G’aniyev Baxtiyor


"O‘ralgan juftlik" kabel tizimi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə3/5
tarix01.04.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#92068
1   2   3   4   5
1-topshiriq Baxtiyor

"O‘ralgan juftlik" kabel tizimi


Koʻrinishidan telefon simini eslatadi. U bitta kabel ichidagi izolyatsiyalangan va bir-biriga buralgan toʻrtta juftlik mis simlardan iborat. Baʻzan tashqi taʻsirdan himoya qilish uchun ular ekran bilan qoplanadi, chunki bu turdagi kabel bardoshsizdir. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi.

Toʻqilgan juftlikni (STP) ekranlashtirish vaqtida har bir juftlikni ochiq toʻqilgan fnetall simli qobiq (ekran)ning ichiga joylashtiriladi. Bunday konstruksiya kabelni nurlanishini kamaytiradi, tashqi elektromagnit maydon xalaqitlardan va juft simlaming bir-biriga taʻsirini ham kamaytiradi (crosstalk, перекрестные новодки, chorraha yoʻnalishlar).

Qavat/joylashuv chegarasi boʻyicha qurilmalar birlashuvi. Bino boʻylab birlashuv. Hisoblash kompyuter tarmogʻining bino boʻylab birlashuvi.

Optik tolali kabel


Bu o‘rama juft va koaksikal kabel turlaridan tubdan farqlanuvchi kabel. Bu kabel turida axborot elektr signali koʻrinishda emas, yorigʻlik koʻrinishida uzatiladi. Bu turdagi kabelning asosiy elementi — shaffof shisha tola boʻlib, u orqali yorugʻlik juda katta masofalarga (oʻnlab kilometrgacha) kam (sezilarsiz) soʻnish bilan uzatiladi.

Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi. Oraligʻi 100 km masofadagi tarmoq uchun qoʻllaniladi. Oʻtkazish tezligi: 2 Gbit/sek.

Shisha tolali kabellarda signalni ikkinchi yoʻnalishga ham ayirish imkoni boʻlsa ham (buning uchun maxsus 2—8 kanallarga taqsimlovchi moslamalar ishlab chiqariladi), odatda, bu kabellarni bir tomonga axborot uzatish uchun ishlatiladi. Yaʻni bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma oraligʻida. Har qanday taqsimlanish, oqibatda yorugʻlik signalini ilojsiz soʻnishga olib keladi va agarda, koʻp kanalga taqsimlanilsa, u holda yorugʻlik tarmoq xirigacha yetib bormasligi ham mumkin.


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin