Genealogiya va egizaklar usullarining biz bilmagan jihatlari


Key words: genealogy, family tree, generation, heredity, type.    GENEALOGIYA



Yüklə 49,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix22.12.2023
ölçüsü49,47 Kb.
#190203
1   2   3   4
Djumaniyozova Yulduzxan Kerimboyevna

Key words:
genealogy, family tree, generation, heredity, type. 
 
GENEALOGIYA 
(yun. genealogia — shajara) yordamchi tarix fanlaridan biri (17—18-a. larda vujudga 
kelgan). Bilimlarning amaliy sohasi, shajaralar tuzish. Urugʻ va oilalarning kelib chiqishi, 
ayrim shaxslar tarixi va qarindoshlik aloqalarini oʻrganadi. Biz ushbu maqolamizda 


Международный
научный
журнал

5
(100), 
часть
1
 
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
117 
genealogiyaning tibbiy nuqtayi nazaridan tahlil qilamiz. Asosiy muhokamani mavzuyimiz 
genealogiyaning tahlilimiz usullariga qaratamiz.
Genealogiya usuli — eng universal, oddiy, qulay usul bo‘lib, belgining bir nechta 
avlodda irsiylanishini aniqlashga asoslangan. Usulni amalga oshirish bosqichlari: 1. 
Ma’lumotlar yig‘ish. 2. Shajara (genealogik xarita) tuzish. 3. Shajarani tahlil qilish. 4. Xulosa 
yozish. Ma’lumotlar to‘plashda so‘rab-surishtirish, anketalar to‘ldirish va shaxsiy ko‘rikdan 
o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Avlodlar shajarasini tuzishni proband haqida ma’lumot 
yig‘ishdan boshlanadi. Proband — avlodlar shajarasi aniqlanishi kerak bo‘lgan, kasal yoki 
sog‘ belgini tashuvchi shaxsdir. Probandning aka-uka yoki opa-singillari sibslar deyiladi. 
Avlodlar shajarasini tuzishda juda puxta ishlash, savollarni aniq va to‘g‘ri bera bilish 
shifokordan katta mutaxassislik mahoratini talab qiladi. Shajaraning har bir a’zosi 
to‘g‘risida, uning probandga qanday aloqadorligi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot yoziladi
keyin ularni grafik tarzda ifodalanadi. Avlodlar shajarasini tuzishda quyidagi standart 
simvollardan (belgi) foydalaniladi. Uchinchi bosqichda tuzilgan shajara batafsil tahlil qilinib 
o‘rganilayotgan belgi yoki kasallik haqida xulosa yoziladi. Genealogiya usuli quyidagilarni 
aniqlashga imkon beradi:
1. Belgining irsiy yoki irsiymasligini.
2. Irsiylanish tipini.
3. Mutant genni geterozigot tashuvchilar deb shubhalangan shaxslarni.
4. Irsiy kasalliklarning geterogenligini (genokopiyalarni).
5. Keyingi avlod prognozini.
6. Penetrantlik va ekspressivligini. 
7. Xromosomalarni xaritalashtirishni.
8. Genlarning o‘zaro ta’sirini.
Irsiylanish tiplari, ularning xarakterli belgilari. I. Autosoma dominant tipida irsiylanish 
(A — D) — autosomalarda joylashgan dominant genlarga bog‘liq. Misollar: sochning 
jingalakligi, ko‘z qoraligi, miopiya, braxidaktiliya, polidaktiliya, Rh+, IA, IB qon guruhlari va 
boshqalar.
Harakterli belgilari:
1. Belgi har ikkala jinsda bir xil chastotada uchraydi.
2. Belgi hamma avlodlarda kuzatiladi (vertikal, gorizontal irsiylanadi).
3. Kasal bolaning tug‘ilish ehtimoli 50% dan 100% gacha.
4. Penetrantligi va ekspressivligiga qarab ayrim avlodlarda kuzatilmasligi mumkin 
II. Autosoma — resessiv tipda irsilanish (A — R) — autosomada joylashgan resessiv 
genlarga bog‘liq. Misollar: albinizm, chapaqaylik, ko‘k ko‘z, silliq soch, fenilketonuriya, Rh-, 
I0 qon guruhi va boshqalar. Xarakterli belgilari:
1. Kasallik yoki belgi avlodlarda kam kuzatiladi.
2. Kasallik yoki belgi gorizontal irsiylanadi (ayrim oilalarda ko‘p uchrashi mumkin, 
hamma avlodlarda ham kuzatilmaydi).
3. Qarindoshlar nikohidan kasal bolalar ko‘p tug‘uladi.


Международный
научный
журнал

5
(100), 
Yüklə 49,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin