Chizma:
Yechish:
Berilganlarga qarab, 1-shakl kvadrat va uning yuzi 100 sm
2
tengligidan
uning tomoni 10 ga tengligini topamiz. 2-shaklning yuzi 4 sm
2
va u ham kvadrat shakl
ekanligidan uning tomoni 2 sm ligini aniqlaymiz. 3-shakl ham kvadrat va uning yuzi
64 sm
2
ga tengligidan tomoni 8 sm. ligini aniqlaymiz. 6- va 7-shakllar ham kvadratligi
va ularning birgalikdagi bitta tomoni
10+2=12 sm
. ligini aniqlaymiz. Bundan bitta
kvadratning bir tomoni
12:2=6 sm
. ga tengligi kelib chiqadi. 4- va 5- shakllar to‘g‘ri
to‘rtburchakligi aytilgan va ularning ikkalasining birgalikdagi bir tomonining uzunligi
8+2=10 sm
. ekangini topamiz. Bitta to‘g‘ri to‘rtburchakning bir tomoni
10:2=5 sm
.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-27, Issue-1, February - 2023
57
ga tengligi kelib chiqadi. Ikkinchi tomoni esa
10-2=8 sm.
lini bilgan holda barcha
shakllarning yuzi va perimetrlarini topamiz.
Yuzalar:
6- va 7- shakllarning yuzi
6∙6=36 sm
2
ga,
4- va 5- shakllarning yuzi
5∙8=40 sm
2
ga teng. Umumiy shaklning yuzi esa
(10+6)∙(10+10)=16∙20=320 sm
2
ga
teng bo‘ladi.
Perimetrlar:
1-shakl
4∙10=40 sm
, 2-shakl
4∙2=8 sm
, 3-shakl
4∙8=32 sm
, 6- va
7- shakllar
4∙6=24 sm
. dan hamda 4- va 5- shakllarning perimetri esa
2∙(8+5)=2∙13=26
sm
. ga teng bo‘ladi. Umumiy shaklning perimetri esa
2∙(16+20)=2∙36=72 sm
bo‘ladi.
Umuman olganda masalalarni yuqoridagi usullar asosida bajarish natijasida
o‘quvchilarda kuzatish, solishtirish, tahlil qilish, obyektlarning o‘ziga xos
xususiyatlaridan mavhumlash, geometrik shakllarni tasniflash va umumlashtirish
qobiliyati rivojlanadi – bularning barchasi ularning kognitiv faoliyati uchun juda
muhimdir. Bundan tashqari, kosmosda amaliy yo‘nalishni rivojlantirish, vosita
ko‘nikmalari, so‘z boyligini boyitish, izchil nutq va fikrlash kichik yoshdagi
o‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga yordam beradi.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati.
1. Jumayev M.E. Matematika o‘qitish metodikasi. (OUYU uchun darslik.)
Toshkent. “Turon-Iqbol”, 2016 yil. 426 b.
2. F.M. Qosimov, M.H. Hakimova, U.J. Saidova “Boshlang‘ich sinflarda
arifmetik amallarni o‘rganish metodikasi” B. “Durdona” 2016
3. Berdiyev B.R. Matеmatika o‘qitish mеtodikasi. II kitob. (OO‘Y uchun darslik.)
Qarshi. “Fan va ta’lim”, 2021 yil. 250 b.
Dostları ilə paylaş: |