SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH
International scientific online conference
104
Gandbol o’yini qoidalariga keyingi kiritilgan o„zgartirishlar o’yinning atletik bo’lishiga olib
keldi. 1923- yilda to’p o’lchami qisqartirildi va o’yin qoidalariga 3 sekund va 3
qadam
bandlari kiritildi, bu, o’z navbatida, o’yin texnikasi va taktikasiga ta’sir ko’rsatib, o’yinning
tezkor bo’lishiga olib keldi. 1925-yilda Germaniya terma jamoasining Avstriya terma
jamoasi bilan birinchi xalqaro uchrashuvi bo’lib o’tdi. Germaniya terma jamoasi o’yinda 5:6
hisobida mag’lubiyatga uchradi. 1926-yilda gandbolning xalqaro sport bilan tan olinishi bir
qator mamlakatlarda o’yinni rivojlantirishga turtki berdi.
Ga ndbol musobaqalari o’tkazilgan. 1960-yili Xarkov shahrida yoshlar orasida
gandbol bo’yicha Butunittifoq musobaqalari o’tkazildi va shundan so’ng sportning bu turi
mamlakatda tez rivojlana boshladi. 1960-yilda O’zbekistonda gandbolni vujudga kelishi va
rivojlanish tarixi 1938-yilda Respublikamizda gandbol bo’yicha birinchi chempionat
o’tkazildi. 1960-yilgacha O’zbekistonda Toshkent Oliy Harbiy bilim yurtida ta’lim oluvchi
kursantlar orasida O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida ilk bor gandbol
mutaxassisligi bo’limi ochildi. 1960-yildan boshlab Toshkent shahar birinchiliklarida 16-20
jamoa qatnasha boshladi va Ozbekiston gandbolchilarining sobiq Ittifoq musobaqalarida
qatnasha boshlagan yili deb qayd etildi. 1962-yili Tbilisi va Sverdlov shaharlarida
o’tkazilgan ikkinchi sobiq Ittifoq chempionatida erkaklar orasida O’zbekiston terma jamoasi
muvaffaqiyatli ishtirok etib, oliy ligaga yo’llanma oldi.
O’yin texnikasi: Gandbol o’yinida to’p bilan va to’psiz usullar bajariladi. Qo’yilgan
maqsadga erishmoq uchun o’yinda qo’llaniladigan xilma-xil maxsus usullar yig’indisi
gandbol texnikasini tashkil etadi. Gandbol o’yin texnikasi maydon o’yinchisi va darvozabon
texnikasiga ajratiladi. Har qaysi bo’lim harakatlanish texnikasi va to’pni
boshqarish
texnikasi bo’limchalariga ajratiladi. Kichik bo’limlar turli usullarda ijro etiladigan aniq
texnik usullardan – harakatlanish texnikasi uslublari va usullaridan iborat. Bulardan maydon
o’yinchilari va darvozabon foydalanadi. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi
umumiy bo’lib, detallari bilangina farqlanadi. Har xil usulni ijro etish shartlari gandbol
texnikasini yanada turli-tuman qiladi (6-jadval). Gandbol o’yini texnikasi ikkita asosiy katta
qisimga “hujum” va “himoya texnikasi”ga ajratish mumkin. Hujum texnikasida “harakat”
va “to’pga egalik qilish” usullari, timoya texnikasida esa “harakat” va “to’pga qarshi egalik
qilish” usullariga ajratiladi. Har bir tarkibiy qism o’yin faoliyatini o’z ichiga oladi, ular o„z
navbatida bir necha usulda amalga oshiriladi. 1) texnikani bajarayotganda qo’l va oyoq
harakatlarining soni (bitta yoki ikkita); 2) qo’lning to’p bilan yelka holatiga nisbatan
harakati (yuqori, yon, pastki); 3) to’pni uzatish usulllari harakati (siltash, zarba). Maydonda
hujumchi va himoyachi sifatida harakat qilish hamda aldamchi harakatlar usuli o’yin
texnikasining asosini tashkil etadi. Dastlabki holat – turish, tayyorgarlik va harakat qilishni
belgilaydi. Baland va past holatda turish har xil, qaysi holatda turishni vaziyat belgilaydi.
Zamonaviy gandbolda ko’pincha baland holatda turish (oyoqlar ozgina bukilib), oralig’i
yelka kengligida, gavda sal oldinga egilib, qo’llar bukilgan holatda tutiladi. Qaysi o’yinchi
maydonda tez va tejamli harakat qilsa, o’sha o’yinchi ko’proq foyda keltiradi.
Shuning
uchun har bir o’yinchi tez start olishni, yugurayotib yo’nalishni o’zgartirishni, to’xtash va
sakrashni, orqa bilan erkin oldinga yurishni, yon tomon bilan yurishlarni bilishi shart.
SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH
International scientific online conference
105
Gandbol texnikasini tasniflash o’yin texnikasini obyektiv prinsipga muvofiq taqsimlashga
asoslangan. Hujumdagi o'yin tex
Hujum o’yini texnikasi: To’pni egallagan hujumchi butun vujudi bilan raqiblar
darvozasiga to’p kiritishga intiladi. Raqiblarning qaramaqarshiligini faqat maxsus usullar
yordamida yengishi mumkin (7-jadval). O’yin texnikasining bu qismiga to’pni ilish,
ushlash, to’pni yerga urib
olib yurish va egallab olish, chalg’itish (fint) va to’siq (zaslon)
qo’yish usullari kiradi. Ularni amalga oshirish uchun gandbolchi tanasini maqbul. Ushbu
hollardan maydon o’yinchilari keng foydalanadilar. Darvozabonning turish hollari maydon
o’yinchisinikidan keltirish kerak, bu odatda o’yinchi turish holati deb ataladi. Oyoq tizza
qismidan biroz egilgan, yelkalari holatga oldinga tushirilgan, qo’llar tananing oldidagi tirsak
qo’shilishida egilgan va kaftlar tanadan chetga surilgan gandbol o’turish holati
hisoblanadibutunlay farq qiladi, chunki darvozabonning qo’llari ikkiga ajratilgan holatga
keltiriladi. Harakatlar. O’yin vaziyatiga qarab,
gandbolchi yurish, yugurish, sakrash,
to’xtash usullaridan foydalanadi. Gandbol o’yinchisi maydondagi harakatlarini amalga
oshirishda sheriklar bilan o’zaro munosabat va raqiblarga qarshi turish uchun joy tanlash
harakatlarini O’yin texnikasi Maydon o’yinchisi texnikasi Darvozabon texnikasi Hujum
texnikasi Himoya texnikasi Hujum texnikasi Himoya texnikasi Harakatlanish texnikasi
To’pni egallash texnikasi To’pni egallash texnikasi Qarshilik ko’rsatish Harakatlanish
texnikasi To’pni egallash texnikasi To’pni egallash texnikasi Qarshilik ko’rsatish Texnik
usullar,
ularning turlari, bajarish shart-sharoitlati 25 amalga oshiradi. Yurish. Gandbol
o’yinchisi joyni o’zgartirish uchun ishlatiladi. Tez yugurish yoki burilish, to’xtash, sakrash
qobiliyatiga ega bo’lish uchun o’yinchilar orqa, yuz va yonboshlarni biroz egilgan
oyoqlarda oldinga siljitadilar. Yugurish. Gandbolchining yugurishi sportchining
yugurishidan farq qiladi, oyoq mashqlari to’liq bajarilmagan yugurish bilan tavsiflanadi.
Ushbu usul harakat yo„nalishini keskin o’zgartirishga imkon beradi. Harakatning ritmi va
sur’atini o’zgartirish, aldamchi harakatlar qilish. Sakrash. Gandbolchilar bir yoki ikki oyoq
bilan itarish orqali yuqoriga, uzunlikga, yon tomonga va bajarish usuliga ko’ra tasniflanadi.
Gandbolchi tomonidan to’pni yetkazishda, darvozaga otishda, to’xtashda, baland uchadigan
to’plarni ilishda keng qo’llanadi.
To’pni ilish. Bu to’pni egallashga imkon beruvchi usul. To’pni bir va ikki qo’llab ilish
mumkin. To’pni ikki qo’llab ilishda qo’larning panjalari bir-biriga yaqinlashtirilib
voronkasimon chuqurlik hosil qilinadi, barmoqlar to’pga tekkanidan so’ng,
uchib kelgan
to’p tezligini pasaytirish uchun qo’llar bukiladi. To’pni bir qo’lda ilish juda murakkab. Ilish
va keyingi qo’lni silkitish ko’pincha bunday holatda tutash harakatni tashkil etadi. To’p
bilan muvaffaqiyatli harakat qilish uchun uni to’g’ri ushlash kerak bo’ladi. Agar o’yinchi
uni ikki qo’llab ushlasa, to’p yaxshi nazorat qilinadi. Lekin to’pni bir qo’llab yuqoridan
yoki ochiq kaft bilan ham ushlash mumkin. Faqat bu holda to„pni qattiq siqib ushlamaslik
lozim, chunki bu qo’lning panja bo’g’imlari qotishiga olib keladi.
Chalg’itishlar murakkab harakatlar yordamida bajariladi, hammasidan ko’proq bir-
biriga bog’liq bo’lgan bosqich (faza): anchagina sekin chalg’itish harakati texnik usulining
qulay paytida qo’llanilishi va tez asosiy usulni amalga oshirishga bog’liqdir. Ikki va undan
ortiq usullardan tashkil topgan chalgitishlar ikki turga bo’linadi: oddiy va murakkab. Bir
SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH
International scientific online conference
106
harakatdan ikkinchi harakatga o’tishda qancha kam vaqt sarflansa, raqibni aldab o’tishga
shuncha imkoniyat yaratiladi. To’pni uzatishda usullarni o’zgartirib to’p yo’nalishini va to’p
uzatishda to’xtab qolish paytlarida chalg’itishlar qo’llaniladi. Eng ko’p tarqalgan chalg’itish
– bu to’pni otmoqchi bo’lib, so’ng to’pni uzatishdir (bosh orqasidan, orqa va yon
tomondan). To’p otishda to’pni uzatayotganday harakat qilish yoki bir usulda to’p otmoqchi
bo’lib, ikkinchi usuldan foydalanish, sakrab to’p otmoqchi bo’lib yerga tushib, himoyachini
aldab o’tish juda foydalidir. Chalg’itishlarni, ayniqsa, himoyachini aldab o’tishda qo’llash
muhimdir. Bu bir va ikki qadamli harakat bo’lishi mumkin. Chalg’itish
sifatida qadam
qo’yish va to’p uzatishlardan foydalaniladi. To’siq. Bu hujumchilarning himoyachilar
panohidan qutilishi uchun qo’llaniladigan foydali vositadir. Gandbol o’yinida to’siqlarni
yakka holda va o’yinchilar guruhi tomonidan qo’yilishi mumkin. Guruh bo’lib qo’yish 9
metrli erkin to’p tashlash chizig’idan to’p otishda qo’llaniladi, bu bir necha hujumchining
bir-biriga yaqin turib, to’p egallamoqchi bo’lgan hujumchiga peshvoz chiqayotgan
himoyachilar yo’lini to’sishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: