Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari. Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari - hamkorlikda o’qitishning asosiy g’oyasi o’quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish balki hamkorlikda o’qtishni o’rgatishga asoslangan dars metodlariga aytiladi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyalariga asoslangan dars metodlariga komandada o’qitish,arra,mutaxassislar uchrashuvi, kichik guruxlarda ishlash kabilarni keltirish mumkin.
O’yinli mashiqlar texnologiyasi-dars jarayonida o’quv faoliyatini o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslarga aytiladi. Mazkur o’qitish metodlariga zakovat, zinama-zina, kim miloner bo’lishni xoxlaydi, keys kabi darsturlarini keltirish mumkin.
Mazkur texnologiyalarni dars davomida qo’llashda quyidagilarga etibor berish lozim:
1.Fan dasturi va o’quv rejasidan chetga chiqmagan xolda har bir mavzuga oid dars ishlanmasini tuzish. Unda har bir mavzuning mazmun moxiyatidan kelib chiqqan xolda dars metodlari tanlanadi.
2. Vaqt reglamentiga etibor qaratish.
3.O’tilgan mavzuni mustaxkamlash (darsdagi yutuq va kamchiliklarni muxokama qilish).
Hozirgi zamon yoshlarini fan asoslari bilan qurollantirishda, o`qitishning ilg`or pedagogik texnologiyalari yutuqlari asosida berilayotgan ma`lumotning o`quvchi tomonidan qisqa vaqt ichida kafolatlangan yuqori natijalar bilan o`zlashtirishni ta`minlaydigan ilg`or pedagogik innovatsion hamda axborot kommunikatsion texnologiyalari (AKT) bugungi kunning talabi bilan jahon standarti asosida maktab tizimiga sekin-asta bo`lsada kiritilmoqda.
Bugungi kunda dars jarayonini maktab tizimiga kiritilgan AKT sirasini tashkil etuvchi mul`timedia vositalarisiz tashkil etishni tasavvur etib bo`lmaydigan holat sifatida sharhlansa arziydi. Negaki, bugungi AKT bu- davlatning shunchaki iqtisodiy infratuzilmasini tashkil etuvchi tizim sifatida baholangan o`tmish davrlaridagi ko`lamidan hatlab o`tib, ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy-madaniy hayotning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Pirovardida, hayotiy ilmlardan saboq beruvchi maktab ta`lim-tarbiyaviy jarayonlari ham ijtimoiy-madaniy hayotning aks-sadosi bo`lmish ana shu ilm - fan taraqqiyotining mevasi bo`lmish AKT vositalari asosida tashkil etiladigan mashg`ulotlarga o`zining keng qulochini ochmoqda.
Axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida o`qitishni amalga oshirishda birinchi asosiy va zaruriy muammolardan biri- uzatiladigan bilimlarning, darsning har tomonlama ilmiy, amaliy, muammoli va nihoyat, yetarlicha ko`rgazmali hamda u yoki bu hodisa, qonun yoki texnologik jarayonga bog`liq bo`lgan va uning mazmunini to`ldiruvchi aniq va tushunarli ilovalar, ko`rgazmalar bilan to`ldirilgan bo`lishi shartligi bilan izohlanadi.
Ikkinchidan uzatiladigan ma`lumotning ilmiy ahamiyatli qismlarini yetarlicha darajada soddadan murakkabga qarab tushuntirish metodikasidan tizimli foydalanilgan holda amalga oshirilishi zarur.
Boshlang`ich sinflarda Geografiya darslarini mul’timedia vositalari asosida tashkil etish o`qituvchi uchun har tomonlama qulaylik tug`dirib qolmasdan, ta`lim-tarbiya oluvchi ham bugungi kun talabiga mos sifatli bilimga ega bo`lish imkonini beradi. Zero, rivojlangan davlatlarda mul`timedia vositalari asosida boshlang`ich sinf darslarini tashkil etish odatiy holga aylanib ulgurgani holda, bizda bu sohaga oid hali qilinishi lozim bo`lgan ishlar katta salmoqni tashkil etadi. YUNESKO ta`biricha, mediata`lim uzluksiz ta`lim tizimi bilan chambarchas bog`liq bo`lib, bunda ta`limning turli bosqichlarida moslashtirgan holda foydalanish maqsadga muvofiq.
O`zbekiston uzluksiz ta`lim tizimida mediata`limdan foydalanish samaradorligini boshlang`ich ta`lim, kasb-hunar kollejida, keyinchalik, oliy o`quv yurtlarida o`qitish orqali amalga oshirish mumkin.
Hususan:
Boshlang`ich ta`limda o`quvchilar:
- mediadan axborot va dam olish (ko`ngil ochish) uchun foydalanish;
- mediani eng sodda tadqiqot ishini bajarish uchun qo`llash;
- mediadan o`qish-o`rganishda foydalanish;
- mediani mediamatn tili hamda bir necha shakllarini baholash uchun qo`llash(yangilik, animatsiya, reklama, drama va b.);
- mediauskunalarning eng muhim qismlari qanday nomlanishi (atamalari) ni bilish (kamera, proyektor, kompyuter, slayd va b.) ushbu uskunalar ko`magida asosiy operatsiyalarni amalga oshira olish;
- mediamatnlarning qismlarini ajrata olish (masalan: kadrlarni);
- mediakasbning asosiy turlarini bilsih (jurnalist, rejissyor, operator va boshqalar.);
- mediamatndagi syujet bog`lanishi va yechimini tushunish va tushuntirib berish;
- syujetdagi so`zlar va ovozlarning rolini anglash (masalan: reklamadagi);
- media shakllari va vositalarini tanlay olish (masalan: fotografiya, rasmlar, jurnal, illyustratsiyalarini tanlash va farqlash);
- vizual matn yoki qisqa syujet rejasini tuzish va aniqlay olish(fotografiya, video, komiks, ertak, kompyuter grafikasi va h.k.);
- o`z medialoyihasi taqdimotini tayyorlash va taqdim etish ko`nikmalarini egallashlari lozim.
Mazkur jarayonni amalga oshirish uchun birinchidan mavjud maktablarda, avvalo, o`quv moddiy texnik bazani zamonaviylashtirishga e`tiborni qaratish lozim.
Ikkinchidan esa, o`qituvchilarni kompyuter internetdan xabardorlik darajasini ya`ni muloqot qilish, darslarda foydalanishda pedagogik va psixologik talablarga rioya qilish malakalarini oshirishni yo`lga qo`yish lozim.
Agar maktablarda mediata`limdan samarali foydalanish yuqorida qo`yilgan talablar darajasida amalga oshirilsa, o`quvchilarda mediata`limdan foydalanish ko`nikmasi, malakasi, madaniyatining rivojlanishi, ularning kelgusi faoliyatlarida ham samarali va o`rinli foydalanish imkonini beradi.
Bugungi shiddatkor zamonda mediata`limsiz ta`limning boshqa turlari yoki bosqichlari rivojlanishini, shuningdek, ta`limning so`nggi yutuqlaridan xabardorlikni tasavvur qilish qiyin. Shunday ekan, mediata`limni rivojlantirish dolzarb muammo sifatida o`rganilishini taqazo etadi.