Geometrik optika va fotometriya



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə29/53
tarix17.08.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#63170
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53
2 5348125923025622643

243. Nurlanish spektirida energiyaning maksimumga to‘g‘ri keluvchi to‘lqin uzunlik 0=0.58 mkm jismning energetik nurlanish qobiliyati Re topilsin.
244. Absolyut qora jismga yaqin bo‘lgan quyoshni nurlanish spektori, monoxromatik nurlanishini maksimum intensivligi o=0.48 mkm to‘lqin uzunlikga to‘g‘ri keladi: har sekundda quyosh massasining kamayishi topilsin. Quyosh radiusi Q=7 108 m.
245. Yuzasi S=100 sm2 bo‘lgan kulrang jism har minutda =2,0 ∙104 Vb energiya nurlatadi. Jism temperaturasi T=1000 K. Jismning yutilish koeffesiyenti topilsin.
246. Absolyut qora jismning monoxromatik nurini maksimum intensivligi 0=0.6 mkm to‘lqin uzunlikga to‘g‘ri keladi. Jismning temperaturasi va uning intensivligi topilsin.
247. Absolyut qora jismning nur chiqarish qobiliyati Re=10 kVt/m2 bo‘lganda, uning temperaturasi T topilsin.
248. Eritish pechining tirqishidan nurlanish energiya oqimi F=34 Vt. Agar tirqish yuzasi S=6 sm2 bo‘lsa pech temperaturasi topilsin.
249. Agar eritish pechning temperaturasi T=1.2 kK bo‘lganda yuzasi 8 sm2 teng ko‘rish tirqishdan t=1 min. da nurlanayotgan energiya miqdori topilsin.
250. Temperaturasi T=1000 K bo‘lgan absolyut qora jismning S=1 sm2 yuzasidan t=1 min. da nurlanish energiyasi hisoblansin.
251. Absolyut qora jism nurlanishning maksimum energiyasi =0.6 mkm to‘lqin uzunlikga to‘g‘ri keladi. Jism temperaturasi T topilsin.
252. Absolyut qora jismning nurlanish spektorini 1 nm ga to‘g‘ri keluvchi energetik nurlanganligini maksimal spektral zichligi (Q) max hisoblansin. Jism temperaturasi T=1 k.
253. Silius yulduzining yuqori qatlamini temperaturasi T=100000 K. Uning S=1 km2 yuzasidan nurlanayotgan energiya oqimi aniqlansin.
254. Jism temperaturasi radiasion perometr bilan o‘lchanganda Trad=1.4 kK ga teng chiqqan, ammo uning haqiqiy temperaturasi T=3.6 kK kulrang jismning yutish qobiliyati A topilsin.
255. Agar ko‘zga ko‘rinuvchi yorug‘lik sohasida, absolyut qora jismning monoxromatik nurlanishning intensivlik maksimumi qizil chegaradan (0.76 mkm) binafsha (0.38 mkm) gacha surilsa uning temperaturasi qanchaga o‘zgarishi topilsin.
256. Nurlanishi absolyut qora jism nurlanishiga to‘g‘ri keluvchi quyoshni nur chiqara olish qobiliyatining maksimumi 0.48 mkm to‘lqin uzunlikga to‘g‘ri keladi. 1 m2 quyosh sirtidan bir sekundda qanday miqdorida energiya nurlanadi?
257. Ayusolyut qora jismni integral nurlanishning quvvati 5.5107 nurlanishning maksimumi to‘g‘ri keluvchi to‘lqin uzunlik = 0.56 mkm ga teng. Nur chiqarayotgan sirtni yuzasi topilsin.
258. Absolyut qora jism nurlanishning maksimum intensivligi 1.0 mkm to‘lqin uzunligi to‘g‘ri keladi. Agar jismning integral nurlanish intensivligi to‘rt marta ortgan bo‘lsa, intensivligi maksimumi qanday to‘lqin uzunlikka suriladi?
259. Qotayotgan qalay nurlanishning integral intensivligini absolyut qora jism nurlanishning integral intensivligiga nisbati 0.6. qalayning S=1.0 m2 yuzasidan 1.0 sekundda qancha energiya nurlaydi. Uning temperaturasi 232oS.
260. Absolyut qora jism temperaturasi 2000o K. Agar ikkinchi absolyut qora jismni maksimal nurlanishiga to‘g‘ri keluvchi to‘lqin uzunlik birinchi jismni mos to‘lqin uzunligidan 0.5 mkm ga kichik bo‘lsa, ikkinchi jismning temperaturasi aniqlansin.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin