1-avlod GBU. 20-asrning 70-yillarida paydo bo'lgan va u asosan karbyuratorli dvigatellarga mo'ljallangan.
2-avlod GBU. Karbyuratorli dvigatellar injektorli dvigatellar bilan almashtirildi va ishlab chiqaruvchilar birinchi navbatda dizaynni o'zgartirmasdan gaz uskunalarini yangi injektorli avtomobillarga moslashtirishga harakat qilishdi.
Ikkinchi avlod gaz uskunalari 1-avlod bilan bir xil ishlaydi, ammo bunda vakuumli klapanining o'rniga elektromagnit klapanga almashtirilgan. Elektromagnit klapanni yordamida yoqilg'ining kerakli turini tanlash uchun tugmachadan foydalanib, bir yonilg’i turidan ikkinchisiga o’tkazish mumkin bo’ladi.
3-avlod GBU. Avtomobillardagi gaz qurilmalarining ishidagi jiddiy o'zgarishlar paydo bo'lishi bilan boshlandi. 3-avlod GBU ning oldingi avlodlardan asosiy farqi yonilg'i ta'minotini nazorat qilish va sozlash uchun elektron tizimning paydo bo'lishi edi. Bu avlod uskunalari kompyuter bilan jihozlangan avtomobillarga o'rnatilib elektron boshqaruv bloki orqali boshqarilishi natijasida yonilg'i sarfini kamaytirish va samaradorlikning oshishiga hamda chiqindi gazlar miqdorini kamaytirishga erishildi.
4-avlod GBU. Bugungi kunda gaz qurilmalarining eng keng tarqalgan versiyasidir (avtomobil egalarining 90 foizi ushbu tizimni afzal ko'rishadi). Nisbatan sodda tuzilishga ega bo'lishiga qaramay, mukammal texnik xususiyatlarga ega. Ushbu avlod gaz uskunalarining afzalliklari quyidagilar : (1-rasm)
4-avlod gaz uskunalarining afzalliklari Minimal yonilg'i sarfi