Transformatsiya hodisasini o‘rganish, transduksiya— bakteriyafaglar yordamida bakteriya genlarini ko‘chirib o‘tkazish va rekombinatsiyalanish hodisasini ochishga turtki bo‘ldi.
Transduksiya jarayoni 1952-yilda N. Jinder va F. Lederberg tomonidan kashf etilgan. Bu kashfiyotga qadar bakteriya hujayrasiga fagning irsiy materiali (nuklein kislota) kirganda faglarning hujayrada ko‘payishi oqibatida bakteriyaning hujayra qobig‘i yorilib o‘lishi, ya’ni lizis bo‘lishi ma’lum edi xolos. Bu jarayon faglarning litik reaksiyasi deb ataladi. Ammo, bakteriya hujayrasiga tushgan fag doimo ham shu hujayrani nobud qilavermaydi. Bunday holat hujayra ichiga kirgan fag DNK molekulasi bakteriya DNK molekulasi nukleotidlarining maxsus ketma-ketligini topib birikishi natijasida sodir bo‘ladi. Bakteriya irsiy molekulasi tarkibida nofaol — profag holatga o‘tadi. Xro- mo somasida profag bo‘lgan va erkin ko‘paya oladigan bakteriyalarni lizogen bakteriyalar, jarayon esa lizogen reaksiyasi deb ataladi (21-rasm). Fag nobud bo‘lgan hujayradan sog‘lom hujayraga o‘tayotganida nobud bo‘lgan bakteriya xromosomasining biron bo‘lagini o‘zi bilan birga olib o‘tkazishi mumkin. Bitta bakteriyalar hujayrasidan ikkinchisiga faglar orqali genlarning o‘tishiga transduksiya deyiladi. Faglar orqali ikkinchi bakteriya hujayrasiga o‘tgan genlar bu bakteriyaning irsiyatini o‘zgartiradi.
21-rasm. Faglarning hayot sikli:
A. Faglarning litik hayot tarzi: 1 — fag; 2 — bakteriya hujayrasi, 3 — fag- ning bakteriya hujayrasiga birikishi; 4—5 — ayrim bakteriyalarda faglar 15—60 min. ichida va 37°Cda litik siklga kiradi, bakteriyada mavjud bo‘lgan barcha nukleotidtrifosfatlardan foydalanib fagning DNK molekulasi (xromosomasi) replikatsiyalanib ko‘payadi, 6 — fag xromosomasi o‘zi uchun oqsil qobiq sintez qilib o‘z sathiga biriktiradi va fag zarrachalari hosil bo‘ladi. 7 — natijada bakteriya hujayrasining qobig‘i yoriladi va fag tashqi muhitga chiqib boshqa bakteriyani zararlantiradi. B. Faglarning lizogen holatga o‘tishi: 1 — fag xromosomasi bakteriya xromaosomasiga rekombinatsiyalanadi va profag holatga o‘tadi; 2 — natijada lizogen bakteriyalar hosil bo‘ladi; 3 — tashqi muhit ta’sirida ayrim holatlarda lizogen bakteriyadan fag xromosomasi ajralib chiqadi va 4 — faglarn ing litik (A) yoki lizogen (B) hayot sikli davom etadi.
Adabiyotlar
1. G’afurov A. T. Darvinizm Toshkent, o’qituvchi1992 yil. 2. Воронцов Н. П.,Сухорукова Л.Н. Эволюционная органического мира. М. Просвешение 1991 3. To’raqulov Yo. X. malekulyar biologiya. Toshkent, o’qituvchi1993 yil 4. Иорданскис Н. Н. Эволюция жизни. М.Издательский центр “Академия” 2001 5. Inge-Vechtomov S.G. Genetika s osnovami selektsii. Moskva., «Vsshaya shkola», 1989 g. 6. Lobashev M.Ye., Vatti K.V., Tixamirova M.M. Genetika s osnovami selektsii. Moskva, «Prosveshenie», 1979 god.