318. Agar kumush sirtiga to‘lqin uzunligi =300 nm bo‘lgan ultrabinafsha nurlanishi yo‘naltirilsa, fotoeffekt hodisasi kuzatiladimi?
319. Foton energiyasining qanday qismi fotoelektronni urib chiqarish ishiga sarflangan, agar fotoeffektrning qizil chegarasi о=307nm va fotoelektronni maksimal kinetik energiyasi Тmax=1eV bo‘lsa.
320. Litiy sirtiga monoxromatik yorug‘lik tushmoQda (=310 nm). Elektronlar emissiyasini to‘xtatish uchun U=1.7 V dan kichik bo‘lmagan potensiallar ayirmasi qo‘yilishi kerak. Chiqish ishi A aniqlansin.
321. Platina plastinkasiga ultrabinafsha yorug‘lik bilan ta`sir etib hosil qilingan fotoeffekt hodisasini to‘xtatish uchun U=3.7 V potensiallar ayirmasi qo‘yilishi kerak. Agar platina platistinkasini boshqa plastinka bilan almashtirilsa, qo‘yilishi zarur bo‘lgan potensiallar ayirmasini U=6 V gacha oshirish kerak bo‘ladi. Shu plastinka sirtidan elektronlarni chiqish ishini aniqlang.
322. R plastinkaga =220 nm to‘lqin uzunlikdagi monoxromatik yorug‘lik tushmoqda. Fotoelektronni maksimal tezligi aniqlansin.
323. Biror bir metall sirtiga tushayotgan ultrabinafsha nurlanishining to‘lqin uzunligi aniqlansin, agar fotoelektronlarni maksimal tezligi max=10 MmG`s bo‘lsa, metalldan elektronning chiqish ishi e`tiborga olinmasin.
324. Metalldan =0.3 nm to‘lqin uzunlikdagi -nurlanish ta`sirida uchib chiqayotgan fotoelektronlarni maksimal tezligi aniqlansin.
325. Metalldagi energiyasi Е=1.53 MeV bo‘lgan - fotonlar ta`sirida uchib chiqayotgan fotoelektronlarni maksimal tezligi aniqlansin.
326. Metalldan - fotonlar ta`sirida uchib chiqayotgan fotoelektronlarni maksimal tezligi max=291 Mms. - fotonlar energiyasi aniqlansin.
327. Litiy, kaliy va seziy uchun fotoeffektning qizil chegarasi topilsin.
328. Platina sirtidan fotoeffekt tufayli uchib chiqayotgan elektronlar U=0.8 V potensiallar ayirmasi ta`sirida to‘liq to‘xtaydi. Ta`sir etayotgan nurlanishning to‘lqin uzunligi va hali fotoeffekt yuz berishi mumkin bo‘lgan chegaraviy to‘lqin uzunlik о topilsin.
329.Plank doimiysi h topilsin, agar 1=2.21013 Hz chastotali yorug‘lik ta`sirida urib chiqarilayotgan elektronlarni to‘xtatish uchun U1=6.6V potensiallar ayirmasi kerak bo‘lsa, 2=4.61013 Hz chastotali yorug‘lik ta`sirida urib chiqarilayotgan elektronlarni to‘xtatish uchun esa U2=16.5 V potensiallar ayirmasi kerak bo‘lsa.