395. Katta tezlik bilan harakat qilayotgan elektronning De-Broyl to‘lqin uzunligi =1.2110-12 m bo‘lsa uning massasi topilsin.
396. Tezlashtirilgan elektronning De-Broyl to‘lqin uzunligi =1.210-10 m. Elektronni shunday tezlashtirish uchun zarur bo‘lgan potensiallar farqi va impulsi (harakat miqdori) topilsin. Elektron massasini tezlikka bog‘liqligi e`tiborga olinsin.
397. 6000 m/s tezlik bilan harakat qilayotgan elektron bo‘ylama tezlashtiruvchi va kuchlanganligi 500 Vm bo‘lgan bir jinsli maydonga kirdi. Elektronning De-Broyl to‘lqin uzunligi 1 m ga teng bo‘lishi uchun elektron maydonda qancha masofaga boradi?
398. Elektron radiusi 0.5 sm bo‘lgan aylana bo‘ylab kuchlanganligi 3,3103 A/m bo‘lgan bir jinsli magnit maydonida aylanmoqda. Tezlikni o‘zgarishi bilan massa o‘zgarishini e`tiborga olmasdan elektronning De-Broyl to‘lqin uzunligi topilsin.
399. Kinetik energiyasi W=13.6eV (vodorod atomining ionlashish energiyasi) bo‘lgan elektronning De-Broyl to‘lqin uzunligi topilsin. Topilgan to‘lqin uzunligini vodorod atomining diametri bilan solishtiring. Elektronning vodorod atomidagi harakatida uni to‘lqin xususiyatlarini e`tiborga olish kerakmi, yo‘qmi? Vodorod atomining diametrini ikkilangan Bor radiusi deb olinsin.
400. -zarrachalarning yadrodan sochilishi (Rezerford tajribalari) tekshirishda mo‘ljallagan masofani taxminan d0.1 nm. Bu tajribada -zarrachalarning to‘lqin xususiyatlari e`tiborga olinmagan. -Zarrachalarning energiyasi W=7.7MeV bo‘lsa shu muloxaza to‘g‘ri bo‘ladimi?
401. 300° К temperaturada o‘rtacha arifmetik tezlikka ega bo‘lgan vodorod atomi uchun De-Broyl to‘lqin uzunligi topilsin.
402. Kinetik energiyasi elektronning tinch holatidagi energiyasiga teng bo‘lgan hol uchun protonning De-Broyl to‘lqin uzunligi topilsin. Tezlikni ortishi bilan massasni o‘zgarishi e`tiborga olinmasin.
403. De-Broyl to‘lqin uzunligi huddi T=0°С bo‘lganda neytronning o‘rtacha arifmetik tezligi kabi bo‘lgan elektronning tezligi topilsin.