farovonvao‘zigato‘qmavjudlikmaqsadidavujudgakeladi»Davlathokimiyatimasalasigakelsak,Aristotel uning «uch yaxshi» va «uch yomon» shaklini qayd etadi. Davlat hokimiyatining «yaxshi» shakli deganda u jamiyatga xizmat qiluvchi hokimiyat shakllari: monarxiya, aristokratiya, «politiya», ya‘ni o‘rta sinf hokimiyatini tushunadi. Davlat hokimiyatining «yomon» shakllari qatoriga Aristotel tiraniya, sof oligarxiya va ashaddiy demokratiyani kiritadi. Aristotel sababiy bog‘lanishlarning rang-barangligi muammosini ilgari surib, dialektikani yanada rivojlantirgan. Uning to‘rt sabab: moddiy, formal, harakatlantiruvchi va yo‘naltiruvchi sabablar haqidagi ta‘limoti ma‘lum. «Narsalar va hodisalar vujudga kelishiga sabab bo‘luvchi omil (materiya, substrat) – moddiy sabab»; «narsaning mohiyatini belgilovchi omil – formal sabab»; «harakat asosi – harakatlantiruvchi sabab»; «biror narsani amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad – yo‘naltiruvchi sabab». Aristotel shakl va mazmun (materiya) dialektikasini tahlil qilishning o‘z usulini taklif qildi. Narsa – bu shakl va materiyaning birligi. Narsalarning vujudga kelishi va ularning takomillashuvi shaklga bog‘liqdir. SHakl o‘z mohiyatiga ko‘ra faol, materiya esa passivdir. SHakl – narsaning tashqi ko‘rinishi, u dunyoning rang-barangligi va borlig‘ini belgilaydi.