293
Berilgan abstsissa o’qi
uchun
ayrim
funktsiyalar
ordinatasini grafikka tushirish
(mas.T
1
vaqt uchun) yo’li bilan
bir
qator grafiklar hosilalari
tuziladi. Bular bosim bilan
ayni paytda chiqarib olingan
neft orasidagi bog’liqlikni (1
va 3 nuqtalar), bosim bilan
qazib olingan neftning umumiy
miqdori orasidagi bog’liqlikni
(1 va 2 nuqtalar),
hozirgi
kunda olingan neft miqdori
bilan
gaz
omili
orasidagi
bog’liqlikni (3 va 4 nuqtalar)
va sh.o’. larni tavsiflaydi.
Abstsissa o’qining boshqa
ko’pgina nuqtalari (T
2
, T
3
va
sh.o’. nuqtalar) uchun yuqorida
qayd
etilgan
nisbatlarni
hisobga olmasdan,
qatlamning
ishlatish jarayonida yuzaga keladigan o’zgarishlarni ifodalaydigan qo’shimcha egri
chiziqlar chiziladi. Keyinroq, qatlamdagi bosimlarning qanday taqsimlanganligini
o’rganish uchun izobara xaritasi tuziladi. Xaritani tuzishda chuqurlik monometri
bilan o’lchangan
qatlam bosimi, qatlamning suv sathi o’lchovlari, shuningdek,
pezometrik va kuzatuv quduqlari ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Quduqning unumdorligining va suvlanish holatining o’zgarishini tavsiflashda
uning boshlang’ich, joriy va umumiy debitini ifodalaydigan xarita tuziladi. Mazkur
xaritani tuzish markazi quduq joylashgan nuqtada bo’lgan
aylanani chizish bilan
boshlanadi. Aylana radiusi (masshtab bo’yicha)
r
2
=Q formula bo’yicha aniqlanadi
va bunda aylana maydoni quduqning debiti Q ni ifodalaydi (masshtab bo’yicha).
Suvlanishni tavsiflash uchun aylana maydoni 100% suvlangan deb qabul qilinadi.
Masalan, 25% suvlanishga teng bo’lsa unga 90
0
li yoy to’g’ri keladigan sektor
maydoni to’g’ri keladi.
Mazkur xaritalarda neftlilikning boshlang’ich va joriy chegaralari aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: