Geoaxborot tizimining ilmiy
asoslari
26
asosida boshqa fanlar, jumladan, matematika, statistika, informatika kabi bilimlar
bu yerda ham takrorlanadi.
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslarini biz bundan buyon geoaxborot tizimi
degan tuchunca bilan adashtirmasligimiz zarur. Sababi, GAT
–
bu dasturlari turli
ma’lumot toʻplashga moʻljallangan jihozlardan tashkil topgan tizimdir. Ilmiy
asoslari deganda esa ma’lum bir fakt, mavzu yoki hodisani tushunishga, uning
ilmiy jihatlarini oʻrganishga yordam beruvchi fanni tushunishimiz kerak boʻladi.
Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan dasturiy ta’minotlar
Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan maxsus dasturlar asosan ikki turga
boʻlinadi va ular quyidagilardan iborat:
1.
Pulli dasturlar.
Ular jumlasiga hozirda mashhur boʻlgan ESRI
kompaniyasining ArcView oilasidagi dasturlar, GIS MapInfo Professional,
AutoCAD Map 3D, Geomedia Professional, Panorama, RemoteView,
Bentley Map, Erdas Imagine kabilar kiradi.
2.
Ochiq kodli dasturlar.
Mazkur bepul geoaxborot tizimi dasturlariga
Quantum GIS (QGIS), GRASS GIS, gvGIS, ILWIS, JUMP GIS,
MapWindow GIS, SAGA GIS, Capaware, FalconView, Kalypso,
TerraView, Whitebox GIS kiradi.
ArcView dasturiy tizimi.
ArcView ESRI kompaniyasining dasturi boʻlib,
bu dastur avlod sifatida bir necha seriyalar turkumida ishlab chiqiladi. ArcView
dasturining ilk avlodi 1993-yili Arc/Info tizimi uchun qoʻshimcha sifatida
yaratildi va bu dastur ommaviy ravishda foydalanuvchilar uchun moʻljallangan.
ArcView kartografik ma’lumotlarni yaratish, tahlil qilish va tasvirlash uchun juda
qulay dastur hisoblanadi. ArcView ning birinchi va ikkinchi versiyalari ma’lum
hudud boʻyicha tarqalgan geografik ma’lumotlar (obyekt va hodisalar) ni koʻrish va
tahlil qilish uchun eng oddiy va shu bilan birga samarali dastur sifatida ishlab
chiqilgan. Bu dasturni qoʻllash sohalari turlicha, ya’ni biznes va fan, ta’lim va
boshqaruv, ijtimoiy soha, demografik va siyosiy izlanish, sanoat, ishlab chiqarish
va ekologiya, transport va neft-gaz sanoati, yerdan foydalanish va kadastr hamda
boshqa sohalardir.
|