Geometriya fanining tarkibiy qismlari. Geometriyaning boshlang’ich tushunchalari. Nuqta, to’G’ri chiziq va tekislik tushunchalari, nur va burchak tushunchalari. Burchakning turlari. Darsning maqsadi


To’rtinchi nazorat uchun mustаqil mаshiqlar



Yüklə 46,13 Kb.
səhifə4/4
tarix03.12.2022
ölçüsü46,13 Kb.
#72099
1   2   3   4
10 Amaliy

To’rtinchi nazorat uchun mustаqil mаshiqlar

    1. Ikki qo’shni burchakning ayirmasi 24o ga teng. Shu burchaklardan kichigini toping.

    2. Ikki to’g’ri chiziqning kesishishidan hosil bo’lgan burchaklarning kattaliklari nisbati 7 : 3 ga teng. Shu burchaklardan kichigini toping.

    3. Qo’shni burchaklardan biri ikkinchisidan 32o ga katta. Shu burchaklardan kattasini toping.

    4. Ikki to’g’ri chiziqning kesishishidan hosil bo’lgan burchaklarning nisbati 5 : 4 ga teng. Shu burchaklardan kichigini toping.

    5. Ikkita to’g’ri chiziqning kesishishidan hosil bo’lgan burchaklardan 3 tasining yig’indisi 200o. Ularning kattasi kichigidan necha foiz ortiq?

    6. Uzunligi 4, 2 ga teng kesmani 3 : 4 kabi nisbatda bo’ling.

    7. Berilgan burchak va unga qo’shni bo’lgan ikkita burchaklar yig’indisi 300o ga teng. Berilgan burchakning kattaligini toping.

    8. O’ziga qo’shni bo’lgan burchakning 7/18 qismiga teng burchakni toping.

    9. AB va CD to’g’ri chiziqlar O nuqtada kesishadi. AOD va COB burchaklarning yig’indisi 230o ga teng. AOC burchakni toping.

    10. A va B nuqtalar orasidagi masofa 500 metrga, B va C nuqtalar orasidagi masofa esa 300 metrga teng. A va C nuqtalar orasidagi masofa qanchaga teng?

    11. Ikki to’g’ri chiziqning kesishishidan hosil bo’lgan qo’shni burchaklarning gradus o’lchovlari 2 : 3 nisbatda bo’lsa, shu burchaklarni toping.

    12. Qo’shni burchaklardan biri ikkinchisidan 16o katta. Shu qo’shni burchaklarni toping.

    13. Ikkita to’g’ri chiziqning kesishishidan hosil bo’lgan uchta burchakning yig’indisi 315o ga teng. Shu burchaklardan kichigini toping.

    14. Bir nuqtadan uchta to’g’ri chiziq o’tkazilan. Hosil bo’lgan 6 ta burchakning o’zaro vertikal bo’lmagan uchtasi α, β, γ ga teng. α +β +γ ni toping.

    15. A va B nuqtalar orasidagi masofa 600 metrga, B va C nuqtalar orasidagi masofa esa 400 metrga teng. A va C nuqtalar orasidagi masofa qanchaga teng?

    16. Uzunligi 11, 2 ga teng kesmani 3 : 4 kabi nisbatda bo’ling.

    17. O’ziga qo’shni burchakning 56% iga teng bo’lgan burchakning kattaligini aniqlang.

    18. Ikki to’g’ri chiziqning kesishishidan hosil bo’lgan qo’shni burchaklar 5 : 8 nisbatda bo’lsa, shu burchaklarni toping.

    19. Ikkita to’g’ri chiziqning kesishishidan hosil bo’lgan uchta burchakning yig’indisi 240o ga teng. Shu burchaklardan kichigini toping.

    20. Soatning minut mili 6 minutda necha gradusga buriladi?

    21. Ikki to’g’ri chiziqning kesishishidan hosil bo’lgan burchaklarning kattaliklari nisbati 7 : 9 ga teng. Shu burchaklardan kichigini toping.

    22. Burchakning bissektrisasi uning tomoni bilan 25o li burchak tashkil etsa, burchakning o’zini toping.

    23. Burchakning bissektrisasi uning tomoni bilan 45o li burchak tashkil etsa, burchakning o’zini toping.

    24. Ikki qo’shni burchakning ayirmasi 44o ga teng. Shu burchaklardan kichigini toping.

    25. Bir nuqtadan uchta to’g’ri chiziq o’tkazilgan. Hosil bo’lgan 6 ta burchakning o’zaro vertikal bo’lmagan uchtasi α, β, γ ga teng. α +β +γ ni toping.

    26. Uchburchakning birinchi tomoni x(x >5) sm, ikkinchi tomoni undan 3 sm qisqa, uchunchi tomoni esa birinchisidan 2 sm uzun. Shu uchburchakning perimetrini toping.

    27. ABC teng yonli uchburchakda AB = BC, AB AC = 3dm, perimetri 18 dm. AB+AC necha dm bo’ladi?

    28. Uchburchakning ikkita tomoni 0, 8 va 1, 9 ga teng. Uchinchi tomonning uzunligi butun son ekanligini bilgan holda shu tomonni toping.

    29. Teng yonli ABC uchburchakda A va C burchaklar teng. AB : AC = 5 : 3 va AB AC = 3 ga teng. Uchburchakning perimetrini toping.

    30. Agar uchburchakning tomonlari turli butun sonlar bo’lib, uning perimetri 15 ga teng bo’lsa, tomonlarini aniqlang.

Yüklə 46,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin