Pardozlash bo’yicha. 1. Xom to’qima-oqartirilmagan to’qima.
2. Oqartirilgan to’qima.
3. sidirg’a rahgga bo’yalgan to’qima.
4. Gul bosilgan gazlamalar.
Gazlamalarga maxsus ishlov berish yo’li bilan kerakli xususiyatga ega
bo’lgan gazlamalar olinadi, ya’ni: kam kirishadigan, kam g’ijimlanadigan, suv o’tkazmaydigan va h.k.
Gazlamalarning tuzilishi.Gazlamalarning o’rilishiga nisbatan ularning
tashqi ko’rinishi, tuzilishi va xossalari o’zgaradi.
Gazlamalar ikki to’da iplarning o’zaro o’rilishi natijasida hosil bo’ladi.
Gazlamalarning uzunligi bo’yicha joylashgan iplar tanda deb ataladi.
Eni bo’yicha joylashgan iplar arqoq deb ataladi.
Gazlamalarni to’qish jarayonida gazlama yuzasiga goh arqoq, goh tanda
ipi chiqadi.
Agar tanda ipi bir yoki bir qancha arqoq ipi ustidan o’tsa to’qimaning
bu qismini tanda qoplanishi deb ataladi, aks holda arqoq qoplanishi deb
ataladi.
O’rilish ipi katakka chiziladi. Shu katak qog’ozning vertical kataklarini
tanda ipi deb qabul qilinadi. Gorizontal kataklarni - arqoq deb qabul qilinadi.
Natijada har bir katak ikkita ipning kesishgan joyi bo’ladi. Agar shu kesishgan
joyda tanda qoplanishi bo’lsa, u holda shu katak bo’yaladi. Agar arqoq
qoplanishi bo’lsa, u holda shu katak oq bo’yicha qoladi.
Tanda va arqoq qoplanishlari ma’lum iplardan keyin takrorlanadi.
O’rolish gulining takrorlanishiga qadar bo’lgan iplarning soniga
to’qimaning rapporti deb ataladi. Rapport tanda va arqoq bo’yicha aniqlanadi.
Hamma gazlamalar o’rilishi bo’yicha 4 sinfga bo’linadi.
1. Oddiy o’rilish (silliq, bosh o’rilish).
2. Mayda gulli o’rilish (hosila o’rilish).
3. Murakkab o’rilish (ko’p qavatli o’rilish).
4. Yirik gulli o’rilish (jakkarda o’rilish).
Har qaysi to’qima o’rilishida tanda bo’yicha va arqoq bo’yicha rapport
bo’ladi. Tanda bo’yicha rapport-o’rilish gulini hosil qiladigan tanda iplarining
soni bilan aniqlanadi. Arqoq bo’yicha rapport o’rilish gulini hosil qiladigan
arqoq iplarining soni bilan aniqlanadi.
To’qima o’rilishlari ichida eng ko’p tarqalgan o’rilish-oddiy o’rilishdir.
Bu o’rilishga polotno, sarja, satin (arlas) o’rilishlar kiradi. Oddiy o’rilishlarda
har qaysi tanda ipi rapportda arqoq ipi bilan faqat bir marta o’rilishadi. Har
doim tanda bo’yicha rapport arqoq bo’yicha rapportga teng bo’ladi.