Gdds dqaf category Templates



Yüklə 463,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix24.05.2023
ölçüsü463,68 Kb.
#121188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Qishloq xo’jaligi ekinlari ekilgan ekin maydon

0.2 Resurslar 
0.2.1 Kadrlar, moddiy-texnika bazasi, kompyuter vositalari va moliyalashtirish 
Markaziy apparatda qishloq xo’jaligi ekinlarining ekilgan ekin maydoni to‘g‘risidagi 
axborotlarni shakllantirish ishlari 2 nafar, hududiy statistika boshqarmalarida – 2 nafar, tuman, 
shahar statistika bo‘limlarida 1 nafar xodim tomonidan amalga oshiriladi.
Umuman qishloq xo’jaligi ekinlarining ekilgan ekin maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish 
uchun qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun xodimlar soni yetarli va xodimlar mos 
ko‘nikmalarni saqlash va rivojlantirish uchun qo‘yilgan vazifalarni bajarishga layoqatli. Barcha 
xodimlar iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi sohasida oliy ma’lumotga ega. 
Ko‘nikmalarni qo‘llab quvvatlash va rivojlantirish muntazam ravishda mutaxassislar uchun 
Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar instituti taklif etiladigan kurslarda xodimlarni 
o‘qitishga asoslangan. 


Boshqarma yetarli miqdordagi kompyuterlarga ega bo‘lib, har bir xodim alohida o‘zlariga 
biriktirib berilgan, lokal tarmoqqa ulangan, muntazam ravishda dasturiy ta’minot yangilanib 
turadigan kompyuterlarda ishlaydi.
Berilayotgan moliyaviy manbalar qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘yicha davlat 
statistika ishlari dasturida nazarda tutilgan ishlarni bajarish uchun yetarli. 
1. Beg‘arazlik 
1.1 Kasbiy mahorat 
1.1.1 Statistikaning xolisligi 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan, rasmiy statistikasining asosiy 
printsiplari, jumladan beg‘arazlik va xolislik hisoblanadi. 
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga asosan, Davlat organlari, boshqa 
tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari davlat statistika organlarining ushbu Qonunga 
muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas. 
Hududiy statistika boshqarmalari, tumanlarning (shaharlarning) statistika bo‘limlari mahalliy 
davlat hokimiyati organlaridan mustaqil bo‘lib, bevosita vakolatli davlat organiga bo‘ysunadi. 
Mazkur statistik ma’lumotni ishlab chiqishda boshqa davlat organlarining aralashishiga yo‘l 
qo‘yilmagan va kasbiy mustaqillik to‘liq ta’minlangan. 
Kadrlarni tanlab olish va ularni yuqori lavozimlarga tayinlashda, ularning statistika sohasida 
tajribasi va kasbiy malakasi e’tiborga olinadi. Boshqarma xodimlari malakasini oshirish Davlat 
statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti 
tomonidan tashkil etiladigan o‘quv kurslarida hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil 
etiladigan o‘quv kurslari, o‘quv-amaliy seminarlarda ishtirokini ta’minlash orqali ta’minlanadi. 
Boshqarma xodimlari Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida tashkil 
etilgan o‘quv kurslarida ma’ruzalar bilan ishtirok etadi. Ommaviy axborot vositalarida 
Boshqarma xodimlarining ilmiy maqolalarini e’lon qilib borish tashkil etilgan. 

Yüklə 463,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin