G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi


an, the va ularga ko‘p hollarda ma’nosi yaqin bo‘lgan some



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   263
xorijiy t

an, the va ularga ko‘p hollarda ma’nosi yaqin bo‘lgan some va any 
olmoshlaridir.
3. Artikllarning mustaqil ma’nosi yo‘q, ular shaxs yoki buyumning shu 
turdagi buyumlardan ajratib ko‘rsatilayotgan yoki ko‘rsatilmayotganligini, 
buyum suhbatdoshga ma’lum yoki noma’lumligini ifodalaydi. O‘zbek tilida 
artikllarga hamda some, any so‘zlariga mos keladigan maxsus so‘z lar yo‘q. 
Ular har xil yo‘llar bilan tarjima qilinadi yoki tushib qo ladi:
There is a lamp on the table. 
Stolda chiroq bor. 
The director has just come. 
Direktor hozirgina keldi.
Give me some stamps, please. 
Iltimos menga markalar bering.
Boshqa ko‘rsatkichlarning mustaqil ma’nosi bor va ular otga aniq lovchi 
bo‘lib keladi.
4. Ko‘rsatish olmoshlari: this — buthese — bularthat — uthose — 
ular:
This house is very old. 
Bu uy juda eski.
I’ll take those books. 
Men u kitoblarni olaman.
5. Egalik olmoshlari:
my — mening 
your — sening, sizning 
his — uning (erkaklar) 
her — uning (ayollar) 
its — uning (narsalar)
our — bizning
your — sizlarning
their — ularning
6. Egalik (qaratqich) kelishigidagi otlar:
Peter’s father is a doctor. 
Piterning otasi shifokor.
My brother’s wife has gone to 
Tashkent. 
Akamning xotini Toshkentga ket-
gan.
Izoh: Keyingi misoldagi my so‘zi brother so‘ziga taalluqli.
7. many, much ko‘p; little, few — oz, kam; some bir qancha, 
ba’zi, bir nechtaany — istaganeach, every — har (bir)either — unisi 
ham, bunisi ham, har ikkalasineither — na unisina bunisi olmoshlari


119
There were many students at the 
meeting. 
Majlisda ko‘p talabalar bor edi. 
Some people do not like meat.
Ba’zi odamlar go‘shtni yoqtirmay-
dilar. 
Come at any time. 
Istagan vaqtda keling. 
Tom goes there every day.
Tom u yerga har kuni boradi. 
8. What? — qanday?, which? qaysi?, whose? — kimning? So‘roq 
olmoshlari: 
Whose pencil is this? 
Bu kimning qalami?
On which fl oor do you live? 
Qaysi qavatda yashaysiz?
What books have you read?
Qanday kitoblar o‘qidingiz?
9. Ba’zi ko‘rsatkichlar faqat donalab sanaladigan otlar oldida, ba’ zilari 
esa faqat donalab sanalmaydigan otlar oldida, ba’zilari barcha otlar oldida 
kelishi mumkin:
Donalab sanaladigan otlar bilan keladi 
Donalab sanalmaydigan otlar
bilan keladi 
a, the, an, some, any 
this, that, these, those 
none, one, two, three…
many
a lot of 
large 
a
{
great
}
number (of)
(a) few 
fewer… than
more … than
the, some, any 
this, that
none
much (odatda bo‘lishsiz va so’roq 
gaplarda)
a lot of 
a large amount of 
(a) little 
less… than 
more… than 
10. Ko‘rsatkichlar qaysi otga taalluqli bo‘lsa, o‘sha otdan oldin kela di, 
agar o‘sha ko‘rsatkichdan tashqari otning boshqa aniqlovchisi bo‘lsa, ular ot 
bilan ko‘rsatkich o‘rtasida keladi.
Pushkin created the Russian lite-
rary language.
Pushkin rus adabiy tilini yaratdi.
His fi rst scientifi c work was a 
great success.
Uning birinchi ilmiy ishi katta 
muvaffaqiyat qozondi.


120
 Artikl (The article)
Umumiy ma’lumotlar
1. Artikl otlar oldida ishlatiladigan maxsus so‘zlardir. O‘zbek tilida 
artikl mavjud emas. Artiklning alohida tarjimasi yo‘q. Ot oldida artiklning 
ishlatilishi va ishlatilmasligining ahamiyati katta. 
2. Ingliz tilida ikkita artikl bor: Noaniq artikl (The Indefi nite Article) 
va aniq artikl (The Defi nite Article).
3. Noaniq artiklning ikkita shakli bor: va anAn shakli unli tovushlar 
bilan boshlangan otlar oldida keladi: an opera, an apple, an hour. Qol gan 
hollarda artiklning a shakli ishlatiladi: a pen, a book, a student.
4. Aniq artiklning bitta shakli bor: the
5. Noaniq artikl eski ingliz tilidagi a n (bir) so‘zidan kelib chiqqan, shu-
ning uchun ham u faqat birlikdagi otlar oldida ishlatiladi. 
6. Aniq artikl eski ingliz tilidagi the (u, o‘sha) ko‘rsatish olmoshidan 
kelib chiqqan bo‘lib, ba’zi hollarda hozir ham dastlabki ma’nosini saqlab 
qolgan.
7. Noaniq artikl ishlatilganda otning biror turga (sinfga) mansubligi ni 
bildiradi. 
8. Aniq artikl otni boshqa shu turdagi otlardan ajratib ko‘rsatganda 
ishlatiladi. 
TURDOSH OTLAR BILAN 
NOANIQ ARTIKLNING ISHLATILISHI 
1. Noaniq artikl biror turga mansub bo‘lgan birlikdagi shaxs yoki buyum 
oldida ishlatiladi va qandaydir bir degan ma’noni bildiradi:
She has a watch of her own.
Uning o‘z soati bor.
He gave her a cigarette and lighted 
it.
U unga sigareta berdi va uni yoq-
di.
Ko‘plikda ot artiklsiz ishlatiladi. Agar miqdorni anglatmoqchi bo‘lsak, 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin