3. Kirish so'z va kirish birikmalarida vergulning ishlatilishi.
Kirish so'z va kirish birikma gap boshida kelsa, unda keyin, gap o'rtasida kelsa, xar ikki tomondan, gap oxirida kelsa kirish so'z va kirish birikmadan oldin yozuvda vergul qo'yiladi. Masalan: 1. Demak, xato qilibsan, bo'tam, senda sinchkovlik yetishmas ekan. (X.T).
2. Tamom bo'ldi, nazarimda ichim yonib, burnimdan tutin chiqayotganga o'xshaydi.
3. Xullaskalom, sabrni qanoatni unutadi.(O)
4. Kirish gap. Nutqda so'zlovchi biron xodisa to'g'risida yo'l-yo'lakay izox beradi. Asosiy fikr ichida yo'l-yo'lakay fikrini anglatuvchi gap kiritma gap deyiladi. Kiritma gap o'zi kiritligan gapning biron bo'lagiga aloqador bo'ladi. Masalan: 1. Men Umaralini(u bilan ikki yil avval tanishgan edim) kecha dalada uchratib qoldim. 2. Biz, sinf raxbarimiz aytdi, ertaga ekskursiyaga boramiz.
Kirish gapda qavs va tinish belgilarni ishlatilishi.
1. Kirish gap odatda qavs olinadi. Masalan: O' ktam temirko'l Nortoy polvonga (mushti bilan g'isht ushutar edi)qichqirdi.
2. Kirish gap ba'zan vergul bilan ajiratiladi. Masalan: Shunday qilib, Asal va Samad,- o'g'lining ismi shunday ekan - bizning yo'l uchastkamizda qolibdi.(CH.A)
O`zbek tilida gap bo`laklarining tartibi, asosan, erkin. Ularning o`rnini almashtirish odatda grammatik holatni o`zgartirmaydi. Masalan: Oppoq bulutlar qishloq ustidan shoshilmay, toqqa qarab o`tib ketadi. (S.Ahmad). - Qishloq ustidan oppoq bulutlar shoshilmay o`tib ketadi toqqa qarab. - O`tib ketadi shoshilmay toqqa qarab oppoq bulutlar qishloq ustidan. – SHoshilmay o`tib ketadi qishoq ustidan toqqa qarab oppoq bulutlar. Mazkur gaplarda gap bo`laklarining o`rinlarini almashtirish grammatik holatni o`zgartirmagan, ammo gap mazmuniga ma’lum darajada ta’sir etgan, negaki har gal boshqa-boshqa gap bo`laklariga odatdagidan ko`proq ahamiyat berilgan. Lekin, shunga qaramay, gap bo`laklari ma’lum bir normativ tartibda joylashish xususiyatiga ega.
O`zbek tilida ega, odatda, gap boshida, kesim gapning oxirida keladi. Ikkinchi darajali bo`laklar esa ega va kesim orasida joylashadi. Bunday tartib, asosan, darak gaplarda bo`lib, u to`g`ri yoki normativ tartib deyiladi.
Harbir gap bo`lagiga nisbatan tartib quyidagicha bo`ladi:
I. Ega, odatda, gap boshida keladi: Kishilar mirishkor raisni qarsaklar bilan olqishladilar. (YO.SHukurov).
YOyiq gaplarda ega ba’zan kesim oldida ham kelishi mumkin: Uning yigirmataga yaqin qo`y-echkisi borligini ko`p odam bilar edi. (P.Qodirov).Ba’zan ega gapning oxirida ham keladi: G`o`za umriga zavol-ku u. (J.Abdullaxonov).II. Kesim odatda gapning oxirida keladi: Bog`da etti-sakkiz tup mevali daraxt, ikki chinor, ikki tup mirzaterak o`sgan edi. (J.Abdullaxonov).
Dostları ilə paylaş: |