G’arb mutafakkirlarining notiqlik san’atiga doir o’gitlari
G’arb mutafakkirlarining notiqlik san’atiga doir o’gitlari
Reja:
1. Notiqlik san’ati tushunchasi
2. Notiqlik san’atining kelib chiqish va rivojlanish tarixi.
3. Notiqlik mahorati.
4. G’arb va Sharq notiqligi.
5. Notiqlik turlari.
Notiqlik san’ati og‘zaki va yozma nutqni tinglovchilarga jonli, ifodali va ta’sirli yetkazish malakasini egallashdir. Notiqlik san’ati murakkab san’at bo‘lib, uni egallash kishidan qunt va chidam, malaka va tajriba talab etadi.
Kishilik jamiyatining biror bir jabhasi yo‘qki, unda notiqlik san’ati yoki uning elementlari qatnashmagan bo‘lsa. Masalan: biror bir rahbarning o‘z xodimlariga qarata so‘zlagan nutqida ham, o‘qituvchining o‘quvchilariga beradigan sabog‘ida ham, xullas, hamma - hamma yerda notiqlik san’ati o‘z mavqeiga ega bo‘lgan.
Notiqlik san’atining ijtimoiy mavqei shu qadar keng va sertarmoqki, uni har bir sohada me’yori, mazmuni va shakli, o‘ziga xosligi,ta’sir kuchi va tomonlari jihatidan alohida - alohida ko‘rib chiqish uchun ma’lum bir vaqt, imkoniyat talab qilinadi.
I. Notiqlik san’ati turlari.
I. Siyosiy-ijtimoiy notiqlik:
Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy iqtisodiy mavzudagi nutq.
Sessiya, konferensiyadagi nutq.
Siyosiy nutq.
Diplomatik nutq.
Siyosiy sharh.
Harbiy vatanparvarlik nutqi.
Miting nutqi.
Ilmiy-ommabop nutq.
II. Akademik notiqlik:
O‘quv yurtlari ma’ruzalari.
Ilmiy nutq (ma’ruzalar).
Ilmiy sharh.
Ilmiy axborot.
III. Sud notiqligi:
Qoralovchi (prokuror) nutqi.
Jamoatchi-qoralovchi nutqi.
Oqlovchi (advokat) nutqi.
Jamoatchi-oqlovchi nutqi.
O‘z - o‘zini himoya qilish nutqi.
Dostları ilə paylaş: |