G‘aznachilikning funksiyalari



Yüklə 18,68 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü18,68 Kb.
#163781
Gafur klaster



G‘aznachilikning funksiyalari


  • budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan naqd pul mablag‘lari bilan to‘lanadigan boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun G‘aznachilikning bank hisob raqamlariga mablag‘lar o‘tkazadi;



  • qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlariga sudning qarori bo‘yicha yagona g‘aznachilik hisobvarag‘idan yoki G‘aznachilikning boshqa hisob raqamlaridan mablag‘lar o‘tkazadi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi natijasida fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash uchun mablag‘lar o‘tkazadi;




  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har kunlik asosida yagona g‘aznachilik hisob raqamida mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi axborotni elektron shaklda taqdim etadi;



  • budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilarga ular uchun moliya organlarida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar, ularning xarajatlarini qoplashga budjet mablag‘lari o‘tkazilganligini tasdiqlaydigan to‘lov hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi;


O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobini yurituvchi “UzASBO” dasturiy majmuasi 2011-yilda foydalanishga topshirilgan bo’lib , O’zbeiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010-yil 22-dekabrda 2169-son bilan ro’yxatga olingan “Buydjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi yo’riqnoma “talablariga to’liq javob beruvchi va respublikamizda Web texnologiyaga asoslangan holda ishlab chiqilgan ilk dasturiy majmualardan biridir . Dasturdan foydalanish bepul bo’lib , hozirda u dan 2600dan ortiq tashkilotlar foydalanib kelmoqda .bugungi kunda byudjet tashkilotlari shaxsit g’azna hisob varaqalaridan ko’chirmalarni electron ko’rinishda mazkur dasturiy majmuadan olish imkoniyatiga ega . Shuningdek , dasturiy majmua orqali to’lov topshiriqnomalar g’aznachilik organlariga va moliyaviy hisobotlar yuqori turuvchi tashkilotlarga hamda moliya organlariga electron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda to’liq electron ko’rinishda taqdim etilmoqda. 2012-yilda “UzASBO” dasturiy majmuasining byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni hisoblashga ixtisoslashtirilgan alohida moduli ishlab chiqildi. Hozirda byudjet tashkilotlari tomonidan ish haqqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar bo’yicha harajatlarga naqd pul olishga so’rovnomalar – g’aznachilik organlariga , jamg’arib boriladigan pensiya badallari bo’yicha xodimlar reystiri –Xalq banki filiallariga , plastic vedomstlar ro’yxati esa Ipoteka bank , agrobank , Mikrokreditbank , Qishloqqurilishbank O’zsanoatqurilishbank , Asaka bank , Turonbank , Xalq banki va Ipak yo’li banklariga electron ko’rinishda yuborilmoqda.
Yüklə 18,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin