282
BO‘LISHSIZ DARAK GAPLAR
1. Bo‘lishsiz gaplarda kesim bo‘lishsiz shaklda keladi.
Not inkor
yuklamasi kesim tarkibidagi yordamchi yoki modal fe’ldan keyin qo‘yiladi.
Agar kesim tarkibida yordamchi yoki modal fe’l bo‘lmasa (
Simple Present
yoki
Simple Past),
do, does yoki
did yordamchi fe’llari olinadi. Asosiy
fe’lning
to yuklamasisiz shakli ishlatiladi. Og‘zaki nutqda
not yordamchi
fe’l yoki modal fe’llar bilan qo‘shilib ketadi:
I
have not (haven’t) seen him to-
day.
Men uni bugun ko‘rganim
yo‘q.
He
is not (isn’t) waiting for you.
U sizni kutmayapti.
Ali
will not (won’t) go there.
Ali u yerga bormaydi.
She
cannot (can’t) come today.
U bugun kela olmaydi.
He
does not (doesn’t) work here.
U bu yerda ishlamaydi.
They
did not (didn’t) tell me about
it.
Ular menga bu haqda
gapirishmadi.
2. Agar kesimda ikki va undan ortiq yordamchi fe’l bo‘lsa
not yuklamasi
birinchi yordamchi fe’ldan keyin qo‘yiladi:
It
has not been done yet.
Bu hali bajarilmadi.
He
will not have fi nished
his work by fi ve o’clock.
U soat beshgacha ishini
tugata olmaydi.
3. Ingliz tilida bo‘lishsizlik
not yuklamasini emas, bo‘lishsiz olmoshlar
—
no, nobody, no one, nothing, bo‘lishsiz ravishlar —
never, nowhere,
va bo‘g‘lovchilar
neither … nor yordamida ham yasaladi. Bu holda kesim
bo‘lishli shaklda bo‘ladi, chunki ingliz tilida bitta gapda faqat bitta inkor
bo‘lishi mumkin:
I received
no letters yesterday.
Men kecha hech qanday xat ol-
madim.
Dostları ilə paylaş: