2. Yozuvchi asarlarining g`oyaviy – badiiy talqini.
3. Adib qissalarida bolalar obrazi.
O’zbek adabiyoti, qolaversa, o‘zbek bolalar va o‘smirlar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Hakim Nazirdir. U 1915 yilda Toshkentda kosib oilasida dunyoga keldi. Bolaligidanoq ota kasbi - kosibchilikdan ish boshladi, oyoq kiyim fabrikasida ishlab, kechqurunlari o‘qidi. 1936-1941 yillarda esa kunduzi ishlab, Toshkent kechki pedagogika ipstitutida tahsil oldi.
Shu yillardan boshlab, u jumhuriyat bolalar matbuotida, radioda ishladi. Uning ijodi 30-yillardan boshlangan bo‘lib. dastavval lavhalar, reportaj va xabarlar bilan «Lenin uchquni» ro‘znomasida paydo bo‘ldi. Yozuvchining birinchi hikoyalar to‘plami 1948 yilda “Qishloqdagi jiyanlarim” nomi bilan chop etildi.
Shundan so‘ng, ketma-ket adibning «Pionerlar bog’i» (1950), “Besh baho” (1955), «Cho‘l havosi» (1958), «Meni taniysizmi?» (1963), «Bolajonlarim» (1964) singari hikoyalar to‘plamlari va «Chiranma g’oz» kabi sahna asarlari yaratildi.

Mazkur asarlarda yozuvchi bolalar va o‘smirlarga xos beg’ubor qalb harorati va tuyg’ularini ardoqlashga intildi, ularni mehnatsevar, el-yurt, vatan farzandlari bo‘lishga da’vatkorlik qildi. Uning 40 dan ortiq kitoblarida yoshlik tashvishlari, orzu-intilishlari o‘z ifodasini topdi.

Adibsning «Yonar daryo» (1966), «Ali va Sher» (1971) kabi qissa va hikoyalarida, shuningdek, “Lochin qanotlari” (1973) kabi romanlarida ham yosh avlodning komil inson bo‘lib yetishuvi yo‘lidagi kurash va umidlar tashvishi va orzulari keng ifoda etildi.