Geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasining yig‘ilish bayonnomasi



Yüklə 33,73 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü33,73 Kb.
#193054
  1   2   3
1-баённома


Geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasining yig‘ilish
BAYONNOMASI


2023 yil 28-avgust: Kafedra 17- auditoriya


Yig‘ilish raisi E.E.Qobilov – kafedra mudiri


Yig‘ilish kotibi: S.A. Suyarov
Ishtirokchilar: Kafedra professor
o‘qituvchilari va texnik xodimlar (jami 14 nafar kishi).

KUN TARTIBI:


1. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligini nishonlash tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish haqida.
2. Kafedraning 2023-2024 o‘quv yiliga tayyorgarlik darajasi to‘g‘risida: o‘quv yili uchun kafedra umumiy ish rejasi (o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy, tashkiliy, ilmiy-uslubiy ishlar, kafedra yig‘ilishlari rejalari) ni tasdiqlash
3. 2023-2024 o‘quv yili uchun kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamalarini tasdiqlash.
4. Kafedrada o‘qitiladigan 1 kurslar uchun Fan dasturi va barcha kurslar uchun sillabusini tasdiqlash.
5. Har xil masalalar.
ESHITILDI.
Yig‘ilishni kafedra mudiri prof. E.E.Qobilov ochdi va yig‘ilganlarni kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdib birinchi masala yuzasidan gapirdi.
Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror matnini e’lon qildi.
Qarorda ta’kidlanishicha, aynan 1991-yil 31-avgust kuni xalq o‘z vatani, taqdiri va kelajagiga o‘zi egalik qilish huquqini qo‘lga kiritgan. Dunyo xaritasida O‘zbekiston Respublikasi – yangi suveren va mustaqil davlat paydo bo‘lgan.

  • “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi tasdiqlandi.

  • Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali bajarilishi hamda Mustaqillik bayramining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda nishonlanishini taʼminlaydi;

  • barcha hududlarda aholining keng qatlamlari o‘rtasida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy anjumanlar, “uch avlod uchrashuvi” tadbirlari, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, milliy kino kunlari, gastronomik festivallar, sayillar, madaniyat va sport tadbirlarini samarali o‘tkazish maqsadida atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va sanʼat arboblari, taniqli sportchilardan iborat targ‘ibot guruhlarini tashkil etsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishini taʼminlaydi;

  • belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlarining hisobotlarini o‘z yig‘ilishlarida muntazam ravishda eshitib boradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga yuqori professional mahorat va tajribaga ega bo‘lgan ssenarist va rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, bastakor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, isteʼdodli yosh ijrochilar, maqom va baxshichilik sanʼati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etiladi.
Joylarda Mustaqillik bayramini yurtdoshlarning talab va istaklari asosida, bugungi davr ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi:

  • yangilangan Konstitutsiya mazmun-mohiyati va “O‘zbekiston—2030” strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, taʼlim va mehnat jamoalarida maʼrifiy uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;

  • so‘nggi yillarda respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni aniq misollar asosida keng yoritish;

  • “Har bir kun – bu imkoniyat, har bir kun – bu kelajak uchun poydevor” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini ochib berish;

  • sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy eʼtibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, oila, onalik va bolalikni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ijtimoiy dasturlarga alohida eʼtibor qaratish;

  • mamlakatda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasida do‘stlik va totuvlik muhitini yanada mustahkamlash, jamiyatda tinch va osoyishta hayotni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish;

  • Vatan mustaqilligi, uning xavfsizligi va hududiy yaxlitligining ishonchli kafolati bo‘lgan O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining harbiy jangovar qudratini oshirish va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir!” tamoyilini ro‘yobga chiqarish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ‘ib etish;

  • Mustaqillik bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, mehnat faxriylari, nuroniy otaxon va onaxonlarimiz, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “mehr daftari”ga kiritilgan hamda eʼtibor va ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga moddiy va maʼnaviy yordam berish bilan bog‘liq xayriya tadbirlarini amalga oshirish.

  • Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda bir hafta muddatda Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan teatrlashtirilgan konsert tomoshasining dasturi va ssenariysini ishlab chiqsin hamda mazkur konsert tomoshasini yuksak g‘oyaviy-badiiy saviyada tayyorlash choralarini ko‘radi;

  • O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi bilan birgalikda “Ona diyor ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi anʼanaviy ko‘rik-tanlovlarni yuqori darajada o‘tkazishni taʼminlaydi;

  • O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda yurtimiz istiqlolini tarannum etuvchi eng yaxshi qo‘shiq va musiqa asarlari tanlovining yakuniy bosqichini o‘tkazadi;

  • mazkur tanlovlarning g‘olib va sovrindorlarini Mustaqillik bayrami arafasida eʼlon qilish va tantanali ravishda taqdirlash choralarini ko‘radi.

Belgilab qo‘yilishicha, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – tegishli mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan;

Prof Qobilov so‘zida davom etar ekan Mustaqilligimizni 32 yillik bayramini talabalar bilan yuqori saviyada o‘tkazilishini tashkil etishda barcha professor-o‘qituvchilardan tashabbuskor bo’lishlarini so‘radi.

Yüklə 33,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin