutq so‘zladi. Haqiqatan ham Prezidentimiz ta’kidlab o‘tganlaridek, parlamentga saylovlar jarayonida, xalqimiz o‘zining faolligi, siyosiy ongi va saviyasini yorqin namoyon etdi. Saylovlar oshkoralik, ochiqlik va qizg‘in kurashlarda o‘tdi, bu jarayon dunyo jamoatchigi tomonidan kuzatildi. Biz hech kimdan kam emasligimiz, demokratik davlat qurishda o‘z yo‘limiz borligi, o‘ziga xosligi ayon bo‘ldi. Doimo bosiq bo‘lib jim o‘tirish deputatlik faoliyatiga to‘g‘ri kelmaydi. Har bir deputat o‘z vakolati va mas’uliyatini teran his qilishi kerak. Deputat – bu mustaqil fikrli inson. U qaysi partiyaga mansub bo‘lmasin avvalo xalq oldida javob berishi kerak. SHu sabab xalq manfaatlari yo‘lida parlamentdagi g‘oyalar, yondashuvga qarashlar xilma-xil bo‘lgani yaxshi. Deputat zalda bo‘ladigan muhokama va munozaralar vaqtida 3 ta narsani esdan chiqarmasligini bayon etdi: Birinchidan, har qaysi deputat o‘zining qadr-qimmatini bilishi lozim. SHundagina u boshqalarni ham hurmat qiladi. Ikkinchidan, mehr-oqibatlilik bizning xalqimizga yarashadigan, xalqimizga xos bo‘lgan fazilat ekanini hech qachon esdan chiqarmasligi kerak. Uchinchidan, bobomiz Amir Temur aytganidek, qanday xalqning farzandimiz, degan savolni o‘zimizga berishimiz kerak. SHu bilan birga kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik, degan savolni ham hech qachon unutmaslik zarur.
Oliy Majlisning quyi palatasi– Qonunchilik palatasi rahbarlari yangi tartibda saylandi. Buning sababi shundaki, biz demokratik davlat barpo etayotganimiz, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirayotganligimizdadir. Biz demokratik qadriyatlarni o‘z hayotimizga joriy etishda salmoqli natijalarga erishdik.
Demokratik parlamentning asosiy shartlaridan biri ko‘ppartiyaviylik masalasidir. Demokratik jamiyatda ko‘ppartiyaviylik tizimi bo‘lishi kerak. Ko‘ppartiyaviylik, avvalo jamiyatimizda o‘z manfaat va qarashlaridan qat’iy nazar har qaysi ijtimoiy qatlam va guruhning maqsad va intilishlarini to‘liq aks ettirishi kerak. CHunki hayot bor ekan kimdir o‘z manfaatini amalga oshirishga harakat qiladi. Har qaysi partiya - xalqning ma’lum qatlami manfaatlarini ifodalovchi siyosiy kuch. Har bir inson o‘ziga xos bir olam. Ikkita inson bir-biriga o‘xshamaydi. Xuddi shuningdek, siyosiy partiyalar ham o‘z g‘oyasi, maqsadi va vazifalari bilan bir-biridan farq qilishi zarur. SHundagina jamiyatdagi xilma-xil qarash, manfaatlar aks etadi. Siyosiy partiyalarxalqni, mamlakatni, millatni maqsad yo‘lida birlashtirib turgan. SHu bois ular o‘z manfaatlarini himoya qilishda bir-biriga muxolifat bo‘lishi mumkin. YAgona Vatan haqida gap ketganda ular birlashishi kerak. Milliy istiqlol g‘oyasi shunday birlashtiruvchi kuchdir. Har qaysi partiyaning o‘z elektorati - uni qo‘llab-quvvatlaydigan ijtimoiy qatlam bo‘lishi lozim. SHunday bo‘lmasa bu partiya haqiqiy siyosiy kuch bo‘la olmaydi. Parlament saylovlari jarayonida siyosiy partiyalar shakllandi. Saylovchilar endi duch kelgan odamga emas, o‘z dastur va g‘oyalarini yoqtirgan partiyaga ovoz beradi. Bizda mintaqaviy partiyalar yo‘q va bo‘lmaydi ham, chunki mamlakat bo‘linib ketishi mumkin bo‘ladi. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, har qaysi partiya umummilliy partiya sifatida faoliyat yuritishi, Markazda qolib ketmasligi kerak. Saylov – demokratiya degani, Demokratiya – bu saylov degani. Har qaysi partiya saylov orqali o‘z tarafdorlarini aniqlaydi. Bo‘lib o‘tgan saylovlarda O‘zLiberal-demokratik partiya g‘alaba (34,2 foiz) qildi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, 2007 yil 11 aprelda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu qonun 8 moddadan iborat (“Xalq so‘zi”, 2007 yil 12 aprel).