Geografiya darslarida amaliy mashg’ulotning
o’rni va ahamiyati.
Amaliy mashg`ulot darslari umumiy o’rta ta’lim maktablarida o`quv
jarayonining asosiy shakllaridan biri bo`lib unda, o`quvchilarning mustaqil ishlash
qobiliyatlari shakllantiriladi. O`z bilimlarini chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi.
Amaliy mashg`ulot darslariga o`qituvchi juda puxta tayyorgarlik ko`rishi talab
etiladi. U amaliy mashqlar yechish davomida paydo bo`ladigan har qanday
muammolarni atroflicha o`quvchilarga tushuntirib berish qobiliyatiga ega bo`lishi
lozim.
O`qituvchi har bir amaliy mashg`ulot darsini o`tkazish rejasini puxta tuzib
chiqishi kerak. Uni qanday yangi pedagogik texnologiyalaridan yoki yangi
interaktiv usullardan foydalanishni aniqlab olishi zarur. Kerakli ko`rsatma va
tarqatma materiallarini oldindan tayyorlab qo`yish talab etiladi. Amaliy
mashg`ulotda yangi pedagogik texnologiyalar yoki interaktiv usullardan
foydalanish uchun imkoniyatlar katta bo`ladi. O`qituvchi darsga kirib tashkiliy
ishlarni o`tkazadi, sinf xonasini darsga tayyorgarligi yozish va o`cherish
vositalarining mavjudligi hamda o`quvchilarning davomati aniqlanadi. Amaliy
mashg`ulot darslarida savol-javoblar, diskussiyalar tashkil qilinadi, faol ishtirok
etgan talabalar rag`batlantiradi.
Amaliy mashg`ulot darslarini dastur bo`yicha sifatli o`tilishini o’quvchilar
bilimining o`z vaqtida adolatli va xolisona baholanishini nazorat qilib borishi shart.
Amaliy mashg`ulotda ko`proq o`quvchilar guruhini bir nechta kichik guruhlarga
ajratib o`qitishning aqliy hujum, bahs-munozara, suhbat metodlaridan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Bu metodlar o`quvchilarni mavzu yuzasidan ko`proq
mustaqil fikr yuritishga, o`z fikrini bayon etishga undaydi. Darsga bo`lgan
qiziqishlarini oshirib, diqqatlarini jamlashga o`rgatadi. Bundan tashqari amaliy
mashg`ulot so`ngida o`qituvchi har bir o`quvchining faoliyatini togri va xolisona
baholashga erdishishi zarur. Shuningdek, baholarni e`lon qilib faol o`quvchilarning
familiyalarini aytib rag`batlantirishi va aksincha passiv, nutqi rivojlanmagan yoki
uyatchan o`quvchilarga yengil tanbeh berishi ham muhim ahamiyatga ega.
Geografiya tabiiy fanlar ichida o’zining keng qamrovligi, qiziqarligi va
ommabopligi bilan ajralib turadi. Geografiya o’quv dasturi hamda geografiyadan
qabul qilingan davlat ta’lim standartlarida ko’rsatib o’tilgan talablarda o’quvchilar
o’rganib o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar keltirilgan.
Ammo, geografik obyekt, hodisa va jarayonlar, ularni keltirib chiqaradigan sabab –
oqibat bog’lanishlarini mohiyatini to’liq anglab yetish uchun nazariy bilimlarning
o’zi kifoya etmaydi. Nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun ayrim geografik
hodisa va jarayonlarga oid mashq hamda masalalar yechish zarurati o’z–o’zidan
paydo bo’ladi. Ko’pgina geografik qonuniyatlar mazmunini tushunish uchun
tegishli hisob – kitob ishlarini bajarish kerak. Geografiyadan mashq va masalalar
yechish o’quvchilarda quyidagi ijobiy fazilatlarni tarbiyalashga ximat qiladi: 1.
O’quvchilarda mantiqiy fikrlash qobiliyati rivojlanadi. 2. O’quvchilarda geografik
obyekt, hodisa va jarayonlarning tashqi ko’rinishi bilan birga uning ichki
tuzilishini tasavvur eta bilish qobiliyati rivojlanadi. 3. O’quvchilarda geografik
obyekt, hodisa va jarayonlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlashga qaratilgan
bilimlar rivojlanadi. 4. O’quvchilarda muayyan geografik obyekt, hodisa va
jarayonlar ko’lamini aniqlashga doir hisoblash malakalari takomillashadi. 5.
O’quvchilarda ilmiy dunyoqarash va mantiqiy tafakkurlay olish malakalari
shakllanadi.
Quyida sing xonasida bajariladigan ayrim amaliy mashg’ulotlar bilan
tanishib chiqamiz
Dostları ilə paylaş: |