Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya


II BINO VA INSHOOTLARNING ZILZILABARDOSHLIGINI TA’MINLASH



Yüklə 322 Kb.
səhifə5/7
tarix08.06.2023
ölçüsü322 Kb.
#126691
1   2   3   4   5   6   7
BOBUR BINO (2)

II BINO VA INSHOOTLARNING ZILZILABARDOSHLIGINI TA’MINLASH
2.1 Seysmik hodisa qurilish ishlarini olib borish.
Seysmik hodisa. Tog’ jinslarini turli ta’sirlar natijasida tebranishiga zilzila deyiladi. Yer yuzasida zilzi natijasida sodir bo’ladigan o’zgarishlar yig’indisiga seysmik xodisa deyiladi. Har yili yer shari bo’yicha bir necha ming zilzila bo’lib turadi. Ularning yuztasi kuchli zilzila hisoblanadi. Zilzilalar hosil bo’lishiga qarab
3 turga bo’linadi
1)Denudatsion (o’pirilishlar) zilzila- tabiatda ro’y beradiganturli hodisalar (ko’chki, ag’darma vahakoza) natijada ro’y beradi. Bunday zilzilaning kuchi o’sha hodisaning hajmiga bog’liqdir
2)Vulqon zilzilalari - vulqon otilishida yer qobig’ini yorib chiqadi, natijada o’sha joyda tebranishi hosil bo’ladi. Ularning tarqalish o’sha hududning o’zida bo’ladi.
3)Tektonik zilzila- tektonik harakatlar natijasuda sodir bo’ladi. Bu zilzila eng kuchli bo’lib, tarqalish masofasi katta Zilzila hosil bo’ladigan yer qobig’idagi o’chog’i giposentr deyiladi.
Epitsentr 25-50 km Gipotsenr.Uning yer yuzasigi aksi episentr deyiladi.Yer qimirlash 12 ballik shkalada o’lchanadi. Yer qimirlash natijasida seysmik to’lqinlar tarqaladi.
Seysmik to’lqinlar 3 turga bo’linadi:
1.Bo’ylama to’lqinlar– bular tog’ jinslauni yetish bo’yicha tarqaladi va uning jaddaligi tog’ jinslarining turiga zichligiga bog’liqdir. Masalan: granit va shunga o’xshash tog’ jinsdan bo’ylama to’lqinning o’tish tezligi- 5000-7000m/s oxaktoshdan va shunga o’xshash tog’ inslaridan 2000-3000 m/s, lyoss1500 m/s, xavodan 300 m/s, suvdan 1500 m/s o’tadi.
2.Ko’ndalang to’lqinlar- zilzila o’chog’idan tik ravishda tarqalib, uning kuchi bo’ylama to’lqinga nisbatan 1.7 marta kam
3.Yuza to’lqinlar-yer qimrlash episentrida hosil bo’lib, tarqalish masofasi o’sha joydagi tog’ jinslarining turiga, zichligiga bog’liq. Grunt sharoitiga qarab, qo’shimcha ball berish: Agar joylarda 6 balgacha Yer qimirlash kutiladigan bo’lsa, inshootlarni qurishda qurilish materillarining sifatiga etibor berish kerak. Agar 6 balldan 10 ballgacha Yer qimirlashlari kuzatilsa faqatgina qurilish qurilish materiallarigina emas, balki seysmik hodisalarga chora–tadbirlar qo’llash kerak. Agar joylarda 10-12 ballik yer qimirlashi kuzatilsa, u holatda inshootlarni loyihalash, qurish tavsiya etilmaydi.

1-rasm Seysmik hududlardagi ko’p qavatli uylar
Hozirgi kunda butun dunyo seysmik jihatdan o’rganilgan bo’lib har bir joyning seysmik haritasi mavjud Sesmik haritadagi ballar joyning grunt sharoitiga qarab o’rganiladi: yoki qo’shiladi, yoki kamaytiriladi. Qo’shimcha ball berish joyning litalogik uzilishi, geomorfolo’gik tuzilishi, gidrogeologik sharoitiga, tektonik sharoiti, joydagi jarayon va hodisalarning tarqalishi, gruntlarning fizik- mehanik xossalari hisobiga olinadi.Agar joyning geologo- litalogik haritasi mavjud bo’lsa, u holda QMQ ga asosan o’rtacha seysmik balli mintaqah tanlanadi.
QMQ ga asosan, o’rtacha balli mintaqadeb, rel’efi tekis, qalinligi 20 metrdan oshmagan, suglinokdan tashkil topgan, Yer osti suvi chuqurligi 10 metrdan past joylashgan maydonlar olinadi. O’rtacha balli mintaqaga asosan yuqoridagi omillarga asoslanib qo’shimcha ball beriladi. Agar joylarda qoya tog’ jinslari tarqalgan bo’lsa, u holda o’rtacha balldan -1ball olib tashlanadi Agar gilli gruntlar tarqalgan va ularning qalinligi 20 metrdan oshsa, u holda + 1ball qo’shimcha ball beriladi. Agar sochiluvchan gruntlar bo’ldsa, ularning zichligi, namligiga qarab, -1 yoki +1 qo’shimcha ball beriladi. Agar mahsus sinf gruntlari bo’lsa ularning tarqalishiga, qalinligiga, hosil bo’lishiga qarab -1 yoki+1ball beriladi. Agar yer osti suvlarining chuqurligi 0-4 m gacha bo’lsa, +1 qo’shimcha ball beriladi.10 m dan ko’ bo’lsa, ball berilmaydi Agar joyning relefi baland- pastliklardan iborat bo’lsa +1 bal beriladi. Agar tektonik yoriqlar bo’lsa +1ball beriladi. Agar joylarda jarayon va hodisalar tarqalgan bo’lsa, +2 +3 qo’shimcha ball beriladi.
Muhandis geologik sharoitga qarab qo’shimcha ball o’sha joyning seysmik sharoiti geofizik uslublar bilan o’rganib chiqilib, joyning mikroseysmik haritasi tuziladi. Bu haritadan inshootlarni loyihalashda, qurilishda foydalanish lozimChora-tadbirlar quydagilardan iborat: Sifatli homashyodan foydalanish Seysmik choklardan foydalanish

Yüklə 322 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin