Ganbol o’yinini kelib chiqishi va rivojlanishi reja


O’zbekistonda qo’l to’pi o’yinining rivojlanishi



Yüklə 56,37 Kb.
səhifə2/4
tarix15.04.2023
ölçüsü56,37 Kb.
#98599
1   2   3   4
GANBOL UYINI

O’zbekistonda qo’l to’pi o’yinining rivojlanishi

O’zbekiston Respublikasida qo’l to’pi bo’yicha birinchi chempionati 1938 yilda o’tkazilgan.


1960 yilgacha O’zbekistonda Toshkent Oliy Harbiy bilim yurtida talim oluvchi kursantlar orasida 11x11 qo’l to’pi musobaqalari o’tkazilgan.
Qo’l to’pi bo’yicha yoshlar o’rtasida sobiq Ittifoq bo’yicha musobaqalari 1960 yili Xarkov shahrida o’tkazildi va shundan so’ng sportning bu turi tez rivojlana boshladi.
1960 yilda O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida ilk bor qo’l to’pi mutaxassisligi bo’limi tashkil bo’lgan. 1960 yildan boshlab Toshkent shahar birinchiliklarida 16 — 20 jamoa qatnasha boshladi va O’zbekiston qo’l to’pi sportchilarining Sobiq Ittifoq musobaqalarida qatnasha boshlagan yili deb qayd etildi.
1962 yili Tbilisi va Sverdlov shaharlarida o’tkazilgan ikkinchi Sobiq Ittifoq chempionatida erkaklar o’rtasida O’zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, oliy ligaga yullanma olgan.
O’zbekiston terma jamoasi a’zolari F.Abduraxmonov, M.Jukov, B.Pikin, V.Ogirenko, M.Sirotenko, M.Magdullin, L.Oleynikov, N.Rahmatov, A.Pantasenko va L.Sodiqovlar O’zDJTI va Toshkent Irrigatsiya instituti jamoalari vakillari edi.
Sobiq Ittifoq chempionatlarida qo’l to’pi bo’yicha O’zbekiston terma jamoasiga V.Sevastyanov va V.Lemeshkovlar murabbiylik qilgan.
O’zbekiston qo’l to’pi o’yinchilari 1972—1973 yillarda yuqori natijalarga erishdilar. Ular Sobiq Ittifoqda oliy liga jamoalari o’rtasida o’tkazilgan chempionatida oltinchi o’rinni egalladilar. O’zDJTI jamoasi Butunittifoq talabalar o’rtasidagi musobaqalarda uch karra g’oliblikni qo’lga kiritgan.
O’zbekiston qizlar terma jamoasi 1975 va 1983 yillarda Sobiq Ittifoq xalqlari Spartakiadasida faxrli oltinchi o’rinni egalladi. 20 dan ortiq qizlarimiz sport ustasi talablarini bajarib, ushbu faxrli unvonga sazovor bo’lishdi. Shular jumlasidan o’zbek qizi Marg’uba Artiqboeva O’zbekistonda birinchi bo’lib shu unvonga ega bo’ldi.
Dastlabki yoshlar va o’smirlar sport maktablari Toshkent shahrida 60-yillarda ochildi va sobiq Ittifoq maktab o’quvchilari spartakiadalarida muntazam ishtirok etib, 1975 yili qizlar 3 o’ringa, o’smirlar esa 1979 yili 6 o’ringa sazovor bo’lishdi. Keyinchalik ushbu sport maktablarida shug’ullangan jahon va Olimpiya chempionlari Viktor Maxorin, Mixail Vasilev, yoshlar o’rtasida jahon chempionlari S.Zemlyanova va O.Zubareva, sobiq Ittifoq terma jamoasi tarkibiga qabul qilingan S.Orlov, V.Antonov, S.Kalmikov, G.Travkin, I.Axmadiev, B.Proxorovlar «Halqaro sport ustasi» unvoniga sazovor bo’lishdi.
Qo’l to’pi bo’yicha o’yinchilarni tayyorlashdagi faol mehnatlari uchun F.Abdurahmonov, V.Kaplinskiy, V.Ogirenko, E.Golovchenko, V.Konoplev, V.Izaaklar «O’zbekistonda hizmat ko’rsatgan murabbiy» unvoni bilan taqdirlandilar.
Mustaqil O’zbekistonda 1992 yili qo’l to’pi federatsiyasi tashkil etilib, 1993 yili Halqaro va Osiyo federatsiyalariga qabul qilindi.
1992 yildan boshlab O’zbekistonda erkaklar va ayollar o’rtasida chempionatlar o’tkazilib kelinmoqda.

Yüklə 56,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin