Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya


Qurilish qorishmalari xaqida Umumiy ma’lumotlar



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə4/9
tarix17.03.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#88565
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kamolov 222

1.3 Qurilish qorishmalari xaqida Umumiy ma’lumotlar
Qorishmaning qulay joylanuvchanligi yuzada bir jinsli yupqa qatlam bo‘lib quyilish xususiyati tushiniladi. Qorishma aralashmasining qulay joylanuvchanligi harakatchanlik darajasiga va suv ushlashlik xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Qorishma aralashmasining harakatchanligi massasi 300 g li o‘tkir burchagi 300 bo‘lgan metall konusning qorishmaga botish chuqurligi bilan aniqlanadi (1-rasm).

1-rasm. Qorishma aralashmasining harakatchanligini aniqlash uchun standart konus asbobi
1-shtativ; 2 va 3-ushlagichlar; 4-prujinali tugma; 5-siljiydigan sterjen; 6-konus; 7-siferblat; 8-qorishma aralashmali idish.
Konus uchi qorishma yuzasiga tekkiziladi va prujinali tugma bo‘shatiladi. Bunda konus qorishma ichiga botadi. Botish chuqurligi qorishmaning quyuqligiga bog‘liq bo‘lib, qorishma suyulgan sari konus chuqurroq cho‘ka boshlaydi. Qorishmaga konusning cho‘kishi (SM) uning harakatchanligini ifodalaydi. Qorishmaning harakatchanligi sement va boshqa mineral bog‘lovchilarning turiga,mayda to‘ldirgich va mineral qo‘shimchalarning dispersligiga va suvning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Qorishma tarkibida suv miqdorini ko‘paytirish hisobiga harakatchanligini istalgancha oshirish mumkin, ammo suv miqdorining oshirilishi qorishma mustahkamligiga va sovuqqa chidamliligiga, qolaversa, qorishma aralashmalarining qatlamlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Suv miqdorini oshirmasdan harakatchan qorishmalar tayyorlash uchun tarkibiga plastifikatsiyalovchi polimer qo‘shimchalar kiritish tavsiya etiladi.
Qurilish qorishmasi aralashmasining harakatchanligi ishlatilish sohasi, qishki va yozgi sharoitlarga moslab belgilanadi.
Suv ushlashlik xususiyati qorishma aralashmasining g‘ovakli asosga yotqizganda suvni saqlash va tashish jarayonida qatlamlanmaslik xossasiga aytiladi.
Qorishma aralashmasining suv ushlashlik xossasi aktiv mineral kukunlar yoki polimer strukturali adsorbentlar (gelpolimerlar va boshqalar) qo‘shilib oshiriladi.
Bunday moddalar qo‘shilgan qorishmalar g‘ovak asoslarga (g‘isht, beton va
sh.k) asta-sekinlik bilan suvni beradi va zichligi, mustahkamligi oshadi.
Qorishmaning asosiy xossalariga mustahkamligi va sovuqqa chidamliligi kiradi. Zarurat bo‘lganda qorishmaning asosga yopishishi va deformativ xususiyatlari (kirishishi, elastiklik moduli va sh.k) aniqlanadi.
Mustahkamlik. Qotgan qorishmaning mustahkamligi mineral bog‘lovchining aktivligiga, suv-sement nisbatiga, qotish muddati va sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
Qorishmaning siqilishdagi mustahkamligi (markasi) o‘lchamlari 7,07x7,07x7,07sm bo‘lgan kublar yoki 4x4x16sm to‘sinchalarni standart usulda 28 sut. normal sharoitda saqlangandan keyin sinab aniqlanadi.
Sementli qorishmaning mustahkamligini sementning aktivligi va sement-suv nisbatiga bog‘liqligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: R280,4Rs(SS-0,3)
Ushbu formula yordamida mustahkamlikni aniqlash g‘ovak buyumlar ustiga yoyiladigan sementli qorishmalarga ta’luqli bo‘ladi.
G‘isht, beton va boshqa g‘ovak materiallarga yoyiladigan sementli qorishmalar mustahkamligi sement-suv nisbatiga bog‘liq bo‘lmay, balki faqat sementning sarfiga bog‘liq bo‘ladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
R28kRs(S-0,05)4
Keltirilgan formula sement-ohakli qorishmalarga tegishlidir: Ssement sarfi, tm3 qumga nisbatan; k koeffitsienti qumning sifatiga bog‘liq: yirik qum uchun-2,2, o‘rtacha yiriklikdagi qum uchun 1,8 va mayda qum uchun-1,4. Sementli aralash qorishmalarning mustahkamligi qorishma tarkibiga kiritiladigan ohak yoki giltuproqning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Aralash qorishmalar mustahkamligi va plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalar (ohak, giltuproq) miqdori o‘rtasidagi umumiy bog‘liqlik keltirilgan. Keltirilgan grafiklarga binoan qorishmalar tarkibida mayda to‘ldirgichni ko‘paytirish mustahkamlikning pasayishiga olib keladi.
Qurilish qorishmalari 28 sutkadagi siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga nisbatan quyidagi markalarga bo‘linadi: 4, 10, 25, 50, 75, 100, 150, 200 va 300.
Normal sharoitda sementli qorishmalar mustahkamligi beton kabi uzoq muddat davomida oshib borishi mumkin.
Sementli qorishmalar mustahkamligi 7 sut 40-50%, 14sut 60-70%, 28 sut 100%, 90 sut 130% markadagi mustahkamlikka nisbatan oshib borishi mumkin.
Binolarning tashqi devorlariga g‘isht, tosh terishda sement-ohakli va sement-giltuproqli aralash 10, 25 va 50 markadagi qorishmalar ishlatiladi. Bino karnizlari, stolbalari, deraza va eshik ustidagi g‘isht va toshlar terishda 100 markadagi qorishma ishlatiladi.
Vibrog‘isht panellari tayyorlashda 75, 100, 150 markadagi sementli va shlakli sement asosidagi qorishmalar qo‘llaniladi.
Engil betondan tayyorlangan panellar choklarini berkitishda 50 markadan kam bo‘lmagan, og‘ir beton panellar uchun esa 100 markadan kam bo‘lmagan sementli montaj qorishmalari ishlatiladi.
Er osti konstruksiyalarini g‘isht va toshdan barpo etishda, beton poydevor bloklarini terishda sement sarfi qumning miqdoriga nisbatan
kamida 75-125 kgm3 bo‘lishi kerak.
Yuqori namlikdagi gruntlarda va er osti suvlaridan pastda joylashgan bino qismlarida terish ishlarini olib borishda aktiv mineral qo‘shimchali portlandsement yoki shlakli portlandsement (kamida 125 kgm3 qumga nisbatan) asosidagi qurilish qorishmalari ishlatilishi kerak.
Muxit harorati pasaysa qorishmalar mustahkamligining o‘sish sur’ati ham kamayadi. Past haroratda qorishmaning mustahkamligi 28 sutkada markadagiga nisbatan 55-75% tashkil etadi. Shlakli va putssolanli sementlar asosida tayyorlangan qorishmalar 100Sdan past haroratda ishlatilsa mustahkamlikning o‘sishi keskin pasayadi va harorat 00S dan pasaygan qorishmada qotish jarayoni amalda to‘xtaydi.
Qish mavsumida ishlatiladigan qorishmalarning markasi yozdagiga nisbatan bir daraja yuqori olinadi (masalan, 75 o‘rniga 100 marka).
Sovuqqa chidamlilik. Qorishmaning sovuqqa chidamliligi 7,07x7,07x7,07sm namuna-kubiklarni standart usulda sinab topiladi. Sovuqqa chidamlilik bo‘yicha qorishma markasini belgilashda namunalar mustahkamligining 25% gacha va massasining 5% gacha pasayishi ruxsat etiladi. Tashqi devor g‘ishti, toshini terishda va suvoqchilikda ishlatiladigan qorishmalar /10, /15, /25, /35, /50 markadagi sovuqqa chidamlilikga ega bo‘lishi kerak. Muhit namligi yuqori bo‘lsa, qorishma sovuqqa chidamliligi /100, /150, /200 va /300 markalarda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Qorishmalarning sovuqqa chidamliligi mineral bog‘lovchining turiga, suvsement nisbatiga, qo‘shimchalarga va qotish sharoitiga bevosita bog‘liq bo‘ladi



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin