G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   263
xorijiy t

have been workinghe would not have been working.
Future Perfect Continuous in the Past Tense bosh gapidagi fe’l o‘tgan 
zamonda bo‘lgan qo‘shma gapni o‘zlashtirma gapga aylantirganda er gash 
gapida Future Perfect Continuous o‘rnida ishlatiladi:
He said that by the fi rst of May he 
would have been working at that 
plant for twenty years.
U birinchi mayda o‘sha zavod-
da ishlayotganiga yigirma yil 
bo‘lishini aytdi.
Transitive and intransitive verbs
(`O‘timli va o‘timsiz fe’llar)
1. Ingliz tilida ba’zi fe’llar o‘zidan keyin vositasiz to‘ldiruvchi talab 
qiladi, boshqacha aytganda, fe’ldagi ish-harakat birorta shaxs yoki bu yumga 
— obyektga o‘tadi. Bunday fe’llar o‘timli fe’llar deb ataladi:
He invited me to the concert. 
U meni konsertga taklif qildi.
read newspapers in the evening.
Men gazetalarni kechqurun o‘qiy-
man.
2. O‘zidan keyin vositasiz to‘ldiruvchi talab qilmaydigan fe’llar o‘tim siz 
fe’llar deb ataladi:
live in Shahrisabz. 
Men Shahrisabzda yashayman.
My father arrived yesterday.
Mening otam kecha yetib keldi.
3. Ingliz tilida ba’zi fe’llar ham o‘timli, ham o‘timsiz fe’l bo‘lib ke ladi:
To
open
1. ochmoq
2. ochilmoq
He opened the door. U eshikni ochdi. (o‘timli) 
The library opened at 10 o’clock. 
(o‘timsiz) Kutubxona o‘nda ochildi.
 To
 begin
1. boshlamoq
2. boshlanmoq
begin work at nine o’clock.
(o‘timli) Men ishni soat to‘qqizda boshlayman.
Our English lessons begin at nine o’clock. (o‘timsiz) 
Ingliz tili darslarimiz to‘qqizda boshlanadi.
To
drop
1. tushirmoq
2. tushmoq 
He dropped his pencil.
(o‘timli) U qalamini tushirib qo‘ydi.
The apple dropped to the ground. 
(o‘timsiz) Olma yerga tushdi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin